Zuhriddin FOZILOV | Education
143 subscribers
2.01K photos
542 videos
161 files
1.77K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
Forwarded from Ж. М. РАХИМОВ
Халқ таълими вазир ўринбосари информатика фани ўқитувчилари билан учрашди

Халқ таълими вазири ўринбосари Рустам Каримжонов халқ таълими тизимида фойдали таълим ресурслари бўйича туман (шаҳар) халқ таълими бўлими АКТ ходимлари ва информатика фани ўқитувчилари учун семинарда тақдимот қилди.

Семинарда ўқувчиларни АКТга ўқитиш ва фойдали таълим ресурсларини тарғиботини кучайтириш масалалари таҳлил этилди.

Шунингдек, ўқитувчиларни фаолиятида юзага келаётган муаммолар тингланди ҳамда уларни бартараф этиш мақсадида тегишли тавсиялар берилди.

Қайд этиш лозимки, масъуллар томонидан ўқувчи ва ўқитувчиларга халқ таълими тизимидаги фойдали электрон таълим ресурсларини мактабларда кенг жорий қилиш юзасидан тақдимоти ҳам ўтказилди.

Таълим ресурсларига аъзо бўлишни унутманг:

MAKTAB.UZ
KITOB.UZ - Apple store | Play Market
SMARTLAND - Apple store | Play Market | Veb-versiya
VR SAYOHAT
EDU KIDS
ARTSHOP

Қашқадарё вилояти халқ таълими бошқармаси ахборот хизмати

@qashqadaryo_vxtb
Forwarded from IT Park Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston IT-mutaxassislari va IT-kompaniyalari uchun jozibador hududga aylanmoqda.

🔘 2022-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda xorijiy investorlar, IT-kompaniyalar ta’sischilari va IT-mutaxassislari uchun xorijiy fuqarolarning Respublikada bo‘lish muddatini soddalashtiradigan IT-Viza berilishi boshlanadi.

👁 Axborot texnologiyalari sohasida xorijlik mutaxassislar uchun yaratilgan barcha sharoitlar haqida batafsil maʼlumotni videoda koʻring.
#xushxabar
Turli davlatlardan jami 140 nafar o'quvchi ishtirokida 11-16-mart kunlari o’tkazilgan 7-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasi natijalari e'lon qilindi. O‘zbekistonlik yoshlardan 1 nafari bronza, 5 nafari kumush va 1 nafari oltin medallarini qo‘lga kiritdi.
Sovrindorlar orasida Kitob tumanidan o’quvchimiz ham bor.
Suyunova Madina Muhiddin qizi,🥉bronza medal, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, 1-IDUMI 9-sinf o'quvchisi;
O’qituvchisi Abdiyev Baxtiyor Bobonazarovich
O’quvchimizni ushbu g‘alaba bilan hamda ustoz va ota-onalarini muborakbod etamiz! 1-IDUMI jamoasini ham tabriklaymiz!
@kitobtxtb_axborot
Forwarded from Shavkat Xo‘jaqulov
#Pedagoglar_attestatsiyasi

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadigan pedagoglarga tavsiyalar
Forwarded from Mohira Nurullayeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot
Maktablarda endi Musiqa fanlari qanday tashkil etiladi?

Endilikda maktablarda dutor, doʻmbira, doira, tanbur, rubob, gʻijjak, nay milliy musiqa cholgʻularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati oʻrgatiladi hamda bu haqda ularning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi.

👉Xoʻsh bir soatlik musiqa darsida oʻquvchiga qanday qilib musiqa asbobida chalishni oʻrgatish mumkin?

👉Amaliy toʻgaraklar qay tartibda tashkil etiladi?

👉Yangi oʻquv yilidan boshlab Musiqa fani oʻqituvchilari dutor, doʻmbira, doira, tanbur, rubob, gʻijjak, nay milliy cholgʻulardan kamida bittasida, kelasi 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega boʻlish majburiy etib belgilandi. Oʻqituvchilar malakasi qanday oshiriladi?

👉Maktablar cholgʻu asboblari bilan taʼminlanadimi?

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from Mohira Nurullayeva
Toʻgʻri burchakli paralelipiped darslikka ilk bor kuboid atamasi bilan kiritildi

🔹Xalqaro atama sifatida foydalaniluvchi “kuboid” atamasi geometrik shaklni nomlashda oʻquvchilarga oson boʻlishi uchun birinchi marotaba 3-sinf Matematika darsligiga kiritildi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
https://t.me/RTM_matbuot
Forwarded from Pedkadr.tdi.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Pedagoglar_attestatsiyasi
#Oʻqituvchi_fikri

Pensiya yoshida bo‘lsa ham o‘z ixtiyori bilan navbatdan tashqari attestatsiyasida ishtirok etib, 16-mart kungi malaka (test) sinovlari natijalariga ko‘ra oliy toifa olgan Yunusobod tumanidagi 63-maktabning fizika fani o‘qituvchisi Muyassar Saidoripovaga attestatsiyadagi yangiliklar hamda test savollari mazmuni boʻyicha bir necha savollar bilan murojaat qildik.

Ma`lumot uchun: 38 yillik stajga ega Muyassar Saidoripova faoliyati davomida bir qator yutuqlarga erishgan. Xususan, 2011-yilda "Yil o‘qituvchisi" tanlovida 2-o‘rinni egallagan, 2015-yilda "Xalq ta`limi a`lochisi" ko‘krak-nishoni bilan taqdirlangan. 9-11-sinflar uchun fizika darsligi taqrizchilaridan biri hisoblanadi.

Youtubeda ko‘rish: https://youtu.be/sq1Cr7qEguI

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.me/uztdi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onemillonuzbekcoders #omuc

“Bir million dasturchi” loyihasi

Toshkent xalqaro investisiya forumining ochilish marosimidan

📹 To'liq video

🌐 www.fozilovblog.uz

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
#onemillonuzbekcoders

KO‘P SO‘RALADIGAN SAVOLLAR

- Sertifikatlarning har xil turi bormi?

Ha. Ikki xil sertifikatlar bor: Ishtirokchi sertifikati (IS) va Bitiruvchi sertifikati (BS).

- Kursni mobil telefonim orqali oʻrgansam boʻladimi?

Ha, kursni mobil veb-brauzeringizdan https://classroom.udacity.com saytiga kirib oʻrganishingiz mumkin.

- Kurslar bepulmi?

Ha, loyiha doirasidagi barcha kurslar va imtihonlar mutlaqo bepuldir.

Manba: https://uzbekcoders.uz/faq

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram