Zuhriddin FOZILOV | Education
143 subscribers
2.01K photos
542 videos
161 files
1.77K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
#bilasizmi #Elektron_kundalik

O‘rtacha ball nima va u qanday hisoblanadi?

TIZIM AVTOMATIK TARZDA O'RTACHA BALLNI HISOBLAB O'QITUVCHIGA DOIMIY KO'RSATIB TURADI. BU ESA CHORAK YAKUNIGA KELIB FOYDALI MA'LUMOTGA AYLANADI.

Hisoblash
:

Nazorat ishi uchun «5» va «4» ko‘rsatilgan;
Darsda javob uchun «3» belgilangan.
O‘rtacha ball = (5 +4+ 3) / 3 = 4.

🌐 Telegram | Facebook
#bilasizmi #Elektron_kundalik

LOGIN VA PAROL FAQAT OTA-ONAGA MA'LUM BO'LISHI KERAK

Yuqoridagi harakatlar ota-onaning tizimga kirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Texnik jihatdan «rivojlangan» bolalar sahifaning HTML-kodlashidagi baholarning ko‘rinishini o‘zgartirishga urinishlari va ota-onalarga noto‘g‘ri ma’lumotni ko‘rsatishga harakat qilishlari mumkin.

Bunday holatlarning oldini olish uchun o‘quvchining shaxsiy profilini (o‘quvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lum bo‘lgan login va parol) va ota-onaning shaxsiy profilini alohida ro‘yxatdan o‘tkazish tavsiya etiladi.

Manba: https://help.kundalik.com

🌐 Telegram | Facebook
#bilasizmi #Elektron_kundalik

O`QUVCHI BAHOLARNI O`ZGARTIRISHI MUMKINMI?

Bolaning elektron kundaligida xodimlar tomonidan elektron jurnalga kiritilgan baholar va belgilar ko‘rsatiladi.

Tizimda elektron ta’lim jurnaliga faqat ta’lim tashkilotining xodimlari kirishlari mumkin. O‘quvchi elektron jurnal yoki kundalikda o‘z baholarini mustaqil ravishda tuzatish uchun texnik imkoniyatlarga ega emas.

Manba: https://help.kundalik.com

🌐 Telegram | Facebook
#bilasizmi #mustaqillik #30yil

"Yangi turdagi ta’lim maskanlari, xususan, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Birgina joriy yilda matematika fani bo‘yicha 56 ta, kimyo-biologiya fani bo‘yicha 28 ta, informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha 14 ta ana shunday maktablar tashkil etildi".

Manba: https://president.uz/uz/lists/view/4597

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!

🌐 Telegram | Facebook
👔Maktabda kiyinish madaniyati qanday tartibga solinadi?

🧕Umuman olganda qonunchilikda maktab formasi va ro‘mol masalasida nimalar deyilgan?

❗️Shu kabi savollar sizni qiziqtiryaptimi?

Unda bugun soat 11:00 da Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida 2021-2022 o‘quv yili oldidan hududiy xalq ta’limi boshqarmalari, umumiy o'rta ta’lim maktablari direktorlari, o‘qituvchilari va ota-onalar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan onlayn ochiq muloqotda ishtirok eting va o‘zingizni qiziqtirgan savollarga rasmiylardan aniq javob oling.

Ochiq muloqot Xalq ta’limi vazirligining rasmiy facebook sahifasida bugun soat 11:00 da jonli tarzda bo‘lib o‘tadi.

Manba: https://t.me/uzedu/13806

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va doimiy kuzatib boring:

🌐 Telegram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #Elektron_kundalik

📹 Tizim administratori tomonidan jurnalga baholarni qo‘yish muddatini o‘zgartirish qanday amalga oshiriladi?

Savol:
Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisiman. Dars jarayonida ayrim sabablarga ko'ra baho qo'yishga ulgurmadim. Endi shu sinf o'quvchilariga qancha vaqt mobaynida tizimga kirib baholarni kiritishim mumkin bo'ladi?

Aslini olganda har bir ishni o'z vaqtida bo'lgani yaxshi albatta. Lekin ayrim hollarda shunday vaziyatlar ham uchrab turadi.

Siz faoliyat yuritayotgan maktabda tizim administratori tomonidan tizim sozlamalarida, Jurnalga baholarni qo‘yish yoki o‘zgartirish muddatlaridan biri oldindan belgilab olingan bo'ladi. (Video)

- chegaralanmagan
- Bir kundan keyin
- Bir haftadan keyin
- Ikki haftadan keyin
- Uch haftadan keyin
- Bir oydan keyin

❗️O'z vaqtida qo'yilmagan baholar -
fan o'qituvchisining Elektron jurnalni yuritish statistikasiga ta'sir qiladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va doimiy kuzatib boring:

🌐 Telegram | Facebook | YouTube
#bilasizmi #Elektron_kundalik

MAVZULARNI TIG'IZLASHTIRISH TARTIBINI BILASIZMI?

Odatda ayrim choraklarda kundalik raqamli ta'lim platformasi kudalik.com'ga mavzularni tig'izlab kiritishga to'g'ri keladi. Tizimga mavzularni kiritish vaqtida / belgisidan foydalanishimiz kerak.

Namuna:

25-dars.Dastur va dasturlash haqida / 26-dars.Dasturlash tillari

❗️ Ikkita mavzu bitta satrga kiritilishi kerak.

❗️ Mavzular tig'izlashtirildi.

Microsoft Excel
'ga kiritib tayyorlangan mavzularni Import qilishdan oldin agar tig'izlashtirish talab qilinsa namunadagidek tig'izlashtirish amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va doimiy kuzatib boring:

🌐 Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Мактабни ривожлантирсак, ҳамма соҳа бўйича ривожланиш бўлади - Шавкат Мирзиёев.

Если будем развивать школьное образование, прогресс будет во всех сферах - Шавкат Мирзиёев.

«Ўқитувчиларнинг машаққатли меҳнатини муносиб қадрлаш борасидаги ишлар давом эттирилади.

Болалар сони ўсиб бораётганини инобатга олиб, янги мактаблар қуриш, хусусий мактабларни кўпайтириш, таълим сифатини оширишни назарда тутувчи Мактабларни ривожлантириш давлат дастури ишлаб чиқилади.

Шу асосда, келгуси беш йилда қўшимча 1,2 миллион ўқувчи ўрни яратиш учун, мактаблар реконструкция қилинади ва янгидан барпо этилади».
IT sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida yangicha tizim joriy etiladi

Buning uchun “Aloqa bank” tomonidan ustavi 80 milliard so‘m bo‘lgan Venchur jamg‘armasi va IT bilimlarni rivojlantirish markazi tashkil etiladi.

Ushbu markazda kelgusi besh yilda 100 ming nafar yoshga dasturiy ta’minot, mobil ilovalar, tarmoq administratori kabi yo‘nalishlar bo‘yicha professional ta’lim beriladi.

🌐 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
– Birorta maktab “Bir million dasturchi” loyihasidan chetda qolmasligi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Hozirgacha bu loyiha doirasida 567 ming o‘g‘il-qiz bepul saboq oldi. E’tiborlisi, ularning 79 foizi maktab o‘quvchilaridir.

2 mingdan ortiq maktabning birorta ham o‘quvchisi “Bir million dasturchi” loyihasida ishtirok etmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Davlatimiz rahbari loyihani har bir maktabga yetkazish, zarur hollarda ularni qo‘shimcha kompyuterlar bilan ta’minlash, bolalarni o‘qishga keng jalb etish muhimligini ta’kidladi.

Manba: https://president.uz/uz/lists/view/4608

🌐 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
#visitcard

TASHRIF QOG'OZI

Yangi tanishingiz bilan davomli munosabat o‘rnatishni istar ekansiz, uning qo‘liga shaxsiy ma’lumotlar yozilgan tashrif qog‘ozi tutqazasiz. Ruhshunoslarning aytishlaricha, tashrif qog'ozi inson haqida juda ko‘p narsani "aytib berishi" mumkin ekan.

Tashrif qog‘ozini taqdim qilishdan asosiy maqsad nima?

Bu, albatta, kelgusida hamkorlik qilishni istagan insoningiz bilan qayta aloqaga chiqishdir. Shu sababli aloqa raqamlari, pochta manzili kabilarni o‘ta aniqlik bilan yozing.

🌐 www.fozilovblog.uz

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram