Zuhriddin FOZILOV | Education
146 subscribers
2.02K photos
542 videos
161 files
1.77K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
#Python_darslari

.append() metodi

Ro'yxatga yangi element qo'shishda .append() metodidan foydalanish mumkin:

Code: 
massiv = [15, 14, 47, 112, 56]
massiv.append(701)
print("Yangi element qo'shildi: ", massiv)

Natija:
Yangi element qo'shildi: [15, 14, 47, 112, 56, 701]

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Python_darslari

📹 Bo'sh ro'yxatga qanday qilib element kiritish mumkin?

Bo'sh ro'yxatni elementlar bilan to'ldirish uchun .append() metodidan foydalanamiz.

Code
massiv = [] # bo'sh ro'yxat
massiv.append(10)
massiv.append(0.2)
massiv.append('satr')
print ("Yangi elemtlar qo'shildi: ",massiv)

Natija:
Yangi elementlar qo'shildi:  [10, 0.2, 'satr']

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

.insert() metodi

Ro'yxatning istalgan joyiga yangi element qo'shish uchun .insert() metodidan foydalanish mumkin:

Code:
 
massiv = [12, 19, 46, 112]
massiv.insert(1, 33)
massiv.insert(3, 44)
print("Yangi element qo'shildi: ", massiv)

Natija:
Yangi element qo'shildi:  [12, 33, 19, 44, 46, 112]

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

Dunyodagi eng qimmat kompyuterning narxini bilasizmi?

Eng qimmat kompyuter bu albatta Apple'ning Mac Pro kompyuteridir va uning narxi hech qanday qo'shimcha narsalarsiz $51,650.

Code
dollar_kurs =  10626
kompyuter_narxi = 51650
print(kompyuter_narxi*dollar_kurs, 'so\'m')

Natija: 548832900 so'm

Mac Pro'ning xususiyatlari shulardan iborat:

CPU: Intel Xeon W 28-yaderli, 4,4 GHz Turbo Boost
GPU: AMD Two Radeon Pro Vega II Duo, 64GB (2x32GB)
RAM: 1,5TB (12x128GB), DDR4, 2933 MHz
SSD: 8TB SSD

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

del - operatori.
Ro'yxatdan istalgan elementni o'chirish

Ro'yxatdan biror elementni olib tashlash uchun uning indeksini yoki qiymatini bilishimiz kerak bo'ladi.

Bu yerda element 25 ning indeks qiymati 2 ga teng

Code
massiv =  [32, 76, 25, 69]
del massiv [2]
print (massiv)

Natija [32, 76, 69]

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
massiv = [65, 19, 58, 12]

Ushbu massivning oxiriga, yangi 47 elementni qo'shing
Anonymous Quiz
57%
massiv.insert(4, 47)
36%
massiv.insert(3, 47)
7%
massiv.insert(-3, 47)
0%
massiv.insert(-4, 47)
massiv = [32, 89, 65, 3, 90, 76, 56, 25, 69]

Ushbu massivdan 65 elementni ro'yxatdan o'chiring
Anonymous Quiz
29%
1. del massiv[-7]
29%
2. del massiv[2]
21%
3. del massiv[-2]
21%
1. va 2. javoblar to'g'ri
#Python_darslari

.remove() - metodi.
Ro'yxatdan istalgan elementni o’zining qiymati bilan o’chirish

Code
massiv =  [1, 18, 28, 38]
massiv.remove(28)
print (massiv)

Natija: [1, 18, 38]

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari #code_quiz

👨🏻‍💻Dastur bajarilishi natijasida qanday qiymatlarni chiqaradi?

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

.pop() - metodi.
Ro'yxatdan istalgan elementni olish.

Biror elementni butunlay o'chirib tashlash emas, balki uni ro'yxatdan olish va undan foydalanish talab qilinishi mumkin. Buning uchun Pythonda .pop(indeks) metodidan foydalanamiz.

Elementni olishda albatta uning indeksiga murojaat qilamiz.Agar indeks berilmasa, ro'yxatdan o'xirgi qiymat sug'urib olinadi.

Code
nomer =  ['504', '130', '205', '334', '614']
kerak = nomer.pop(3)
print("Men " + kerak + " nomerini oldim")
print("Olinmagan nomerlar: ", nomer)

Natija:
Men 334 nomerini oldim
Olinmagan nomerlar: ['504', '130', '205', '614']

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari #code_quiz

👨🏻‍💻Dastur bajarilishi natijasida a ning qiymati nechaga teng bo'ladi?

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

Mustaqil ish

Mustaqil ravishda o'zingiz dasturni tuzib ko'ring keyinroq esa uning yechimini diqqatingizga havola etamiz.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Python_darslari

📹 Mustaqil ishning javobi

Code
a = int(input('Birinchi son= '))
b = int(input('Ikkinchi son= '))
c = a+b
d = a*b
e = a/b
f = a-b
sonlar = []
sonlar.insert(0,a)
sonlar.insert(1,b)
sonlar.insert(2,c)
sonlar.insert(3,d)
sonlar.insert(4,e)
sonlar.insert(5,f)
print(sonlar)

Natija:
Birinchi son= 10
Ikkinchi son= 20
[10, 20, 30, 200, 0.5, -10]

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

.sort() - metodi.
Ro'yxatdan istalgan elementni olish

Ro'yxat ichidagi elementlarni alifbo ketma-ketligida tartiblash kerak bo'lganda ushbu metoddan foydalanamiz.

Code
ismlar = ['Farrux','Suxrob', 'Maxmudjon', 'Diyorbek', 'Sanjarbek', 'Kamron', 'Abdulhafiz', 'Hasan']
ismlar.sort()
print(ismlar)

Natija:
['Abdulhafiz', 'Diyorbek', 'Farrux', 'Hasan', 'Kamron', 'Maxmudjon', 'Sanjarbek', 'Suxrob']

Ro'yxatni teskari tartibda saqlash uchun .sort() metodi ichida reverse=True argumentini kiritamiz.

Code
ismlar = ['Farrux','Suxrob', 'Maxmudjon', 'Diyorbek', 'Sanjarbek', 'Kamron', 'Abdulhafiz', 'Hasan']
ismlar.sort(reverse=True)
print(ismlar)

Natija:
['Suxrob', 'Sanjarbek', 'Maxmudjon', 'Kamron', 'Hasan', 'Farrux', 'Diyorbek', 'Abdulhafiz']

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

.sorted() - metodi.

Ayrim hollarda asl ro'yxat ichidagi elementlarning ketma-ketligini buzmagan holda ro'yxatni tartiblash uchun ushbu funksiyadan foydalanamiz.

Code
tumanlar = ['Sherobod', 'Denov', 'Oltinsoy', 'Uzun', 'Termiz',
'Sariosiyo', 'Qiziriq', 'Sho\'rchi']
print(sorted(tumanlar))
print(tumanlar)

Natija:
['Denov', 'Oltinsoy', 'Qiziriq', 'Sariosiyo', 'Sherobod', "Sho'rchi", 'Termiz', 'Uzun']
['Sherobod', 'Denov', 'Oltinsoy', 'Uzun', 'Termiz', 'Sariosiyo', 'Qiziriq', "Sho'rchi"]

Ro'yxatni teskari tartibda saqlash uchun .sorted() funksiya ichida reverse=True argumentini kiritamiz.

Code
tumanlar = ['Sherobod', 'Denov', 'Oltinsoy', 'Uzun', 'Termiz',
'Sariosiyo', 'Qiziriq', 'Sho\'rchi']
print(sorted(tumanlar, reverse=True))
print(tumanlar)

Natija:
['Uzun', 'Termiz', "Sho'rchi", 'Sherobod', 'Sariosiyo', 'Qiziriq', 'Oltinsoy', 'Denov']
['Sherobod', 'Denov', 'Oltinsoy', 'Uzun', 'Termiz', 'Sariosiyo', 'Qiziriq', "Sho'rchi"]

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

Ro'yxat ichidagi elementlarni o’shish va teskari tartibda chiqaruvchi dastur

📌 Yuoqridagi ikki usul bilan sonli ro'yxatlarni ham tartiblashimiz mumkin:

Code
sonlar = [9, 8, 1, 5, 6, 3, 7, 2, 4]
sonlar.sort()
print(sonlar)
print(sorted(sonlar, reverse=True))

Natija:
[1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9]
[9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1]

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog