Zuhriddin FOZILOV | Education
146 subscribers
2.02K photos
542 videos
161 files
1.77K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
#PYTHON_DARSLARI

KOMMENTARIYA YA'NI IZOH QOLDIRISH

Dasturda 2 ta usul orqali izoh qoldirdik. 1-usulda izohimiz bevosita bitta satrda dastur kodi bilan birgalikda yozilgan bo'lsa, 2-usulda esa avval izoh yozilib undan so'ng dastur kodi yozildi.

Python dasturlash tilidan ishlash uchun biz o'zimizga qulay bo'lgan PyCharm Community Edition 2020.3.2 x64 dasturini kompyuterga o'rnatib oldik.

Siz ham yuqoridan ushbu dasturni yuklab olishingiz va kompyuteringizga o'rnatib biz bilan birga dasturlashni o'rganib borishingiz mumkin.

Yuklab olish uchun: https://t.me/fozilovblog/2328

✍️ @fozilovblog
#PYTHON_DARSLARI

DASTURNI ISHGA TUSHIRISH

Dasturga kiritilgan kodni to'g'ri yoki noto'g'ri kiritilganligini bilishimiz uchun rasmda ko'rsatilgan belgini bir marta bosish orqali tekshirib ko'ramiz. Natijani esa rasmning quyi qismida ko'rsatilgan maydonda ko'rishimiz mumkin.

✍️ @fozilovblog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Python_darslari

📹 PyCharm Community Edition 2020.3.2 x64 dasturini kompyuterga o'rnatish jarayoni

Python dasturlash tilida ishlash uchun PyCharm Community Edition 2020.3.2 x64 dasturini kompyuterga o'rnatish jarayonini ushbu video orqali ko'rib chiqamiz.

Dasturni shu yerdan yuklab olish mumkin:
https://t.me/fozilovblog/2328

✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

TAYANCH TUSHUNCHALAR

Doimiy (o‘zgarmas)
– faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan qiymatlarni saqlovchi kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. Doimiy o‘zgaruvchilar kabi o‘z qiymati va turiga ega.

Identifikatorlar – o‘zgaruvchilar, doimiylar, funksiyalar, protseduralar, modullar, dasturlarning umumiy nomi.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

PYTHON DASTURLASH TILINING ALIFBOSI

Har bir tilning alifbosi bo‘lgani kabi dasturlash tilining ham o‘z alifbosi mavjud. Python dasturlash tilining alifbosi katta va kichik lotin harfari, arab raqamlari, maxsus belgilar va xizmatchi so‘zlardan tarkib topgan.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHILARNI E'LON QILISH QOIDALARI

- katta va kichik harflar bir-biridan farqlanadi. Ya'ni: satr9, Satr9, SATR9 nomli o‘zgaruvchilar har xil o‘zgaruvchi nomlaridir, shu sababli kichik harflardan foydalangan ma’qul.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHILARNI E'LON QILISH QOIDALARI

O‘zgaruvchi nomlarida probellar ishlatish mumkin emas, uning o‘rniga so‘zlar (‘_’) tagchiziq belgisi yordamida bir-biriga bog‘lanadi.

Masalan: a_1, birinchi_qiymat, uzgaruvchi_1

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHILARNI E'LON QILISH QOIDALARI

O‘zgaruvchining nomi raqamdan boshlanishi mumkin emas.

Masalan: 1a, 1A, 1uzgaruvchi


Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHILARNI E'LON QILISH QOIDALARI

O'zgaruvchilardan oldin yoki keyin ushbu belgilardan foydalanish mumkin emas.

Masalan:
a-, A/, 1a@, a#


Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHILARNI E'LON QILISH QOIDALARI

and, as, assert, break, class, continue, def, del, elif, else, except, finally, for, from, global, if, import, in, is, lambda, nonlocal, not, or, pass, print, raise, return, try, while, with, yield
kabi xizmatchi so‘zlarni o‘zgaruvchi nomi sifatida ishlatish mumkin emas.

Masalan: and=1, as=1, assent=1


Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHILARNI E'LON QILISH

Ushbu dasturda yoshingiz degan o'zgaruvchiga "=" belgisi yordamida 32 qiymati o'zlashtirildi.

print (chop etish) yordamida qiymat chiqarilmoqda.

"yoshingiz degan o'zgaruvchining qiymati 32 ga teng" - deb o'qiladi


Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHI QIYMATINI O'ZGARTIRISH

O‘zgaruvchi qiymatini o‘zgartirish uchun unga yangi qiymat berish yetarli bo'ladi. Misolda ko'rsatilganidek yoshingiz deb nomlangan o'zgaruvchiga boshlang'ich qiymat sifatida 32 berilgan bo'lsa keyingi satrda uning qiymati 33 ga teng bo'lmoqda.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHILARNI O'ZARO ISHLATISH

Ikkita o'zgaruvchidan birining qiymatini ikkinchisiga o'zlashtirish uchun «=» belgisidan foydalaniladi.

sahifa deb nomlangan o'zgaruvchining qiymati 58 ga teng bo'lgan bo'lsa, keyingi satrda bet degan o'zgaruvchiga sahifaning qiymati ya'ni o'zgaruvchining o'zi orqali o'zlashtirildi.

Natijada ekranga 58 58 qiymatlari chop etildi.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

MUSTAQIL ISH: 1-misol

Ushbu misol haqida o'z fikrlaringizni izohda qoldiring. Misol tushunarli bo'ldimi?

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

DOIMIYLAR

Doimiy (konstanta)larni ifodalash uchun faqat bosh harflardan foydalaniladi.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

MUSTAQIL ISH: 2-misol

Dastur kodini izohda qoldiring yoki @fozilovblog_bot manziliga yo'llang.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

DASTURLASHDA TEZ-TEZ UCHRAB TURADIGAN XATOLIKLAR

Bittalik va ikkitalik qo‘shtirnoqlar.
Qo‘shtirnoqlarning bu ikkala turini aralashtirib ishlatish mumkin emas. Ochiluvchi qo‘shtirnoq sifatida qaysi biri ishlatilsa, yopishda ham mana shu qo‘shtirnoq ishlatilishi lozim.

Misol uchun: ismi = ''Anvar", yoshi='15'

Minus va tagchiziq. Minus (–) va tagchiziq(_) belgilarini adashtirish zinhor mumkin emas.

Turli qavslar. Qavslarning bir necha turi mavjud: (), {} va [ ]. Ochiluvchi va yopiluvchi qavslar bir-biriga mos bo‘lishi lozim.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

QAYSI SATRDA XATOLIK BOR?

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
QAYSI SATRDA XATOLIK BOR?
Anonymous Quiz
9%
1
0%
2
3%
3
88%
4
#Python_darslari

MA'LUMOTLAR TURI HAQIDA

Odatda, dasturlash tillarida ma'lumotlar turi o'zgaruvchi yoki doimiy bilan birga e'lon qilinadi. Python dinamik turlarga ajratuvchi dasturlash tili hisoblanadi. Shu sababli, Pythonda o'zgaruvchining turi u foydalanayotgan qiymat bo'yicha belgilanadi, lekin ma'lumot turini boshqa turga o‘zgartirish uchun tur ko‘rsatilishi shart.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog