Zuhriddin FOZILOV | Education
145 subscribers
2.02K photos
542 videos
161 files
1.77K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
PYTHON DASTURLASH TILI HAQIDA

Python bu umumiy maqsadli dasturlash uchun keng tarzda foydalaniladigan yuqori darajali dasturlash tili, chunki o'rganish oson va qulay sintaksisga ega. Undan tashqari skriptli dasturlash tillariga kiradi. Python dinamik tipizatsiyaga ega, obyektga yo'naltirilgan dasturlash, funksional dasturlash, strukturali, avtomatik xotirani boshqarish va albatta ko'p patokli dasturlash tillaridan biri. Python har xil platformalar uchun yozilgan masalan Windows, Linux, Mac OSX, Palm OS, Mac OS va hokazo.

✍️ @fozilovblog
PYTHON DASTURLASH TILI HAQIDA

1-qism

Python dasturlash tilini yaratilishi 1980-yil oxiri 1990-yil boshlaridan boshlangan. O`sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI instituti xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABC tili Basic tili o`rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o`rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o`zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g`oyalarini o`zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko`plab xususiyatlarini o`ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o`zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996-yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O`sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o`zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi.

✍️ @fozilovblog
PYTHON DASTURLASH TILI HAQIDA

2-qism.

Til tezda ommalashdi. Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan foydalanuvchilar soni ko`paydi. Boshida bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik interpretator bir nechta funksiyalarga ega edi. 1991-yil birinchi OYD(Obyektga Yo`naltirilgan Dasturlash) vositalari paydo bo`ldi.

Bir qancha vaqt o`tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko`chib o`tdi. Uni CNRI korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o`sha yerda ishladi va korparatsiya shug`ullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va bo`sh ish vaqtlarida tilni interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2 versiyasi paydo bo`lguncha davom etdi. Gvidoning asosiy vaqti korparatsiyani proektlarini yaratishga ketardi bu esa unga yoqmasdi. Chunki uning Python dasturlash tilini rivojlantirishga vaqti qolmayotgandi. Shunda u o`ziga tilni rivojlantirishga imkoniyat yaratib bera oladigan homiy izladi va uni o`sha paytlarda endi tashkil etilgan BeOpen firmasi qo`llab quvvatladi. U CNRI dan ketdi, lekin shartnomaga binoan u Python 1.6 versiyasini chiqarib berishga majbur edi. BeOpen da esa u Python 2.0 versiyani chiqardi. 2.0 versiyasi bu oldinga qo`yilgan katta qadamlardan edi. Bu versiyada eng asosiysi til va interpretatorni rivojlanish jarayoni ochiq ravishda bo`ldi.

Shunday qilib 1.0 versiyasi 1994-yil chiqarilgan bo`lsa, 2.0 versiyasi 2000-yil, 3.0 versiyasi esa 2008-yil ishlab chiqarildi.

✍️ @fozilovblog
PYTHON DASTURLASH TILI IMKONIYATLARI

Python
– bu o'rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo'lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma'lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.

Pythonning o'ziga xosligi

• Oddiy, o'rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta'minot.
• Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olish shart emas.
• Ko'plab platformalarda hech qanday o'zgartirishlarsiz ishlay oladi.
• Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til.
• Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo'ladi.
• Juda ham ko'p xilma-xil kutubxonalarga ega.
• xml/html fayllar bilan ishlash
• http so`rovlari bilan ishlash
• GUI(grafik interfeys)
• Web ssenariy tuzish
• FTP bilan ishlash
• Rasmli audio video fayllar bilan ishlash
• Robot texnikada
• Matematik va ilmiy hisoblashlarni programmalash

Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo`q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan dasturlash tillari orasida eng yaxshisidir.

✍️ @fozilovblog
#PYTHON_DARSLARI

KOMMENTARIY HAQIDA

Kommentariy # simvolidan keyin yoziladi va dastur kodini o'qiyotgan dasturchi uchun eslatma bo'lib xizmat qiladi.

Misol uchun:

print
('birinchi dastur') # print — bu funksiya

yoki:

# print — bu funksiya

print('birinchi dastur')

Komentariy dastur kodini o'qiyotganlar uchun foydali bo'ladi va dastur nima qilishini oson tushunishga yordam beradi. Unga yechimdagi muhim joylarni, muhim bo'lgan qismlarni yozish mumkin.

✍️ @fozilovblog
#PYTHON_DARSLARI

KOMMENTARIYA YA'NI IZOH QOLDIRISH

Dasturda 2 ta usul orqali izoh qoldirdik. 1-usulda izohimiz bevosita bitta satrda dastur kodi bilan birgalikda yozilgan bo'lsa, 2-usulda esa avval izoh yozilib undan so'ng dastur kodi yozildi.

Python dasturlash tilidan ishlash uchun biz o'zimizga qulay bo'lgan PyCharm Community Edition 2020.3.2 x64 dasturini kompyuterga o'rnatib oldik.

Siz ham yuqoridan ushbu dasturni yuklab olishingiz va kompyuteringizga o'rnatib biz bilan birga dasturlashni o'rganib borishingiz mumkin.

Yuklab olish uchun: https://t.me/fozilovblog/2328

✍️ @fozilovblog
#PYTHON_DARSLARI

DASTURNI ISHGA TUSHIRISH

Dasturga kiritilgan kodni to'g'ri yoki noto'g'ri kiritilganligini bilishimiz uchun rasmda ko'rsatilgan belgini bir marta bosish orqali tekshirib ko'ramiz. Natijani esa rasmning quyi qismida ko'rsatilgan maydonda ko'rishimiz mumkin.

✍️ @fozilovblog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Python_darslari

📹 PyCharm Community Edition 2020.3.2 x64 dasturini kompyuterga o'rnatish jarayoni

Python dasturlash tilida ishlash uchun PyCharm Community Edition 2020.3.2 x64 dasturini kompyuterga o'rnatish jarayonini ushbu video orqali ko'rib chiqamiz.

Dasturni shu yerdan yuklab olish mumkin:
https://t.me/fozilovblog/2328

✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

TAYANCH TUSHUNCHALAR

Doimiy (o‘zgarmas)
– faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan qiymatlarni saqlovchi kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. Doimiy o‘zgaruvchilar kabi o‘z qiymati va turiga ega.

Identifikatorlar – o‘zgaruvchilar, doimiylar, funksiyalar, protseduralar, modullar, dasturlarning umumiy nomi.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

PYTHON DASTURLASH TILINING ALIFBOSI

Har bir tilning alifbosi bo‘lgani kabi dasturlash tilining ham o‘z alifbosi mavjud. Python dasturlash tilining alifbosi katta va kichik lotin harfari, arab raqamlari, maxsus belgilar va xizmatchi so‘zlardan tarkib topgan.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHILARNI E'LON QILISH QOIDALARI

- katta va kichik harflar bir-biridan farqlanadi. Ya'ni: satr9, Satr9, SATR9 nomli o‘zgaruvchilar har xil o‘zgaruvchi nomlaridir, shu sababli kichik harflardan foydalangan ma’qul.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHILARNI E'LON QILISH QOIDALARI

O‘zgaruvchi nomlarida probellar ishlatish mumkin emas, uning o‘rniga so‘zlar (‘_’) tagchiziq belgisi yordamida bir-biriga bog‘lanadi.

Masalan: a_1, birinchi_qiymat, uzgaruvchi_1

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHILARNI E'LON QILISH QOIDALARI

O‘zgaruvchining nomi raqamdan boshlanishi mumkin emas.

Masalan: 1a, 1A, 1uzgaruvchi


Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHILARNI E'LON QILISH QOIDALARI

O'zgaruvchilardan oldin yoki keyin ushbu belgilardan foydalanish mumkin emas.

Masalan:
a-, A/, 1a@, a#


Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHILARNI E'LON QILISH QOIDALARI

and, as, assert, break, class, continue, def, del, elif, else, except, finally, for, from, global, if, import, in, is, lambda, nonlocal, not, or, pass, print, raise, return, try, while, with, yield
kabi xizmatchi so‘zlarni o‘zgaruvchi nomi sifatida ishlatish mumkin emas.

Masalan: and=1, as=1, assent=1


Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHILARNI E'LON QILISH

Ushbu dasturda yoshingiz degan o'zgaruvchiga "=" belgisi yordamida 32 qiymati o'zlashtirildi.

print (chop etish) yordamida qiymat chiqarilmoqda.

"yoshingiz degan o'zgaruvchining qiymati 32 ga teng" - deb o'qiladi


Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHI QIYMATINI O'ZGARTIRISH

O‘zgaruvchi qiymatini o‘zgartirish uchun unga yangi qiymat berish yetarli bo'ladi. Misolda ko'rsatilganidek yoshingiz deb nomlangan o'zgaruvchiga boshlang'ich qiymat sifatida 32 berilgan bo'lsa keyingi satrda uning qiymati 33 ga teng bo'lmoqda.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

O'ZGARUVCHILARNI O'ZARO ISHLATISH

Ikkita o'zgaruvchidan birining qiymatini ikkinchisiga o'zlashtirish uchun «=» belgisidan foydalaniladi.

sahifa deb nomlangan o'zgaruvchining qiymati 58 ga teng bo'lgan bo'lsa, keyingi satrda bet degan o'zgaruvchiga sahifaning qiymati ya'ni o'zgaruvchining o'zi orqali o'zlashtirildi.

Natijada ekranga 58 58 qiymatlari chop etildi.

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog
#Python_darslari

MUSTAQIL ISH: 1-misol

Ushbu misol haqida o'z fikrlaringizni izohda qoldiring. Misol tushunarli bo'ldimi?

Kanalga ulanish:
✍️ @fozilovblog