Zuhriddin FOZILOV | Education
150 subscribers
2.02K photos
542 videos
161 files
1.77K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xabar.uz muxbiri Zafar Qosimov brifingda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovga savol bilan murojaat qilib javobni esa zudlik bilan ekranga, klaviaturaga qaramay yozib olmoqda.

P.S: Juda ko'plab o'quvchilarim odatda videodagidek, "Ustoz ekranga va klaviaturaga qaramasdan yoza olasizmi?, Men ham qachon tez yoza olaman?"- degan savollarni berishgan. Kasbim nuqtai nazaridan ayrim hollarda "Albatta"- deb javob berishga to'g'ri keladi. Lekin ochig'i baribir xatoliklarga yo'l qo'yaman. Zafar akaning mahoratiga tasanno. Bunday natijaga erishish uchun juda ko'plab amaliyotni o'tash kerak va albatta ko'proq kitob o'qish kerak. So'zlarni xatosiz yozish ham jarayonni qanchalik mukammal darajada bajarilganligini belgilab beradi.

💻 Siz ham urinib ko'ringchi nechta so'zni xatosiz yoza olasiz. Klaviaturadagi alifboni eslab qolish uchun yaxshigina xotira kerak.

🌐 t.me/fozilovblog
“Онлайн мактаб” лойиҳасида фаол қатнашган педагоглар Халқ таълими вазирлиги томонидан тақдирланди

Жорий йилнинг 8 июнь куни Тошкент шаҳридаги 238-сонли умумтаълим мактабида “Онлайн мактаб” лойиҳасида фаол қатнашган педагогларни тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.

Бунда, 2020-2021 ўқув йили якуни муносабати билан, ушбу лойиҳада фаол қатнашган жами 43 нафар ўқитувчилар ва мутахассислар Халқ таълими вазирлиги томонидан “Халқ таълими аълочиси” ва “Халқ таълими фидоийси” кўкрак нишонлари билан тақдирланди.

Халқ таълими вазирлиги “Онлайн мактаб” рукнидаги телевизион дарсларни тасвирга олишга жалб қилинган барча ўқитувчилар, сурдо-таржимонлар, муҳаррирлар ва телевидения ходимларига ўз миннатдорчилигини билдиради.
Tesla avtomobil ishlab chiqaruvchi eng qimmat kompaniya

“Tesla” kompaniyasining asoschisi Ilon Mask

Davomi bor...

🌐
t.me/fozilovblog
Dunyoga mashhur Tesla kompaniyasiga ishga olingan birinchi O‘zbekistonlik vatandoshimiz - Mushtariy Sharifova.

Mushtariyning eng qimmatli so‘zlari:

Hech qachon o‘z orzularingizdan voz kechmang, hamisha olg‘a yuring. Qo‘lingdan kelmaydi, eplolmaysan degan insonlarga quloq solmang, negativ tarzda qabul qilmang. Men albatta bajaraman, deng va o‘zingizga ishoning. O‘shanda atrofdagilar ham sizga ishonadi. Bir natijaga erishgungacha qo‘lingizdan kelgan hamma narsani qiling, barcha imkonlarni ishga soling. O‘z ustingizda tinimsiz ishlang, bilim va malakangizni orttiring. Allohdan eng yaxshisini so‘rang, u albatta so‘raganingizni beradi. Mashaqqat ortidan albatta mukofot ham keladi.

🌐 t.me/fozilovblog
Mushtariy Sharifovaning yozishicha:

Kunlardan bir kun menga Tesla kompaniyasidan javob xati keldi. Ular men bilan suhbat o‘tkazmoqchi ekanliklarini aytishdi. Juda hayajonlandim, qanday o‘tar ekan deb o‘ylay boshladim. Aytilgan vaqtda suhbat uchun qo‘ng‘iroq bo‘ldi va juda ham samimiy tarzda o‘tdi. Bir oy davomida har haftada 1 yoki 2 marta men bilan suhbat o‘tkazishdi, turli xil savollar berishdi va oxirida menga muddatsiz ish taklif qilishdi, ya’ni men bu kompaniyada o‘zim istagancha ishlash huquqiga ega bo‘ldim. O‘sha kun men uchun juda baxtli kun bo‘ldi.

Qisqacha: Mushtariy 1993 yilda tug‘ilgan. Diplomatiya Universitetiga kira olmagan. 21-22 yoshlarida Germaniya (Berlindagi Universıty of applied sciences in Europe)ga o‘qishni boshlagan. 2019 yil tugatgan.
O‘qish davomida yirik kompaniyalarda amaliyot o‘tagan, jumladan, 2017-yilning sentyabridan 2018-yilning martigacha Adidas kompaniyasida, Zalando kompaniyasida, SAP kompaniyasida esa 2-amaliyotni o‘tab, bitiruv malakaviy ishini yozgan. American Publishing Company kompaniyasida 2020 yil fevralidan 2021 yil yanvarigacha ishlagan.

🌐 t.me/fozilovblog
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Тожикистон Республикасига келди.
Душанбе халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини Тожикистон Президенти Эмомали Раҳмон кутиб олди.
Президентлар музокаралар давомида кўп қиррали Ўзбекистон-Тожикистон шериклигининг кенг кўламли кун тартибини кўриб чиқадилар ҳамда халқаро ва минтақавий даражадаги алоқалар юзасидан фикр алмашадилар.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев прибыл с официальным визитом в Таджикистан.
В международном аэропорту Душанбе главу нашего государства встретил Президент Таджикистана Эмомали Рахмон.
Президенты в ходе переговоров рассмотрят обширную повестку узбекско-таджикского многогранного партнерства, а также обменяются мнениями по вопросам взаимодействия на международном и региональном уровне.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter