Zuhriddin FOZILOV | Education
156 subscribers
2.02K photos
542 videos
165 files
1.77K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
Forwarded from Digital.uz
bilasizmi?

👆 Butun jahon internet tarmog‘i qachon tashkil topgan?

🌐 Bugunga kelib internet insonlar hayotiga shunchalik singib ketganki, zamonaviy jamiyatni usiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. "Butunjahon o‘rgimchak to‘ri" yil sayin yangidan-yangi sohalarni qamrab olmoqda.

ℹ️ Internet paydo bo‘lishining rasmiy sanasi 1969-yilning 29-oktyabri hisoblanadi. Birinchi kompyuter tarmog‘i esa ishlab chiqaruvchilar sharafiga ARPANET deya nomlangan.

👉 Batafsil: https://mitc.uz/uz/news/2594

#bilasizmi

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Сурхондарёда натижага ишлаб, мақсадли кўрсаткичларга эришиш, жумладан қизил мактабларни камайтириш ва ўқитувчилар малакасини ошириш масалалари муҳокама этилди

Халқ таълим вазири Шерзод Шерматов вилоят халқ таълим бошқармаси ҳамда Термиз шаҳар ва барча туман халқ таълим бўлими мудирлари иштирокида KPI кўрсаткичларига бағишланган йиғилиш ўтказди.

KPIда кўрсатилган 8 та индикатор бўйича ишларни ташкил этиш орқали мактабларда ижобий ўзгариш амалга ошиши ва унинг натижасида халқ таълим бўлими ходимларининг устама миқдорлари белгиланишини тушунтириб ўтди.

KPIда энг паст кўрсаткичга эга бўлган Денов, Музработ туман халқ таълим бўлим мудирларининг кўрсаткичларни кўтариш бўйича амалга оширилган ишлари ва бажарилиши лозим ишлар бўйича таклифлари эшитилди.

Мазкур масала вилоятнинг барча таълим муассаса директорлари билан ҳам ZOOM орқали муҳокама этилди.

KPI кўрсаткичларини кўтариш бўйича таклиф ва топшириқлар берилди.

Ташриф давом этмоқда...
Марказий банк 2021 йилнинг 14 июнидан бошлаб номинал қиймати 2 000 сўм ва 20 000 сўм бўлган банкнот кўринишидаги янги пул белгиларини муомалага чиқарилиши тўғрисида қарор қабул қилинганлигини маълум қилди

Қайд этилишича, мазкур банкнотлар мавзуси (тематикаси) “Буюк Ипак йўли” ва мамлакат ҳудудидаги қадимий Бухоро шаҳри ва Қорақалпоғистон Республикаси тарихига бағишланган.

Батафсил

РАСМИЙ ХАБАРЛАР 👇👇👇
t.me/Rasmiy_xabarlar_Official
Kundalik.com elektron jurnalini o‘z vaqtida yuritgan va yuqori ko’rsatkichlarda erishgan, viloyat bo‘yicha ko‘plab maktablarni yuqori natijalarga erishishiga sababchi bo’lgan bir guruh o‘qituvchilar Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Muzrabot tumani 48 - sonli umumta’lim maktabi matematika va informatika fani o‘qituvchisi Umarov O‘lmasjon Ibragim o‘g‘li.

Oltinsoy tuman 1-sonli umumta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi Abdullayev Anvar Qahramonovich.

Uzun tuman 6-IDUM matematika va informatika fani o‘qituvchisi Ramazonov Aslam Qoʻchqorovich.

Manba

P.S: JUDA HAM YUKSAK E'TIROF BO'LIBDI. SAMIMIY TABRIKLAYMAN. TIZIMDA ISHLASH BO'YICHA RESPUBLIKADA HAM BIRINCHILARDAN BO'LISH NASIB QILSIN! 👍

🌐 t.me/fozilovblog
1 IYULDAN PENSIYA VA NAFAQALAR OSHIRILDI

Prezidentning tegishli farmoni (PF-6241, 04.06.2021 y) bilan 2021 yilning 1 iyulidan boshlab:

a) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy etilsin.

Bunda, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda 256 675 so‘mdan 400 000 so‘mga oshiriladi;

b) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori 565 000 so‘mga yetkazildi;

v) zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 so‘mdan 400 000 so‘mga yetkazildi;

g) boquvchisini yo‘qotganlik:

pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etildi;

pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 675 so‘mdan 400 000 so‘mga oshirilsin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi;

nafaqasi oluvchi oilalarning barcha a’zolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori 400 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 150 000 so‘mdan qo‘shilishi belgilandi;

d) bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 350 so‘mdan 565 000 so‘mga oshirildi.

🌐 t.me/fozilovblog
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Tokioda bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpia o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Sanjar Tursunovni “Cobalt” yengil avtomashinasi bilan taqdirladi.

Mohir bokschi ikki marta O‘zbekiston kubogi, uch marta yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni kamarini qo‘lga kiritgan. Boks bo‘yicha Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan. 22 yoshdagi sportchi hozirgacha 40 ga yaqin jang o‘tkazib, ularning 20 dan ortig‘ida g‘alabaga erishgan.

👉 Batafsil manba

🌐 t.me/fozilovblog
Forwarded from MYQUIZ.UZ
TEZ KUNDA...

LOYIHAMIZNING WEB SAYTINI HAM RO'YXATDAN O'TKAZDIK.

www.myquiz.uz

Saytimiz tez kunda o'z ish faoliyatini boshlaydi. Bizni kuzatishda davom eting!

Kanalga obuna bo'lish uchun:
👉 t.me/myquizuz
#bilasizmi

Imom al-Buxoriy shogirdi Imom at-Tеrmiziyning ulug' alloma ekanligini e'tiroflab: "Sеn mеndan bahra topganingdan ko'ra, mеn sеndan ko'proq bahra topdim" dеgan bolsa, Imom al-Buxoriy vafot etganlarida Imom at-Tеrmiziy yig'layvеrganidan ko'zlari bir nеcha yil ko'rmay qolgan. Ustoz-shogirdning bunday munosabati ularning komil inson bolganidan dalolat bеradi.

Manba: http://library.ziyonet.uz/uz/book/download/102435

🌐 t.me/fozilovblog
Qaysi biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
68%
Ta'kidlamoq
32%
Takidlamoq
Respublika taʼlim markazining ikki nafar metodisti “Xalq ta'limi a'lochisi” hamda “Xalq ta'limi fidoyisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

Respublika taʼlim markazi metodisti Muyassar Jamoldinova “Onlayn maktab” ruknidagi televizion darslar taqdimotlarini tahrirlash ishlarida faol ishtiroki hamda muharrirlik faoliyati uchun “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni, Oysulov Musurmonqulova
taqdimotlarini tahrirlash ishlarida faol ishtiroki hamda muharrirlik faoliyati uchun “Xalq taʼlimi fidoyisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar.

🌐 t.me/fozilovblog
Forwarded from Xushnudbek.uz
Шавкат Мирзиёев дунёдаги энг баланд Эверест чўққисини забт этган альпинистимиз Сергей Денисенкони “Ўзбекистон ифтихори” фахрий унвони билан мукофотлади ҳамда унга “Trailblazer” совға қилди.

Манба


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Stol_tennisi

Tarixdagi eng xushkayfiyatli tennis o‘yini

1979-yili Niderlandiyada Jaka Sekretano va Vinsento Purkarta o‘rtasidagi ko‘rgazmali o‘yin.

P.S: Juda ham o'z ishining ustalari ekan. Ushbu sport turidagi bajara olish murakkab bo'lgan holatlarni kulgili holatga mahorat bilan akslantirilishi insonni qoyil qoldiradi. Bu videoni ko'rishingiz bilan yuzingizda tabassum bo'lganligi aniq! 😄

🌐 t.me/fozilovblog