FLUGGI IT O’QUV MARKAZI
98 subscribers
448 photos
111 videos
329 links
💥 🚀Namangandagi eng innovatsion o'quv markazi
Yo'nalishlar:

🖥️ Kompyuter savodxonligi
⌨️ Web dasturlash
🧨 Grafik Dizayn

📍Namangan shahar, Mashrab k, 6-uy
📞 55 500 60 05

⚙️ www.fluggi.uz
Download Telegram
iPhone 14 Pro 999 dollar, Pro Max esa 1099 dollardan sotuvga chiqariladi.
📸 Smartfon kamerasi sezilarli darajada o'zgardi va asosiy sensori 48 megapiksel bo'ldi.

📹 iPhone 14 va 14 Pro yangi to‘rt pikselli sensorga ega bo‘lib, u iPhone 13 Pro’ga qaraganda 2 barobar ko‘proq yorug‘likni yig'adi. Hamda u Apple ProRAW texnologiyasini ham qo'llaydi.

iPhone 14 Pro
va 14 Pro Max yangi 2x telefoto rejimiga ega bo‘lib, u avvalgi Apple smartfonlariga qaraganda yaxshiroq rasm sifatini beradi. Kamera sensorlari avvalgi modelga qaraganda nechchi karra yaxshilanganini rasmdagi raqamlar orqali tanishishingiz mumkin.
1👍1
Qiyin masalaga yechim izlayapsizmi? O’rdakcha yordam beradi.

Dasturchilar uchun biron masalaga yechim izlash - bu hayot tarzi 😎 Hattoki, ularda buning uchun juda qiziqarli usul bor. U o’rdakcha usuli deb nomlanadi.

Siz ham biron bir masalani deb boshingizni qotirganingizda, bu usulni sinab ko’ring. Buning uchun esa:

- sizga yordamchi sifatida o’yinchoq o’rdakcha yoki boshqa istalgan buyum kerak bo’ladi
- yordamchi sifatida tanlagan buyumingizni sizda biron savol yoki yechimi kerak masala paydo bo’lganda oldingizga qo’yasiz va o’z savolingizni unga tushuntirib berasiz. Bunda oldingizdagi “yordamchingiz” sizga rostan ham javobni bera oladigandek tasavvur qilishingiz kerak.

❗️To’g’ri berilgan va tushintirilgan savol – bu javobning yarmi degani. Shunday qilib, siz o'zingizning fikrlaringizni to'g'ri tomonga yo'naltirasiz va "boshingizdagi tartibsizlikdan" xalos bo'lasiz.

Dasturchilar xatolarni topish va tuzatish uchun ham ushbu texnikadan foydalanadilar. Dasturning ba'zi qismlari ishlamayaptimi? Dasturchi har bir qatorni o'rdakka tushuntiradi va bu jarayonda xatoni o'zi topadi.

Sizningcha, bu foydali usulmi? Izoxlarda o'z fikringiz bilan bo'lishing

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Siz xam o'qimoqchimisiz?
Tezroq ro'yxatdan o'ting

Ro'yxatdan o'tish uchun:
☎️ +998 55 500 60 05 | @fluggi_admin | ONLINE REGISTRATION

Web | Telegram | Instagram | Facebook
Googledan foydalanish - dasturchi uchun juda muhim ko’nikma. Juda ham ko’p ma’lumotni yodlab olishning ilojisi ham, keragi ham yo’q.

Sizga Google qidiruvda foydali bo’lishi mumkin bo’lgan bir nechta operator va maslahatlarni tayyorlab qo’ydik:
- site: + sayt nomi + so’rov = ushbu sayt sahifalari orasidan izlanadi
Masalan: site: github.com javascript
«–» — Qidiruv so’rovi + – so’z. Chiziqchadan keyingi so’z ishlatilmagan barcha variantlarni topadi
Masalan: frontend dasturchi -javascript
« "" » — qo’shtirnoq ichidagi so’rov aniq moslikni izlash kerakligini anlatadi
Masalan: "javascript yoki python"

- Izlayotganda, savolga tegishli vosita yoki texnologiya nomini kiriting
- GitHub и Stackoverflow - savollarga javob topish mumkin bo’lgan saytlar
- Ingliz tilida so’rov kiriting, chunki bu dasturlashda asosiy til deb hisoblanadi

Google - yordamchi, davo emas. Muammoga yelchin topish qobiliyatingizni rivojlantirish haqida ham unutmang.

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️

Web | Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi guruhimizda darslar boshlanganini e’lon qilamiz ! 🥳

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️

Web | Telegram | Instagram | Facebook
👍1
Dasturlash tillari juda ko'p. Ularning hammasi ham kod yozish uchun emas, balki tajriba sifatida, hatto shunchaki qiziqish tufayli yaratilgan.

Keling, g'alati, ammo kulgili dasturlash tillarining bir nechtasi haqida bilib olamiz.

⚡️Cow. Nomi inglizchadan "sigir" deb tarjima qilinadi. Bu shunchaki emas ... Ushbu til uchun "moo" operatorining har xil shakli ishlatiladi.

⚡️Intercal. Siz ushbu dasturlash tili bilan xushmuomala bo'lishingiz kerak, chunki dasturchi kodda ‘Please’ (Iltimos deb tarjima qilinadi) operatoridan 4 marta foydalanishi kerak.

⚡️Malbolge. Ushbu til eng qiyin tillardan biri hisoblanadi. Bu tilda birinchi dasturni yaratish uchun 2 yil vaqt ketdi, lekin yaratuvchi Ben Olmstedning o'zi unda bitta ham dastur yozmadi.

⚡️Whitespace. Unga kod yozish uchun faqat probel, tabulyatsiya va keyingi qatorga o’tish belgilari ishlatiladi.

⚡️Brainfuck. Faqatgina 8 ta belgidan iborat bo'lgan eng qiyin dasturlashlardan biri.

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
REGISTRATION:
☎️ +998 55 500 60 05 | @fluggi_admin
👍2
Python - eng mashhur dasturlash tillarining 5taligiga kiradi. Uni ilovalar, saytlar va o’yinlar yozish uchun qo’llashadi.

Quyida Pythonda yozilgan 5 ta yirik ilovalar:

🔹Instagram
🔹Spotify
🔹Quora
🔹YouTube
🔹Reddit

Keling ushbu ro’yxatni davom ettiramiz. Yaratilishida Python qo’llanilgan loyihalarni izoxlarda yozing ⬇️

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Siz xam o'qimoqchimisiz?
Tezroq ro'yxatdan o'ting

Ro'yxatdan o'tish uchun:
☎️ +998 55 500 60 05 | @fluggi_admin | ONLINE REGISTRATION

Web | Telegram | Instagram | Facebook
👍3
Dasturlash kurslarini tugatdim, sertifikat oldim ... Xo'sh, keyinchi? 🤔

Ishning o'zi sizni topib olmaydi. Agar siz boshlang'ich dasturchi bo'lsangiz, birinchi ishingzni topishingiz uchun quyida kichik maslahatlar:

✔️ Barcha bahonalarni chetga suring. “Har kimga tajribali mutaxassislar kerak, shuning uchun men ish topolmayapman”. Hatto eng zo'r dasturchilar ham bir vaqtlar siz kabi tajribasiz bo’lgan. Shuning uchun, agar siz ishlashni boshlashni istasangiz, avvalo, har qanday bahonalardan xalos bo'ling.

✔️ Faol va qat'iyatli bo'ling. Seminarlarda, master-klasslarda ishtirok eting, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa manbalarning faol foydalanuvchisiga aylaning, o'zingizni ko'rsatish uchun hech qanday imkoniyatni boy bermang, bu sizga ushbu sohadagi boshqa mutaxassislar bilan tanishish va o'zingizni faol va g'ayratli boshlang'ich dasturchi sifatida tanishtirishga yordam beradi.

✔️ Orzuyingizdagi kompaniyani emas, tajriba izlang. Tajriba va bilim olish imkoniyatini qidiring. Kichik kompaniyalar va loyihalar sizga mutaxassis sifatida o'sishda tezroq yordam beradi.

Еng muhimi, esda tuting: natijaga erishish uchun istak emas, harakat kerak 🚀

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Siz xam o'qimoqchimisiz?
Tezroq ro'yxatdan o'ting

Ro'yxatdan o'tish uchun:
☎️ +998 55 500 60 05 | @fluggi_admin | ONLINE REGISTRATION

Web | Telegram | Instagram | Facebook
👍1
“Men dasturlashni o'rganishni xohlayman. O'qish va ishlash uchun qanday noutbuk tanlashim kerakligini ayta olasizmi?"

Aynan mana shu savol bilan bizga ko’p marotaba murojat qilishgan. Bunga javoban aytadigan asosiy gapimiz: dasturchiga, ayniqsa bo’shlang’ich yoki endi o’qiyapkaniga juda ham kuchli noutbuk kerak emas. Asosiysi, ish vaqtida qotmasa va juda sekin ishlamasa bo’ldi 😉

Asosiy talablar esa quyidagicha👇

▪️Displey - kamida Full HD 1920 x 1080 (1080p).
▪️CPU - Intel core i3 10-avlodidan pastroq emas
▪️RAM - kamida 8 GB
▪️SSD - 128 Gbdan
▪️Klaviatura imkon qadar qulay bo'lishi kerak. Eng asosiysi, sotib olishdan oldin uni sinab ko'rish.

Tanlashda doimo mablag’ingizni e’tiborga oling. Asosiy mablag’ va vaqtingizni esa o’qib-o’rganish va kuchli dasturchi bo’lib yetishishga sarflaganingiz maqbul.

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Siz xam o'qimoqchimisiz?
Tezroq ro'yxatdan o'ting

Ro'yxatdan o'tish uchun:
☎️ +998 55 500 60 05 | @fluggi_admin | ONLINE REGISTRATION

Web | Telegram | Instagram | Facebook
👍2