FC NASAF
42K subscribers
30.4K photos
1.55K videos
26 files
5.46K links
Download Telegram
Bolalar futboli: 🇵🇹Portugaliyadan daraklar

"Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Portugaliyaga yetib borishdi va xalqaro musobaqadagi ishtiroklarini boshlab yuborishdi.

Musobaqaning birinchi kunida kichik “ajdarlar” ikkita o‘yinda maydonga tushishdi. Dastlabki turda vakillarimiz Portugaliyaning “Mineiro Aljustrelense” jamoasini 6:1 hisobida yirik tarzda mag‘lub etishdi. Kunning ikkinchi bellashuvida esa ular “SL Olivais” jamoasiga qarshi bahs olib borishdi va o‘yin durang – 0:0 hisobida yakunlandi.

Hozircha jamoamiz 4 ochko bilan o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda.

📎 Musobaqa tafsilotlari bilan to‘liq tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting:

https://estoril.ibercup.com/en/matches/team/cat/6110

📱@fcnasaf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "Nasaf" birinchi davraning so‘nggi 15-turida Samarqandga safar qiladi. turnir jadvalida oldinma ketin ketayotgan jamoalar bellashuvi 6-iyul kuni soat 20:00 da start oladi.

📱@fcnasaf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FC NASAF pinned a photo
🔵 “Dinamo” — “Nasaf” 🔵 uchrashuvini Lutfullin boshqarib boradi

“Dinamo” — “Nasaf”

06.07.2025

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Akmal Giyasov

Zaxira hakami: Sevdiyor Hamroqulov

Nazoratchi: Baxtiyor Tagayev

VAR hakami: Doston Rahmonov

AVAR hakami: Islom Azimov

Komissar: Davron Ibrohimov

📱@fcnasaf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mashg‘ulotlarimiz odatdagi tartibda davom etmoqda.

📱@fcnasaf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar futboli: “Nasaf” U-14 guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladi

Bugun “Nasaf” U-14 jamoasi guruh bosqichi 3-turi doirasida Ispaniyaning “CEI Team Academy” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bellashuvdagi yagona gol muallifi — Asadbek Isaboyev.

Ushbu g‘alaba natijasida “Ajdarlar” 7 ochko jamg‘arib, guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunladi. Turnir tashkilotchilari ham jamoamizning o‘yinlarini katta qiziqish va e’tibor bilan kuzatib bormoqda.

📱@fcnasaf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Futbolchini toping⁉️🤔


📲@fcnasaf
FC NASAF
Suratdagi futbolchini toping!
Bu Sherzod Nasrullayev edi😁
Forwarded from SEVINCH PFC NASAF
Ayollar o‘rtasida Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga o‘tish o‘yinlariga qur‘a tashlandi.

Qur'a natijalariga ko‘ra qizlarimiz "B" guruhidan o‘rin olishdi. Guruhda jamoamizga Tailandning "College of Asian scholars", Nepalning "APF FC" va Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" jamoalari raqiblik qilishadi. Qizlarimiz o‘z guruhlaridagi o‘yinlarini Qarshida o‘tkazishadi.
"IberCup" musobaqasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

"Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Portugaliyadaga musobaqada ishtirok etayotganidan xabaringiz bor.

"Benfika" jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan "Eshtádiu da Lush" stadionida musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida barcha musobaqa ishtirokchilari qatnashishdi.

📱@fcnasaf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM