Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma'lumki, sevimli jamoamiz "Nasaf" joriy mavsumda Osiyo futbolining eng nufuzli musobaqasi — Osiyo Chempionlar Ligasi Elit turnirida ishtirok etadi. Ushbu muhim musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida jamoamiz rahbariyati ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya hamda Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yig‘ilish davomida muxlislar bilan ishlash, stadion va uning atrofida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Uchrashuv, shubhasiz, jamoamizning xalqaro turnirdagi ishtirokini yuqori saviyada tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📱 @fcnasaf

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzPFL
Har ikki klub futbolga bo‘lgan munosabati nuqtai nazaridan ham Liga uchun qadrli hisoblanadi. Ayni vaqtda Paxtakor stadionida Superliga talablari asosida ta’mirlash ishlari davom etayotgan bo‘lsa, Nasaf Qarshida alohida plantatsiya tashkil qilib, o‘z infratuzilmasidagi mavjud stadionlar uchun yangi maysalar yetishtirmoqda.
Har ikki klub o‘z akademiyasiga katta e’tibor qaratishi ham sir emas. Xususan, Nasaf U19 o‘z mintaqasida, Paxtakor U19 o‘z mintaqasida peshqadam bo‘lib turgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Ertaga bizni nafaqat titanlar to‘qnashuvi, balki futbolni tom ma’noda hurmat qiladigan, mamlakat terma jamoalari muvaffaqiyatlarining asl tomiri bo‘lgan klublar bahsi kutib turibdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27-iyun – Matbuot va Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
Hurmatli qalam sohiblari! Nasaf PFK jamoasi Sizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etib, inson qadri, yurt manfaati, vatan taraqqiyotini yuksaklarga ko‘tarish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaydi!
El-yurt manfaati va Vatanimiz salohiyatini bundan-da yuksaklarga ko‘tarish yo‘lidagi mas’uliyatli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilaymiz. Siz sharafli kasb egalariga doimo g‘ayrat, kuch va shijoat hamroh bo‘lsin!
Ehtirom bilan Nasaf PFK oilasi.