FC NASAF
39.9K subscribers
29.6K photos
1.48K videos
26 files
5.39K links
Download Telegram
"Nasaf" — "Qizilqum" (4:0) uchrashuvidan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev fikrlari

"Nasaf" — "Qizilqum" uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

— Assalomu alaykum.
Avvalo, bugungi g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni samimiy tabriklayman.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida raqib yaxshi himoyalandi va biz uchun himoyani yorib o‘tish ancha qiyin bo‘ldi. Shuning uchun yigitlarga sabr bilan pozitsion hujumlarga o‘tish va vaziyatlar yaratish zarurligini uqtirdik.
Yigitlar topshiriqni to‘g‘ri bajara olishdi va birinchi gol kiritilgach, o‘yinimiz ancha ochildi. Bu natija ham o‘z aksini topdi.
Bugun hujumkor o‘ynab, kerakli natijaga erishdik. Barcha futbolchilarimizga rahmat!

Matbuot anjumanining to‘liq videosini jamoamizning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

📱@fcnasaf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oybek Bozorov🫶🏻

📲@fcnasaf
🇦🇱Rubin Hebaydan debyut golni qarshi oling🏹

📲@fcnasaf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Bugun iste’dodli futbolchimiz Zafarmurod Abdirahmatovning tavallud ayyomi! 🎉

Nasaf PFK oilasi nomidan Zafarmurodni samimiy muborakbod etamiz! Unga sog‘lik-salomatlik, uzoq va mazmunli umr, baxt va omad tilab qolamiz.

Jamoamiz tarkibida uzoq yillar ishonchli to‘p surib, ko‘plab yutuqlarga, sovrinlarga ega chiqishiga tilakdoshmiz! A’lo kayfiyat, samimiy tabassum seni aslo tark etmasin Zafarmurod!

Hurmat bilan,
Nasaf PFK jamoasi


📱@fcnasaf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kechagi bellashuvda jamoamizni stadionda va g‘oibona qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorlik bildiramiz!

📱@fcnasaf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun yoshlarimiz U21 birinchiligi 7-tur doirasida 🔴 "Qizilqum" U21 jamoasini qabul qiladi. Bellashuv 🏟 "Mehnatchi" stadionida soat 17:00 da start oladi.

📱@fcnasaf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM