FC NASAF
42.3K subscribers
30.5K photos
1.56K videos
26 files
5.46K links
Download Telegram
🇺🇿“NASAF” 4-2 “Qaysar” (Qozogʻiston) 🇰🇿

Uchrashuvdan fotogalereya 📸

📲@fcnasaf
Sardorbek Bahromovni tabriklaymiz!

Bugun "Nasaf" jamoasining yosh va iqtidorli yarim himoyachisi Sardorbek Bahromov tavallud ayyomini nishonlamoqda!

Jamoamizning barcha a’zolari nomidan uni samimiy muborakbod etamiz. Ishonamizki, Sardorbek o‘z mahorati va fidoyiligi bilan klubimizga ko‘plab g‘alabalar va sovrinlar olib kelishda muhim rol o‘ynaydi.

Tug‘ilgan kun muborak, Sardorbek!

📱@fcnasaf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️⚽️ O‘zPFL yangi mavsum oldidan stadionlarni o‘rganmoqda

Barchaga ma’lumki, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi (O‘zPFL) yangi futbol mavsumi oldidan Superliga va Pro-liga bellashuvlari bo‘lib o‘tadigan stadionlarni o‘rganib chiqmoqda. Bu jarayonda o‘yingohlarning belgilangan talab va standartlarga qanchalik javob berishi tahlil qilinmoqda.

Kuni kecha Liga mutaxassislari Qarshidagi "Markaziy" stadioniga tashrif buyurib, u yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi. Shuningdek, Liga vakillari jamoamiz rahbariyatiga yangi mavsum oldidan O‘zPFL qo‘yayotgan talablar asosida tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.


"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zFHM mutaxassislari jamoamiz a’zolari uchun seminar o‘tkazishdi

O‘zbekiston Futbol Hakamlar Markazi (O‘zFHM) mutaxassislari yangi mavsum oldidan Superliga va Pro-liga jamoalari uchun reja asosida seminarlar tashkil etmoqda. Shu doirada ular jamoamiz istiqomat qilayotgan mehmonxonaga tashrif buyurib, zamonaviy hakamlik qoidalarini tushuntirishdi.

Seminar davomida o‘tgan mavsumda yuzaga kelgan bahsli holatlar videoroliklar orqali tahlil qilindi. Shuningdek, murabbiylar va futbolchilarimizga zaruriy ma’lumotlar yetkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

📱@fcnasaf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM