Edu-Action - Study Abroad
4.21K subscribers
1.03K photos
213 videos
1 file
741 links
"𝐿𝑒𝒶𝒹𝓈 𝒴𝑜𝓊 𝓉𝑜 𝒮𝓊𝒸𝒸𝑒𝓈𝓈"
Sizga chet elda o‘qish uchun yordam beradi!
Образование за рубежом!

📲 Telegram: @Eduaction02
☎️ +998712309191
📌 Chilonzor, 3-y/k Navbahor 24 (Novza 🚇)
www.instagram.com/eduactionuz
Dush-Jum 9:00-18:00
Download Telegram
Edu-Action - Study Abroad
Photo
Xorijda tahsil olishingiz uchun kerakli bo'lgan 3 qadam

💁‍♂️ Edu-Action kompaniyasi bilan hamkorlik qilish orqali chet elda o'qishni xohlaydiganlardan muhim 3 qadamni yoddan chiqarmasliklarini so'raymiz.

1. Edu-Action kompaniyasining ofis manziliga tashrif buyuring. Tashrif buyurish orqali kerakli ma'lumotlarni olib, o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob topasiz.

2. Ofisga o'zingiz bilan maktab/litsey/universitet attestatining ilovasini olib keling. Mutaxassislarimiz sizga aynan qaysi davlatdagi universitet mos kelishini aniqlab beradilar.

3. Eng muhim qadam bu - mutaxassislarimizning maslahatlariga amal qilishdir. Bir necha yillik katta tajribaga ega mutaxassislarimiz siz uchun eng maqbul yo'lni ko'rsatib beradilar.

⚠️ Unutmang! Barcha yuqori sifatli ta'lim olishga haqlidir. Biz bilan birga yorqin kelajakka asos soling.

🔸 Edu-Action jamoasi barchangizni qo'llab-quvvatlaydi.

🔄
Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati
📞 Biz bilan aloqa: +998781478686

YouTube | Instagram | Facebook
👍1
Buyuk Britaniyada bolalar uchun yozgi oromgoh dasturiga qabul davom etmoqda

🚀 Siz, farzandingiz va yaqinlaringiz uchun Edu-Action jamoasidan ajoyib yangilik. Yozgi ta'tilni Edu-Action mutaxassislari bilan birga London shahrida o'tkazish imkoniyatini taqdim etamiz.

🇬🇧 Ushbu dastur ishtirokchilari 14 kun davomida ingliz tili darslariga qatnashib o'z bilimlarini yanada yuqori darajaga olib chiqishlari, shuningdek, chet ellik tengdoshlari bilan muloqot qilish orqali til to'sig'ini yengib o'tishlari mumkin.

🤩 Yoz fasli siz, farzandingiz va yaqinlaringiz uchun London shahrida bir umrga unutilmas bo'lib qolishini istaysizmi? Buning uchun bizda barcha sharoitlar mavjud. Bizga murojaat qilsangiz bas, batafsil ma'lumot beramiz.

❗️Joylar soni chegaralanganligi bois hoziroq biz bilan bog'lanib o'z joyingizni band qilib qo'ying.

🔄 Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati
📞 Biz bilan aloqa: +998990108668

YouTube | Instagram | Facebook
⚡️Umidjon Ishmukhamedov va Yusufbek Nasriddinovning "Ustoz va Shogird" kitobi sotuvga chiqarilmoqda

Qanday qilib dunyodagi nufuzli universitetlarga kirish mumkin? Buning uchun siz-u bizdan nima talab qilinadi? Raqobatni qanday qilib yengib chiqish mumkin?

☝️ Barchamizning hayolimizda mana shu kabi savollar doim aylanib yuradi. Lekin, to'g'ri javobni qayerdan izlash mumkin desangiz biz sizga "Ustoz va Shogird" kitobini tavsiya etamiz.

📚 Umidjon Ishmukhamedov va Yusufbek Nasriddinov muallifligidagi ushbu kitob o'quvchilarga o'z orzusidagi universitet talabasiga aylanishi uchun to'liq yo'riqnoma vazifasini bajaradi.

💁‍♂️ Mana shu yo'riqnoma endi kitob shaklida foydali maslahatlar bilan birgalikda chop etilmoqda. Sizda esa birinchilardan bo'lib sotib olish imkoniyati mavjud.

🤩 Hoziroq oldindan buyurtma qiling va 20% lik chegirmaga ega bo'ling.

🛒 Buyurtma qilish: http://millatumidi.uz/
💵 Kitob narxi: 99 000 UZS

YouTube | Instagram | Facebook
👍2
30-iyun — Yoshlar kuni

Assalomu alaykum, aziz obunachilar!

😊 Edu-Action jamoasi barchangizni bugungi bayram - "Yoshlar kuni" munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etadi.

🚀 Dadil bo'laylik. Keling, katta maqsadlar qo'yaylik. Biz kelajak bunyodkorimiz. Biz O'zbekiston kelajagimiz.

Bayram muborak!

YouTube | Instagram | Facebook
Mahalliy Universitetlardan yiqilib "panika" qilish o'rniga biz bilan chet elda tahsil ol

🔖 Hozirda yurtimiz bo'ylab barcha mahalliy universitetlarda yangi o'quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etib kelmoqda. Nomzodlar orasida esa imtihonga tayyorgarlik avjida.

☝️ Imtihon natijalarini kutish bir azob :) Chiqqandan so'ng esa, mobodo yiqilgan bo'lsa, go'yoki hayot to'xtab qolganday "panika" boshlashadi:

"Men kirolmadim, kelajagim nima bo'ladi endi?", "Kirolmasam kelajakda kim bo'laman?", "Yaqinlarimni ko'ziga qanday qarayman endi?"

💁‍♂️ Bu holat ko'pchiligimizga tanish bo'lsa kerak, shunday emasmi? Agar mahalliy universitetlardan yiqilgan bo'lsangiz, xorijda tahsil oling, yiqilmaysiz.

🔝 Edu-Action jamoasining malakali mutaxassislari yordamida chet elda sifatli ta'lim olishingiz mumkin. Buning uchun bizga qo'ng'iroq qilsangiz bas.

"Bizda esa natijalarni kutish azob emas :) Aksincha, yoqimlidir."

🔄 Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati
📞 Biz bilan aloqa: +998781478686

YouTube | Instagram | Facebook
Forwarded from Umidjon Ishmukhamedov
​​Сизни албатта кутиб қоламиз!!!

Ҳурматли ота-оналар ва талабалар


Сизларни бугун 2-июль, соат 16:00, Инҳа университетида бўлиб ўтадиган Cambridge International University ва Cambridge International College - Ўзбекистонда янги очилган хусусий университет ва коллежда ўқишнинг афзалликлари ҳақида ўтқазилаётган тақдимот маросимига таклиф этамиз!

Агар тадбирга ташриф буюриш истагида бўлсангиз, ушбу онлайн рўйхатдан ўтишингизни илтимос қиламиз!

Мурожаат учун:
+998712000306
+998990879000

Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг:🔻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

https://telegra.ph/Taqdimot-marosimi-07-01
Jonibek Manonov — Buyuk Britaniyaning talabalik vizasi sohibi

🙋‍♂️ Azizlar, navbatdagi viza sohibini tanishtiramiz. Buyuk Britaniyaning talabalik vizasini qo'lga kiritgan hamyurtimiz endilikda London shahrida International Year One talabasi sifatida o'qishni boshlaydilar.

📚 International Year One — bu Foundation bosqichidan keyingi o'rinda turuvchi o'quv tizimi hisoblanadi. Yurtdoshimiz 1 yillik ta'limdan so'ng dunyoning istalgan TOP universitetlariga o'qishni ko'chirishlari mumkin bo'ladi.

🚀 Siz ham mana shunday imkoniyatga ega bo'lishni istaysizmi? Javobingiz "HA" bo'lsa, biz bilan hoziroq bog'laning yoki qaytib qo'ng'iroq qilish xizmatiga ariza qoldiring. Biz tez orada siz bilan bog'lanamiz.

🔄 Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati
📞 Biz bilan aloqa: +998781478686

YouTube | Instagram | Facebook
👍1
Edu-Action - Study Abroad
Photo
#NEWS COVID-19: Ta'lim sohasiga oid dunyo yangiliklari

📌 Bizning yurtimizda virus qayta avj olayotgan bir paytda, dunyo bo'ylab ta'lim sohasida ko'plab o'zgarishlar yuz bermoqda. Eng qiziqarli va kerakli bo'lgan yangiliklarni sizlarga havola qilamiz:

🇬🇧 1-iyul kuni Buyuk Britaniyaning immigratsiya bo'yicha kotibi Kevin Foster "Graduate Route" ochilishini e'lon qildi! Yangi "Graduate Route" viza qonunlariga ko'ra, COVID imtiyozlari keyingi o'quv semestrigacha uzaytiriladi. Chet ellik talabalar, bitiruvni masofadan tugatgan taqdirda ham, mehnat huquqiga ega bo'lishadi.

🇨🇦 Kanadadagi ta'lim dargohlari pandemiyadan so'ng yuzaga kelgan ko'p sonli talabalar oqimini qabul qilish uchun moslashuvchan talabalar jadvalini va ularga joy masalalarini hal qilishni rejalashtirmoqdalar.

🇺🇸 Endi MBA STEM dasturi yordamida AQSH davlatida yanada ko'proq muddatga qolish mumkin. Mamlakat bo'ylab kadrlarga talab ortishi natijasida ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) yo'nalishlarida MBA dasturlari xalqaro talabalar orasida eng ko'p tanlanayotgan dasturlar qatoridan joy oldi.

YouTube | Instagram | Facebook
🇯🇵 Yaponiya universitetlarida bahorgi semestr uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda

🎓 Azizlar, hozirda Yaponiyaning Tokyo International University va Asia Pacific University oliygohlariga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

📌 Tokyo International University.
Quyidagi yo'nalishlarda tahsil olish imkoniyati mavjud:

— Business Economics;
— Digital Business and Innovation;
— International relations.

📚 Undan tashqari, Asia Pacific University tomonidan ingliz tilida o'qitiladigan bir qator yo'nalishlar ham mavjud. Yo'nalishlar haqida to'liq ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning.

🤩 Yuqoridagi universitetlarda tahsil olish uchun bo'lajak talabalar 30% dan 100% gacha GRANT dasturlarini ham qo'lga kiritishlari mumkin.

📞 GRANT yutish shartlari haqida to'liq ma'lumot olish uchun: +998781478686

🔄 Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati

YouTube | Instagram | Facebook
​​Nega Polshada ta'lim olishni tanlash kerak?

💁‍♂️Edu-Action jamoasi bugun Polshada ta'lim olishni tanlashingiz uchun sabab bo'la oladigan qiziqarli 3 ta faktni keltirib o'tadi:

1. Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan band insonlar ko'pligi.
Polshada har yili 271 000 dan ziyod ilm ahli ilmiy-tadqiqot loyihalari bilan mashg'ul bo'ladilar. Bu esa Polshada ta'lim sohasi jadallik bilan rivojlanishiga ta'sir o'tkazmay qolmayapti.

2. Akademik o'qituvchilar soni ortib bormoqda.
Yildan yilga universitetda dars berish istagini bildirayotgan o'qituvchilar soni ortib bormoqda. Bu borada statistika ham o'z so'zini aytmoqda, har 13ta talabaga 1ta o'qituvchi to'g'ri kelishi, albatta ajoyib natija. Bu ko'rsatkich ham ta'lim sifati darajasi ancha yuqori ekanligidan darak beradi.

3 O'qiganlaringizni amaliyotda sinash imkoniyati
Polsha davlati ko'plab yangi biznes egalari, startaplar va yirik korxonalar uchun eng qulay joylardan biri hisoblanadi. Talabalar o'qish davomida ishlash imkoniyatlari va olgan bilimlari bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishlari mumkin bo'ladi.

📚
Shuningdek, siz Polshada ta'lim olishdan tashqari, ajoyib taassurotlar va xotiralar hamda hayotiy tajribaga ham ega bo'lasiz. Shunday ekan bizga murojaat qiling, biz doim yordamga shaymiz.

🔸 Edu-Action jamoasi barchangizni qo'llab-quvvatlaydi.

🔄
Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati
📞 Biz bilan aloqa: +998781478686

YouTube | Instagram | Facebook
👍1