Edu-Action - Study Abroad
4.21K subscribers
1.03K photos
213 videos
1 file
741 links
"𝐿𝑒𝒶𝒹𝓈 𝒴𝑜𝓊 𝓉𝑜 𝒮𝓊𝒸𝒸𝑒𝓈𝓈"
Sizga chet elda o‘qish uchun yordam beradi!
Образование за рубежом!

📲 Telegram: @Eduaction02
☎️ +998712309191
📌 Chilonzor, 3-y/k Navbahor 24 (Novza 🚇)
www.instagram.com/eduactionuz
Dush-Jum 9:00-18:00
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chet elda ta'lim olish uchun 5ta bosqich

💁‍♂️Rasmda ko'rsatilgan va quyida keltirilgan 5ta bosqichni to'g'ri va aniq bajarsangiz xorijda o'qish imkoniyatingiz keskin ortishini bilasizmi?

1. Qaysi davlatda o'qishni istayotganingizni oldindan belgilab oling. Qat'iyatsizlik sababli vaqtdan yutkazish ehtimoli katta.

2. Mutaxassislikni tanlang. Kelajakda qaysi kasb egasi bo'lishni istaysiz?

3. Hujjat topshirish jarayoni. Ushbu bosqichda biror xatolikka yo'l qo'ymaslik uchun tajribali insonlarning yordamidan foydalaning.

4. Viza bosqichi. Vizaga tayyorlanish, elchixona uchun hujjat tayyorlash va boshqa jarayonlarda mutaxassis maslahati viza olishga katta yordam beradi.

5. Yuqoridagi barcha bosqichlarda muvaffaqiyat qozonishni istaysizmi? Bizga murojaat qiling. Biz siz haqingizda qayg'uramiz.

Kompaniyamizning tajribali mutaxassislari chet elda o'qishingiz uchun o'z maslahatlarini berishga doim tayyor.

🔸Edu-Action jamoasi barchangizni qo'llab-quvvatlaydi.

📞 +998781488686

YouTube | Instagram | Facebook
🌹Ayol borki olam munavvar. Jamiyki insonlarning ziyo nurlarida nurafshon etib turgan ayol va qizlarimizni kirib kelgan go'zallik va nafosat, samimiylik va bahor ayyomi bo'lgan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin dildan muborakbod etamiz. Bahoriy go'zallik sizlarni hech qachon tark etmasin.

YouTube | Instagram | Facebook
🇬🇧Hamyurtimiz Buyuk Britaniyadagi University of East London universitetida tahsil olmoqda!

🤩Yaqindagina do'stimiz Abbos Dadamakhmatov Buyuk Britaniyaga talabalik vizasini qo’lga kiritib, hozirgi kunda London shahridagi University of East London universitetida o'quv darslarini boshlab yubordilar.

🏛Bachelors in Computer Science,University of East London
💰3000 GBP Scholarship


🔸Siz ham Buyuk Britaniyada tahsil olishni istaysizmi? Jahonning nufuzli Universitetlarida tahsil olish orzusini amalga oshirish Edu-Action jamoasi bilan yanada oson!

*Jamoamiz nomidan Abbosga kelgusida yanada katta zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

🔄 Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati

YouTube | Instagram | Facebook
⚡️⚡️⚡️JANUBIY KOREYA universitetlarida 2021-yil kuz mavsumi uchun qabul jarayonlari boshlandi

🤩Kuz faslidan boshlab Janubiy Koreya universitetlarida o'qishni istaysizmi? Javob "HA" bo'lsa, bu siz uchun ajoyib imkoniyat bo'lishi mumkin.

Janubiy Koreyada nufuzli ta'lim olishni niyat qilgan nomzodlar quyidagi yo'nalishlardan birida Bakalavr va Magistratura bosqichida tahsil olishlari mumkin👇

Business Administration
— Global Management
— Hospitality Management
— BA in Culinary and Arts
— BA in Digital Media & Communication
— BS in Artificial Intelligence, Cognitive Science, Data Science

— ME in Artificial Intelligence
— MBA program
— MS in Marketing Analytics
— MA in Management & Technology
— MS in International Business
— MS in Hospitality Management

⚠️Kirish uchun qo'yiladigan talablardan biri IELTS 5.5 va undan yuqori.

💁‍♂️Agar Janubiy Koreyada o'qish va qabul jarayonlari haqida to'liq ma'lumot olishni istasangiz bizga murojaat qiling.

🔄 Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati
⚡️Eldor Abdunabiev — Polshaning talabalik vizasi sohibi

🇵🇱Aziz do'stlar, Polshaning University of Warsaw talabasiga aylangan Eldor Abdunabiev talabalik vizasini ham qo’lga kiritdilar.

📚Endi, hamyurtimiz tez orada Polsha davlatining birinchi raqamli TOP universitetida o'quv jarayonlarini boshlaydi.

🎓Xorijda tahsil olishni xohlaysizmi? Edu-Action — sizga chet elda o‘qish uchun yordam beradi. Biz bilan hoziroq bog'lanib bepul konsultatsiyani qo'lga kiriting.

🔸Edu-Action jamoasi barchangizni qo’llab-quvvatlaydi.

📞 Murojaat uchun: +998781478686
🔄 Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati

YouTube | Instagram | Facebook
⚡️Yana bir hamyurtimiz Germaniya vizasini qo’lga kiritdilar

🎓Mukhammadjon Rakhimov
— Germaniya vizasi bilan bir qatorda University of Munich oliygohining til kursiga qabul qilindi.

😎Endilikda yurtdoshimiz nemis tilini O'zbekistonda emas, balki Germaniyada o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

☝️Siz ham til kursini chet elda o'qishingiz mumkin. Aynan til kurslari ko'plab universitetlarga GRANT asosida o'qishga kirish imkoniyatini taqdim etadi.

O'zingizni qiziqtirgan til kurslari haqida to'liq ma'lumot olish uchun izohlarda «+» belgisini yozib qoldiring.

😉Bepul konsultatsiya olish uchun ro'yxatdan o'tishni unutmang.

🔸Edu-Action jamoasi barchangizni qo'llab-quvvatlaydi.

🔄 Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati

YouTube | Instagram | Facebook
​​#EDU_DICTIONARY GPA nima? U qanday hisoblanadi?

Grade Point Average
— bu sizning maktabda, kollej/litseyda yoki universitetda olgan akademik baholaringiz yig'indisini o'rtacha hisobi. Akademik bilimlar xalqaro GPA shkalasi bo'yicha maksimal 4,0 gacha baholash mezonida hisoblanadi.

Keling, O'zbekistondagi olgan baholaringizni xalqaro GPA shkalasida hisoblaymiz👇

— 11 yillik maktab misolida olsak, dastavval 11 yillik attestatingizdagi baholaringizni 4 baholik shkalaga moslashtiramiz (ya'ni, 5 bahoni 4 ga, 4 bahoni 3 ga, 3 bahoni 2 ga), keyin barcha fanlardan olgan baholaringiz yig'indisini fanlar soniga bo'lasiz. Masalan, 23 ta fan o'qitilgan bo'lsa, (4+3+4+4....+3):23= tartibida hisoblaysiz.

— Bakalavr ham xuddi shunday. 4 yil davomida o'qitilgan barcha fanlardan yakuniy baholaringiz yig'indisini shu tartibda fanlar soniga bo'lasiz. Masalan, 32 ta fan o'tilgan bo'lsa,
(3+4+3+4....+4):32= tartibida hisoblaysiz va sizda xalqaro GPA shkalasida balingiz kelib chiqadi.

Hisoblashni o'rgandik, endi chet elda nufuzli ta'lim olish uchun o'rtacha GPA necha bo'lishi kerakligini aytib o'tsak👇

💯Siz tanlagan universitetga qarab talab etiladigan GPA ham o'zgarib boradi. Lekin, nufuzli universitetlarning aksariyati 3.0 yoki undan baland GPA talab qilishadi. Ba'zida, GPA 2.25 bilan ham chet elda o'qish mumkin. Lekin, GPA 3.0 yoki undan baland bo'lsa, GRANT yutish ehtimoli yuqori bo'ladi.

😊O'zingizning GPA ballingizni hisoblab ko'rib izohlarda yozib qoldiring. Biz, Edu-Action jamoasi esa sizga chet elda qaysi davlat universitetlari mos kelishini yozib qoldiramiz.

YouTube | Instagram | Facebook
​​Chet elda o'qishga oid eng yaxshi va foydali manbalar

💁‍♂️Xorijda tahsil olishni istaganlar universitet haqida va kirish shartlari to'g'risida ma'lumot olish uchun avvalo "Google"ga murojaat qilishi aniq.

Shu sababli, vaqtingizni tejash maqsadida foydali bo'lishi mumkin bo'lgan chet elda o'qishga oid bepul manbalar ro'yxatini taqdim etamiz👇

🔸 EDU-ACTION JAMOASI – chet elda o'qish istagida bo'lgan shaxslarning istalgan savollariga bepul javob beruvchi yirik manba;

🔸
GOABROAD.COM — universitet hayoti, kirish shartlari va turli foydali ma'lumotlar manbasi;

🔸
INTERNATIONALSTUDENT.COM — foydali maslahatlar, mutaxassislar fikri va universitet hayoti yoritilgan sayt;

🔸
STUDYPORTALS.COM — chet elda o'qishga oid yirik bloglardan biri. Foydali maslahatlar va ma'lumotlar beruvchi manba;

🔸
GOOVERSEAS.COM — grantlar, chegirmalar va universitetlardagi yo'nalishlar haqida ma'lumotga ega yirik bazalardan biri.

🚀Chet elda o'qish istagini bildirgan va EDU-ACTION kompaniyasiga qo'ng'iroq qilgan yurtdoshlarimizga bepul konsultatsiya xizmati taqdim etilmoqda. Xorijda tahsil olishga oid istalgan savollaringizga biz bilan javob topishingiz mumkin.

📞 Murojaat uchun: +998781478686
🔄 Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati

YouTube | Instagram | Facebook
Aziz vatandoshlar! 

🌸Ona diyorimizga barchamiz kutgan, go'zal va dilbar fasl – Navro'zi olam kirib keldi.

🤩Ana shu ulug' ayyom – sharqona yangi yil bilan katta-yu kichik barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. 

😊Mana shu qutlug' kunda Edu-Action jamoasi siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilab qoladi.

NAVRO'Zingiz muborak bo'lsin.

YouTube | Instagram | Facebook
⚡️Kakhkharov Bakhodir - Avstriya davlatining talabalik vizasi sohibi

🇦🇹Yaqinda Avstriyaning Graz Technical University talabasiga aylangan Kakhkharov Bakhodir talabalik vizasini ham qo’lga kiritdilar.

📚Hamyurtimiz magistratura bosqichining Pharmaceutical Engineering yo’nalishida birinchi o'quv yilini boshladilar.

ℹ️Graz Technical University QS ranking'da 275-o'rinni egallab turgan va hozirda 13,000 dan ortiq talabalar tahsil olayotgan nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi.

🎓Agar siz ham shu inson kabi chet elda o'qish istagida bo'lsangiz hoziroq bizga qo'ng'iroq qilib, bepul konsultatsiyani qo'lga kiriting.

🔸Edu-Action jamoasi barchangizni qo’llab quvvatlaydi.

📞 Murojaat uchun: +998781478686
🔄 Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati

YouTube | Instagram | Facebook
​​#EatDrinkTravel – Buyuk Britaniya talabalari qaysi taom va ichimlikni xush ko’rishadi?

🇬🇧Buyuk Britaniya Yevropa mintaqasida eng ko’p qadimiy shaharlarga, an’ana va qadriyatlarga, hatto qadimiy taom va ichimliklariga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Masalan, taom yoki ichimlik borasida London shahri doim Edu-Action talabalari e’tibor markazida bo’lib kelgan.

🍟Fish & Chips. Aslida ushbu taom deyarli barcha mamlakatlarda ommalashgan. Lekin, aynan Buyuk Britaniyada uning ta’mi o’zgacha. Tayyorlash esa hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. Eng qiziqarlisi esa, ushbu taom talabalar orasida eng sevimlisi hisoblanar ekan.

🍹Squash. Taom bilan ichimlik ham ta’tib ko’rish kerak va uni rasmga olib instagramga joylash ham kerak, to’g’rimi?😁 Oxirgi paytlarda Squash deb nomlangan ichimlik ancha ommalashgan. Uni turli mevalar bilan tayyorlash mumkin. Masalan, limon va ananas mevalaridan tayyorlangan ichimlik eng ko'p sotiladigan Squash ekan.

🏰Endi esa, taom va ichimlikni xarid qilib qayerda tatib ko’rish mumkinligini o’ylab ko’ring. Masalan, o’sha mashxur Harry Potter filmi suratga olingan muzeyga nima deysiz?🤩 Griffindor, Slizerin va Kogtevran stoli atrofida o’tirib tanovvul qilishingiz mumkin. Keyin, Dambldorning aylanma liftidan foydalanib ko’rish ham kerak.

Qaytishda esa, estalik uchun suvenir tariqasida sehrli tayoqchadan sotib olib, Instagram sahifangizga joylasangiz ish bajarildi, deb hisoblayvering🤪

Siz ham Londonda tahsil olib, bir vaqtning o'zida sayohat qilib, mazali taomlarini ta'tib ko'rishni istaysizmi? Buyuk Britaniyaga talaba sifatida borsangiz, birinchi navbatda nima qilgan bo'lardingiz? «Buyuk Britaniyaga borganimda men..." izohlarda davom ettiring👇

YouTube | Instagram | Facebook
⚡️Yana bir hamyurtimiz Janubiy Koreyaning talabalik vizasini qo'lga kiritdilar

🇰🇷Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlaridan biri Woosong University yana bir iqtidorli o'zbek farzandini o'z safiga qo'shib olganini ma'lum qilamiz.

👩‍🎓Azizakhon Shukurova — Woosong University'ning «BSc: Hospitality Management» yo'nalishiga qabul qilinib, IELTS 5.5 bilan 30% grantni qo'lga kiritdilar.

😊Fursatdan foydalanib, talabamizga omad va zafarlar tilagan holda, kelgusida yanada yuksak marralarni tilab qolamiz.

🔸Edu-Action kompaniyasi har doim umidli yoshlarga imkoniyatlar yaratishda davom etadi. Edu-Action jamoasi barchangizni qo'llab-quvvatlaydi.

📞 Murojaat uchun: +998781478686
🔄 Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati

YouTube | Instagram | Facebook
​​📌Nima uchun hamyurtlarimiz xorijiy universitetlarga qabul qilinishi yoki talabalik vizasini qo’lga kiritishi ba’zida qiyin kechadi? Savolga javob berishdan avval yaqinda bo'lgan ikki voqea haqida bilishingiz kerak, deb hisobladik.

Janubiy Koreyada tahsil olayotgan hamyurtimiz voqeasi. Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir xabar e’tiborimizni tortdi. Unda aytilishicha, Janubiy Koreya davlatida tahsil olayotgan O’zbekistonlik bir talaba onlayn o’tkazilayotgan dars jarayonlarining birida o’qituvchiga o'zbekcha haqoratli so'zlar bilan murojaat qilgan. Uni ko’rgan o’qituvchi darhol gapni tarjima qilgach, shu zahotiyoq talaba ustidan “Menga jinsiy tajovuz qildi” asnosida shikoyat qilgan. Hamyurtimizga eng yengil jazo Universitetdan haydalish, eng og’iri esa 5 yillik qamoq jazosi edi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'rsa, huquqshunoslarning yordami bilan yengil jazo qo'llanilgan, ya'ni, hamyurtimiz o'qishdan haydalgan va $4,000 jarima to'lab mamlakatdan deport qilingan.

Halollik va rostgo’ylik muvaffaqiyatga yetaklaydi. Yana bir hamyurtimiz chet el universitetida o’qish uchun grant yutib, visa olish jarayonida hujjatlarni soxtalashtirgani aniqlangach, barcha sa'y-harakatlar havoga uchgan. “Bank statement” hujjatini soxtalashtirgan hamyurtimiz uchun o’sha davlatda o’qish eshiklari ma’lum bir muddatga yopildi.

💁‍♂️Endi yuqoridagi savolga javob beramiz. Ushbu ikki voqea xorijiy universitetlar qabul komissiyasining va elchixona konsullarining o’zbek xalqiga bo’lgan ishonchi pasayishiga sabab bo’ladi. Natijada, siz-u biz chet el universitetlariga kirishimiz va o’sha davlatga visa olishimiz qiyin kechadi.

☝️Shunday ekan, ogoh bo’ling. Mana shunday vaziyatlarga duch kelmaslik uchun nomingizga dog’ tushirmang. Ushbu post foydali bo’lgan bo’lsa, fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

YouTube | Instagram | Facebook
​​⚡️⚡️⚡️100% GRANT sohibiga aylangan hamyurtimiz Janubiy Koreyaning talabalik vizasini ham qo'lga kiritdilar

🚀Janubiy
Koreyaning KAIST Universitetida o'qish uchun 100% GRANT asosida talabalar safiga qabul qilingan Sanjar Atamuradov talabalik vizasini ham qo'lga kiritdilar. QS ranking 2021 ma'lumotlariga ko'ra KAIST 39-o'rinda bo'lib turibdi.

😎Sanjar nafaqat to'rt yillik bepul ta'lim bilan, balki bepul yotoqxona, qo'shimcha xarajatlar uchun har oy 300$ stipendiya va tibbiy sug'urta bilan ham ta'minlanadi.

Hamyurtimiz dunyoning TOP Universitetlaridan biriga 100% GRANT bilan qabul qilinishida SAT va IELTS test natijalari katta ahamiyatga ega bo'ldi👇

SAT Math: 800 (Max)
SAT Physics: 800 (Max)
IELTS: Overall 7.0

🤩Navbatdagi omadli talaba aynan siz bo'lishingiz, siz ham chet elda o'qib, kelajakda dunyoning yetuk mutaxassislaridan biri bo'lishingiz mumkin!

🗣O'z imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang. Bizga qo'ng'iroq qilib, BEPUL konsultatsiyaga ega bo'ling.

🔸Edu-Action jamoasi barchangizni qo'llab-quvvatlaydi.

📞 Murojaat uchun: +998781478686
🔄 Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati

YouTube | Instagram | Facebook
👍1
🙋‍♂️Aziz obunachilar! Kelib tushayotgan takliflarni inobatga olgan holda, Edu-Action jamoasi kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarini o'zbek tili bilan bir qatorda, RUS tilida ham yuritishni rejalashtirmoqda. Bu borada sizning fikringiz qanday?
Anonymous Poll
23%
Bir joyda bo'lgani ma'qul
46%
Alohida bo'lgani ma'qul
31%
Menga farqi yo'q. Ma'lumot olsam bo'ldi
​​🔥Ko’p beriladigan savollarga javob beramiz

— To’liq GRANT yutish uchun qanday talablar bor?
Har bir universitetlarning grant uchun o’z talablari mavjud. Aksariyat universitetlar esa IELTS va SAT imtihonlaridan yuqori ball talab qilishadi.

— «Community service» nima? Universitetga kirishda uning qanday ahamiyati bor? Chet el universitetlariga hujjat topshirishda «Community service» atamasiga ko’p duch kelishimiz mumkin. «Community service» – bu shu kunga qadar nomzod qanchalik ijtimoiy faol (xayriya va volontyorlik ishlarida) bo’lganligini isbotlab beruvchi dalolatnoma hisoblanadi. O’z navbatida, «community service» grant yoki kontrakt uchun chegirmalarda katta ahamiyatga ega xususiyat hisoblanadi.

— «Travel History» nima? Viza olishda bu qanchalik ahamiyatga ega? Odatda, Kanada va Avstraliya davlatlariga viza olish uchun «Travel History» so’raladi. Agar nomzod so’nggi 5 yil ichida Yevropa davlatlariga borgan bo’lsa Kanada va Avstraliya vizasini olish oson kechadi.

Buyuk Britaniyaga turmush o’rtog’im va farzandlarim bilan ketsam bo’ladimi? Albatta. Bunday holatda UK Dependent vizasi bilan hech bir muammosiz Buyuk Britaniyaga oila a’zolaringiz bilan ketish imkoniyati beriladi.

Agar postni foydali deb bilsangiz izohlarda biror belgini yozib qoldiring. Bordiyu agar savollaringiz bo’lsa bizga murojaat qilavering. Call-markazimiz barcha savollaringizga BEPUL javob berishga tayyor🤝

📞 Murojaat uchun: +998781478686
🔄 Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati

YouTube | Instagram | Facebook
Yana bir omadli talabamizni qarshi oling — Khasanov Diyorbek

🤩Yaqinda Malayziyaning MAHSA universitetiga qabul qilingan va talabalik vizasini qo'lga kiritgan Khasanov Diyorbek Edu-Action kompaniyasining omadli talabalari safidan joy oldi.

🎓Endi hamyurtimiz Malayziyada tibbiyot yo'nalishida (stomatologiya) o'qishni boshlaydilar.

🚀Bunday imkoniyat sizda ham mavjud. Faqat harakat va intilish bo'lsa maqsadga erishish mumkin. Siz ham Edu-Action kompaniyasining omadli talabalari safidan joy oling.

📌Agar chet elda o'qish istagida bo'lsangiz bizga murojaat qiling. Call-markazimiz sizning barcha savollaringizga BEPUL javob berishga tayyor.

🔸Edu-Action jamoasi barchangizni qo'llab-quvvatlaydi.

📞 Murojaat uchun: +998781478686
🔄 Qaytib qo'ng'iroq qilish xizmati

YouTube | Instagram | Facebook
⚡️Bizda yangi rubrika: «EVENING TALKS»

💁‍♂️Chet elda o’qish bo’yicha ko’proq ma’lumotga ega bo’lishni va barcha savollaringizga jonli efirda javob topishni istaysizmi? Javob “HA” bo’lsa, bizning yangi rubrikamiz «EVENING TALKS» aynan siz uchun.

🔜«EVENING TALKS» loyihasining ilk sonida Edu-Action jamoasining yetakchi mutaxassislaridan biri DONIYOR Abdugafforov ishtirok etadilar. Kechaning asosiy mavzusi AQSH vizasini olish yo’llari va bonus tariqasida Green Card haqidagi so'nggi yangiliklardan boxabar bo'lasiz.

🚀8-aprel kuni bo’lib o’tadigan vebinarda mutaxassisdan o'z savollaringizga javob topishni istasangiz savollaringizni quyidagi link orqali yozib qoldiring. Biz albatta javob beramiz.

👉Ro'yxatdan o'tish uchun: https://bit.ly/2R1To8s

YouTube | Instagram | Facebook
​​⚡️OFLAYN SEMINAR: Shvetsariyada nufuzli ta'lim

🇨🇭Dunyoning eng go'zal tabiatlaridan biriga ega davlat sifatida e'tirof etiladigan Shveytsariyada o'qishni xohlovchilar uchun ajoyib imkoniyat taqdim etamiz.

🚀Swiss Education Group va Edu-Action yetakchi mutaxassislari ishtirokida bo'lib o'tadigan seminarda barcha ishtirok etish huquqiga ega.

💁‍♂️Uchrashuv mehmonlari Mr. Camille Hosseini va Mr. Dastan Seitkazin tomonidan Shveytsariyada nufuzli ta'lim va ta'lim grantlari haqida to'liq ma'lumot beriladi.

📌Ma'lumot uchun:

Mr. Camille Hosseini - Director of Marketing & Development Europe, Swiss Education Group.

Mr. Dastan Seitkazin - Representative in Central Asia & Turkey, Swiss Education Group.

Seminarga 1 kun qolganda sizga eslatma jo'natishimiz uchun ro'yxatdan o'tishingizni so'raymiz👇

👉Ro'yxatdan o'tish uchun: havola

📆Seminar sanasi: 11-Aprel
🕚Seminar vaqti: 11:00
📍Seminar manzili: Result binosi (Maksim Gorkiy)

YouTube | Instagram | Facebook