Edu-Action - Study Abroad
4.21K subscribers
1.03K photos
213 videos
1 file
741 links
"𝐿𝑒𝒶𝒹𝓈 𝒴𝑜𝓊 𝓉𝑜 𝒮𝓊𝒸𝒸𝑒𝓈𝓈"
Sizga chet elda o‘qish uchun yordam beradi!
Образование за рубежом!

📲 Telegram: @Eduaction02
☎️ +998712309191
📌 Chilonzor, 3-y/k Navbahor 24 (Novza 🚇)
www.instagram.com/eduactionuz
Dush-Jum 9:00-18:00
Download Telegram
Talabalar haqidagi eng yaxshi filmlar

Ko'pchiligimiz xorijiy universitetlarning qiziqarli hayotini birinchi marotaba kino orqali his qilganmiz.

🎓 Ushbu maqolamizda biz xorijiy universitetlar talabalari hayotini mukammal aks ettiruvchi filmlarni siz bilan baham ko'rmoqchimiz.

🎞 Mona Lisa Smile⁣

– Hikoya klassik ayollar kollejida patriarxal hayot tarzini o'zgartirishga harakat qilayotgan va o'quvchilarga yangi dunyoni ko'rsatmoqchi bo'lgan o'qituvchi haqida. Voqealar 50-yillarda Angliyada bo'lib o'tadi va qahramon roli Julia Roberts tomonidan ijro etiladi.

🎞 The Social Network⁣

– Ushbu film Facebook tarixi haqida biografik drama hisoblanadi. 2004-yilda Mark Tsukerberg Garvardda talaba bo‘lganida ijtimoiy tarmoq yaratadi, uning bu loyihasi uni Qo‘shma Shtatlardagi eng yosh multimillionerga aylantiradi. Film dunyodagi eng yaxshi tadqiqot universitetlaridan birining talaba hayotini ko'rsatadi.

🎞 Fame⁣

– Film Nyu-York Badiiy Akademiyasi talabalari hayoti haqida hikoya qiladi. Filmda siz bo'lajak rejissyorlar, aktyorlar, raqqosalar va rassomlarning shon-shuhrat sari tashlayotgan ilk qadamlari bilan tanishasiz.

🎞 Good Will Hunting⁣

– Bu ajoyib matematik qobiliyatga ega bo'lgan yigit haqidagi filmdir. U MITda oddiy farrosh bo‘lib ishlaydi, hatto yuqori sinf o‘quvchilarining qo‘lidan kelmaydigan muammolarni hal qiladi. Film kuchli terapevtik ta'sirga ega va mashaqqatli o'qish va mehnatga ilhomlantiradi.

🎞 The Great debaters⁣

– Film musobaqalar, g'alabalar va jamoaviy sport turlari haqidagi filmlarning barcha muxlislarini o'ziga jalb etadi. G‘ayratli o‘qituvchi faqat qora tanli talabalar o‘qiydigan viloyat kollejida o‘quvchilarni Garvardning “professional munozarachilari” bilan bahslashishga tayyorlaydi. Film haqiqiy voqealarga asoslangan bo‘lib, muhim ijtimoiy mavzularni ko‘taradi.

Xorijning nufuzli universitetlarida o'qishni istasangiz, hoziroq "Edu-Action"ga murojaat qiling

🔸 Edu-Action jamoasi barchangizni qo'llab-quvvatlaydi.

📞 Murojaat uchun: +998781478686

YouTube | Instagram | Facebook
👍18💩32👏2🥰1
Turkiyaning TOP 7 ta universitetlari

— Ilm-fan, texnologiya va ijtimoiy tuzilmalarning jadal rivojlanishi bilan dunyo bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan malakali mutaxassislarga muhtoj bo'lib bormoqda. Bunday mutaxassislarni esa faqatgina yuqori ta'lim sifatiga ega nufuzli ta'lim muassasalari yetishtirib chiqaradi.

🎓 Ushbu maqolamizda biz Turkiyaning eng yetakchi 7 ta oliygohlari bilan tanishib chiqamiz:

1. Çankaya University

– Bu Turkiyadagi xususiy notijorat oliy ta'lim muassasasidir. Universitetning Anqara ichida qulay joylashuvi tufayli talabalar shahar va qishloq hayotining barcha afzalliklaridan foydalanishlari mumkin. Chankaya universiteti doimiy ravishda ... batafsil

YouTube | Instagram | Facebook
👍3🔥1
Nima uchun aynan Turkiya

🇹🇷|🎓 Turkiya ta'lim muassasalari chet ellik talabalar orasida tobora mashhurlikka erishib borayotgan o'quv yurtlari qatoriga kiradi.

🤔 "Nima uchun?" deysizmi? Chunki Turkiya talabalarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

✔️ Sifatli va hamyonbop oliy ta'lim;
✔️ Markazda joylashgan nufuzli universitetlar va xilma-xil ta'lim dasturlari;
✔️ Keng qamrovli yo'nalishlar;
✔️ Ingliz va turk tili kurslari;
✔️ Grantlar xilma-xilligi;
✔️ Chiroyli tabiat.

💭 Quyidagi universitetlardan qaysi birida o'qigan bo'lar edingiz? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!

Istanbul Arel University
Istanbul Sabahattin Zaim University
Haliç University
Istanbul Aydin University
Gelişim University
Beykoz University

Dunyo kezib, ta'lim olishni istasangiz - Edu-Action jamoasiga murojaat qiling

📞 Murojaat uchun: +998781478686

YouTube | Instagram | Facebook
👍9👏1
Buyuk Britaniyaga - #VISA_GRANTED

🛩|🇬🇧 Ingliz tilining ona-vatani hisoblangan Buyuk Britaniyaga
yana bir iqtidorli talabamiz til kursi uchun jo'nab ketmoqda.

👨🏻‍🎓 Muhammadamin Shomurodov - "IELTS Preparation" til kursini o'tash uchun Oxford shahriga jo'nab ketmoqda.

👏 Hurmatli Muhammadamin Shomurodov, Edu-Action jamoasi sizni chin yurakdan muborakbod etadi va kelgusida dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olishingizga tilakdosh bo'lib qoladi.

Xorijning nufuzli universitetlarida ta'lim olishni istaysizmiU holda hoziroq Edu-Action jamoasiga murojaat qiling

🔸 Edu-Action - oxirigacha siz bilan!

📞 Murojaat uchun: +998781478686

YouTube | Instagram | Facebook
👍8🎉4
Poland, Warsaw - #VISA_GRANTED

🛩|🇵🇱 Yana bir iqtidorli talabamiz Polshaning nufuzli oliygohiga o'z vizasini qo'lga kiritdi.

👨🏻‍🎓 Azimjon Akbarov - Polshaning yuqori reytinglarida turuvchi "University of Warsaw" oliygohining "Economy" yo'nalishiga bakalavr bosqichiga o'qishga qabul qilindi.

👏 Talaba do'stimiz Azimjon Akbarovni chin yurakdan muborakbod etamiz va o'qishlariga rivoj tilaymiz.

Agarda siz ham xorijiy universitetlarda ta'lim olishni istasangiz, hoziroq Edu-Action jamoasiga murojaat qiling

🔸 Edu-Action - oxirigacha siz bilan!

📞 Murojaat uchun: +998781478686

YouTube | Instagram | Facebook
👍6👏2
💝 Aziz ayollar va maftunkor opa singillarimiz, sizlarni "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami bilan butun jamoamiz nomidan muborakbod etamiz!

🤩 Sizga quvonchli lahzalar, go'zal so‘zlar, sevgi va samimiyat bilan to'ldirilgan ajoyib kunlarni tilaymiz.

😇 Sizning barcha istaklaringiz ro'yobga chiqib, yaqinlaringiz sizni iliqlik va muloyimlik, g'amxo'rlik va cheksiz e'tibor bilan o'rab olishsin. Baxt sizga, doim hamroh bo‘lsin!

🥳 Yana bir bor - "Bayramingiz bilan"

YouTube | Instagram | Facebook
7👍6👏3
Kutib oling! "Edu-Action"da navbatdagi #VISA_GRANTED

Mana yana bir talabamiz o'zi orzu qilgan universitetning talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi.

👩🏻‍🎓 Ezozaxon Rahmatullayeva - AQSH ning nufuzli universitetlaridan birida "Marketing and management" yo'nalishida bakalavr bosqichini o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

👏 Talaba qizimiz Ezozaxon Rahmatullayevaga barcha samimiy tilaklarimizni izhor etamiz va kelgusidagi ilmiy-ijodiy ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Agarda siz ham ushbu talabamiz kabi chet el o'quv yurtlariga o'qishga kirishni istasangiz, tezroq bizga murojaat qiling

🔸 Edu-Action - oxirigacha siz bilan!

📞 Murojaat uchun: +998781478686

YouTube | Instagram | Facebook
👍11🔥4