"BILLI" bolalar akademiyasi🏢
392 subscribers
4.09K photos
2.49K videos
72 files
524 links
"BILLI" bolalar akademiyasining rasmiy telegram kanali.

- Maktab
- Bogʻcha
- Oʻquv markaz

Murojaat uchun:
☎️ +998939109988
@billiuz
Download Telegram
📖 Farzandlaringiz hali sizning hayot hikoyangizni bilmasdan turib nima uchun kitoblardagi soxta qahramonlar hikoyasini, it-mushuklar, quyon-bo‘rilar hikoyasini o‘qib vaqtini behuda o‘tkazasiz?

🤗 Bolalik xotiralaringizni ular bilan bo‘lishing. Xotiralaringizni baham ko‘ring. Sizni jon quloqlari bilan tinglayotganini ko‘rasiz...

Aql o‘rgatuvchi kayfiyatda «Men sening yoshingdaligimda» deya boshlanuvchi toliqtiruvchi so‘zlar bilan emas, hayot hikoyangizni faqat samimiyat bilan so‘zlab bering. Iztiroblaringizni, qo‘rquvlaringizni, xato-kamchiliklaringizu xayollaringizni aytib bering ularga. Kim bilsin, balki kipriklaringiz namlanar.

Bularni aytib beradigan yana qanday yaqinlaringiz bo‘lishi mumkin? Bulardan boshqa kim tinglaydi sizni?

😕 Hayot qisqa. Ko‘p bolalar ota-onasini yaxshi tanimay, aksar ota-onalar esa bir-birini to‘la bilmasdan bu dunyodan o‘tib ketmoqda... Umr xuddi «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan» deya boshlanuvchi ertakdek oqib ketyapti.

Adem Guneshning “Yosh bola demang ularni...” kitobidan

Gʻiyosiddin Yusuf sahifasidan olindi

Telegram | Instagram | Facebook
Oʻgʻil bolani ma’suliyatli boʻlishga oʻrgating!

Oʻgʻil bolaning yoshi qancha katta boʻlsa, u bir oilaning boshi, vakili boʻlishga shuncha yaqin boʻladi va shunga yarasha unga ba’zi-bir ma’suliyatlar yuklanadi. Bolaga ma’suliyatlilikni oʻrgatish, bu boʻyicha tarbiya berish har bir ota va onaning muhim vazifasi.

Shuningdek, bolaga oʻz ma’suliyat vazifalari haqida ma’lumot berish, eslatib turish va tushuntirish boladagi ba’zi yomon va nopok odatlarni boladan yoʻq boʻlishiga sababchi ham boʻladi, albatta!

Bu bilan biz bolaga tezroq bir muhim vazifani topshiring, unga koʻproq ish buyuring demoqchi emasmiz. Ammo har bir vazifani vaqtida berishni ham unutmang demoqchimiz.

P. S: Bolaning har qanday turdagi tarbiyasidan xabardor boʻling!

Telegram | Instagram | Facebook
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"BILLI" bolalar akademiyasi oʻquvchilari Badiiy gimnastika boʻyicha 2006-2019-yillar oraligʻida tugʻilgan qizlar oʻrtasida "Birilliant" noml,i Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani 1-son maktabi ochiq birinchiligi Hokim kubogi respublika musobaqasida 3 ta oltin va 3 ta kumush medallarini qoʻlga kiritdilar😊

Telegram | Instagram | Facebook
4
Holbuki, onalik maqomi boshidanoq omonatchilik kursisidir. Ya'ni, sohiblikdan chiqib, shohidlikka kela olish yoʻlidir, chunki ishning asli shuki, “farzandlarimiz bizniki” emas, dunyoga kelishiga vosita boʻlishimiz ularning bizning molimiz  ekanligini anglatmaydi. Mana shu nuqtai nazar farzandlarimizga boʻlgan munosabatlarimizni tubdan oʻzgartiradi.

Xadicha Kubro Tongar "Baqirmaydigan onalar” kitobidan

Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Oson_ingliz_tili
#teacher_Islombek

Ingliz tilini oʻrganish qiyin deb oʻylasizmi? Bekorlarni aytibsiz bizning BILLI bolalar akademiyasi Ustozi teacher Islombek bilan bu jarayon shunchaki zavqli. 😀🔥

Murojaat uchun
☎️+998939109988

TelegramInstagramFacebook
👍2👏2🤯2
#chin_xazil

XXI asr vabosi oʻz taʼsirini hayvonlarga ham oʻtkazmoqda 🤦‍♂😅

Kulishni ham, yigʻlashni ham bilmaysan 🤷🏻‍♂

Sizning farzandingizda bunday muammo boʻlishini hoxlamasangiz BILLI bolalar akademiyasiga oʻqishga berishni tavsiya qilamiz.

Telegram | Instagram | Facebook
🧠 Bolalarda xalq tabobati orqali xotirani tiklash

🪴 Yosh bolalar xotirasini tiklash uchun dori preparatlaridan foydalangandan ko'ra, xalq tabobatiga murojaat qilgan yaxshiroq.

🍌 Eng oddiy va mazali boʻlgan, xotirani kuchaytirishga yordam beradigan mahsulot banandir. Shunchaki bolaga och qoringa 1 dona va uyqudan oldin 1 dona banan berish kerak. Banan tarkibiga kiruvchi moddalar miyada qon aylanishi va nerv tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari banan iste'mol qilish stress holatidan olib chiqishga ham yordam beradi, stress esa bolalarda xotira susayishining bir sababidir.

🍯 Asal va yalpiz xotirani mustahkamlash xususiyatiga ham ega. Ulardan dorivor ichimlik tayyorlash uchun 1 choy qoshiq yalpiz (quritilgani) olib 2 stakan qaynagan suvga soling, eritmani 30 daqiqa og'zi yopiq idishda saqlab, so'ng unga 2 choy qoshiq asal aralashtiring. Bunday ichimlikni bolaga kun davomida berib turing, uni qabul qilishning chegarasi yo'q, istagiga qarab ichilaveradi. Asal va yalpiz nafaqat xotirani tiklaydi, balki immunitetni ham oshiradi.

🥗 Xotirani tiklash uchun salat. Qirg'ichdan chiqarilgan sabziga mayiz va yong'oq aralashtiring. Unga yogurt qo'shib bolaga bering. Bundan tashqari salatga asal ham qo'shsa bo'ladi, bolakaylar bunday salatni maza qilib yeyishadi. Uning tarkibidagi moddalar nerv tizimi zo'riqishlari, stressdan xalos etib xotira tiklanishiga yordam beradi.

© Maftuna Hamidullayevna

TelegramInstagramFacebook
"BILLI" bolalar akademiyasi oʻquvchilari yuqori marralarni zabt etishda davom etadi. 🔥

Oʻquvchilarimiz oʻzlariga bildirilgan ishonchni oqladi va ustozlari tomonidan berilgan taʼlim hamda yaratib berilayotgan sharoitlar tasdigʻi sifatida xususiy maktablar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat sport turi boʻyicha musobaqada faxrli birinchi oʻrinni egallashdi. 🚀🤩

BILLI - Yorqin kelajak sari cheksiz imkoniyatlar 🔥

Murojaat uchun
☎️+998939109988
🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"BILLI" bolalar akademiyamizda birinchi sinf oʻquvchilarimizni umrlari davomida bir marotaba va unutilmas boʻladigan Alifbe bayrami boʻlib o’tdi. 🤩

Oʻquvchilarimiz oʻzlari tayyorlab kelgan ajoyib chiqishlarini Ota-onalariga havola etib xursandchilik ulashishdi. 😊

BILLI - Yorqin kelajak sari cheksiz imkoniyatlar 🔥

Murojaat uchun
☎️+998939109988

TelegramInstagramFacebook
📚 Bolani qanday qilib kitob oʻqishga qiziqtirish mumkin?

Farzand bu Alloh tomonidan berilgan bir nematdir. Uni tarbiyalash, ilmga qiziqtirish esa ota-onalarning asosiy vazifalaridan biridir. Shu sababli bugun bolani kitob oʻqishga qiziqtirish haqida soʻz yuritamiz.
Bola baribir tushunmaydi demang. Chunki boshida ular koʻrib oʻrganishadi va kun kelib natijasini oʻzingiz koʻrasiz. Xatto bazi onalar xomiladorlik vaqtida koʻp kitob oʻqigani, audio kitoblar eshitgani sababli, tugʻulgan farzandi ham kitobga mehr bilan ulgʻayganini takidlashadi.

Farzandingizni kitob mutolaasiga oʻrgatish uchun tavsiyalar:

1. Bola oʻqishni oʻrganguniga qadar doimo bolani quchogʻingizga olib, kitobni birga oʻqishga xarakat qiling.

2. Asta-sekin bola kitobga qiziqib, oʻqishni bilmasa ham kitoblarni varoqlashni, suratlarini tomosha qilishni boshlaydi.

3. Kitoblarni doʻkondan birgalikda borib xarid qiling. Bu usul bolada kitobga qiziqish va muxabbatni oʻygʻotishiga yanada katta yordam beradi.

TelegramInstagramFacebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xiylakor_Matematika

"BILLI" bolalar akademiyasidan yana bir qaynoq yangilik. 🔥

Endilikda akademiyamizning Mental arifmetika fani oʻqituvchisi Kimsanboyeva Barnoxonning ajoyib tavsiyalarini doimiy ravishda joylab boramiz. 🤩

Bizni kuzatishda davom eting bundanda zoʻr yangiliklar hali oldinda👀😁

BILLI - Yorqin kelajak sari cheksiz imkoniyatlar 🚀

TelegramInstagramFacebook
🔥2
Telegramdan ajoyib maqolalar kelyapti-da. Ammo muallifi yozilmagan. Savobiyu layklarning hammasini yozgan odamga bagʻishladim.

Farzandingiz maktabga ketayotganida uning qoʻliga ikki shirinlik berib: ”Bittasi oʻzingga, bittasi yaxshi koʻrgan oʻrtogʻingga”, deb ayting. Shunda bola yaxshi koʻrish va ehson ulashishni oʻrganadi.

Farzandingiz sumkasiga ortiqcha ruchka solib: “Agar biror sinfdoshing ruchka olib kelishni esidan chiqargan boʻlsa, yordam tariqasida ruchkani oʻsha bolaga ber”, deb ayting. Farzandingiz bu narsadan masʼuliyatni his qilishni oʻrganadi.

Agar farzandingiz uyga qaytib kelsa, sen kelishing bilan uyimizda shodlik hukm surmoqda, deb aytsangiz, farzand oʻz qadri va qiymatini his qiladi.

Agar farzandingiz uyga qaytib kelsa, bugun qanday oliyjanob ishni amalga oshirding, deb soʻrang, farzand bu bilan yomonlik va yaxshilikni orasini ajratishni taʼlim oladi. Keyingi safar soʻramasangiz ham, oʻzi javob beraveradi.

Tarbiya oʻta sodda narsa, uning uchun zaharli til boʻlishi shart emas.

Facebook dan olindi!

TelegramInstagramFacebook
👍2👏1