Akhror Web
1.82K subscribers
376 photos
92 videos
27 files
502 links
- Front-End

- Youtube : https://www.youtube.com/@akhrorweb
Loyihalar: json-api.uz

Creator: Ahror Soliyev

Muhokama uchun guruh: @akhror_community
Download Telegram
Forwarded from Sariq Dev
Parazit.

Har gal ChatGPT haqida yozganimda "Nega ChatGPT bizda ishlamaydi?" deb soʻrashadi.

Menda esa sizga qarshi savol bor, "Qachon oxirgi marta internetda biror xizmat uchun pul toʻladingiz?"

Bizdagi aksar odamlar internet va undagi xizmatlarni tabiiy va bepul deb qabul qilib oʻrganib qolgan. Internet rivojiga hissa qoʻshish uyoqda tursin, boshqalar qilgan ishini ham qadrlamaymiz.

Internetga qoʻyildimi, bepul boʻlishi kerak deb oʻylaymiz. Pullik dasturlarni suv tekin boʻlsa ham buzamiz. Pullik xizmatlarni koʻrsak jahlimiz chiqadi. Kino va seriallarni faqat torrentdan olamiz (qanaqa netflix?). Bu xizmatlarni yaratish, ularni doimiy ishlatib turish uchun pul va resurs talab qilinishini hayolimizga ham keltirmaymiz.

Kamiga, hukumatimiz ham absurd talablar qoʻyishdan charchamaydi. Masalan, Youtube (aniqrogʻi Google) Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatmaydi. Monetizasiya yoqmaydi, reklama qabul qilmaydi. Sababi bizning hukumatimiz Googledan serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishni talab qilgan, tabiiyki Google oson yoʻldan yurgan va Oʻzbekistonni kartasidan oʻchirib qoʻygan. Buning orqasidan esa davlat va bloglerlar millionlab zarar koʻrishi esa hayolimizga ham kelmaydi.

Xullas, internet uchun biz gʻirt parazitmiz: bepul resurslardan foydalanamiz, pulligini koʻrsak burnimizni jiyiramiz. Onlayn qimorda $1000 yutqazsak-yutqazamiz, lekin Microsoft Officedan foydalanish uchun 10$ toʻlashga kelganda ziqnaligimiz tutadi. Malikadan 1000$ ga kompyuter olamiz, Windows esa oʻgʻrilangan boʻladi.

Yana uyalmasdan, "Nega ChatGPT Oʻzbekistonda yoʻq?" deymiz. San ziqnada Youtube ishlab turganiga rahmat degin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi video chiqqandi 😅.
Zerikkanda ko'rib turorilar.

09. Reactni ishga tushirish, style va images.

https://youtu.be/zuDl6hpg8ag
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davom etamiz...🎮

Bugun 20:00 da ko'rishamiz Youtubeda🔥

YouTube | Instagram | Telegram | Donate
#react_10dars

Componentlarda ma'lumotlarni o'zgaruvchilarda saqlash bizga biroz noqulaylik tug'diradi va shuning uchun bizga state kerak bo'ladi. Bu darsda state nima uchun kerakligini ko'rib o'tamiz.

010. State

YouTube | Instagram | Telegram | Donate
#react_11dars

State'ni yaratish uchun Reactning hooklar olamiga kiramiz va bizning birinchi mehmonimiz bu useState() hooki bo'ladi.

011. useState()

YouTube | Instagram | Telegram | Donate
#react_13dars

Ma'lumotlarni o'chiramiz. Delete

013. Delete items

YouTube | Instagram | Telegram | Donate
Forwarded from Kun.uz | Online
✈️ Telegram messenjerining navbatdagi yangilinashida ChatGPT bilan integratsiya paydo boʻlishi kutilmoqda.

👉 @kunonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Boy mamlakatlar bilan kambagʻal mamlakatlar orasidagi farq yana bir narsada ayon boʻladi. Ijtimoiy mavqe va pulni orasidagi bogʻliqlikda.

Kambagʻal jamiyatlarda puli bor odamni mavqesi oʻz oʻzidan koʻtarilaveradi, farqi yoʻq, bu pulni uyushgan jinoiy guruh aʼzosi sifatida orttirganmi yoki korrupsiya orqali davlat bilan ishlab orttirganmi. Unday odamlar bilan boshqa odamlar qoʻl berib koʻrishaverishadi, kerak boʻlsa, OAV ham ular haqida yozadi. Ya’ni birinchi xususiyati pulni kelib chiqishi ahamiyatsiz. Ikkinchisi, pul bilan mavqe birga bir ayirboshlanadi.

Boyroq mamlakatlarda pulni juda qiyinlik bilan mavqega alishtirsa boʻladi. Masalan, AQShda maktab direktorini mavqesi juda baland — lekin juda kam pul topadi. Kichik biznesmen, oyiga bir million dollar daromad qilsa ham, oʻsha jamiyatdagi maktab direktoridan, yoki katta nashrga ishlaydigan jurnalistdan, yoki yuz barobar kam pul topadigan davlat arbobidan mavqesi ancha past boʻladi. Eng qizigʻi buni ular biladilar. Yozuvchilar kam pul topishadi, lekin ijtimoiy mavqesi baland, yoki diplomatlarni yoki harbiylarni va hokazo.

Bu narsani menimcha hamma yaxshi biladi, AQShdagi yoki Yevropadagi jurnalistni yoki olimni, undan yuzlab barobar koʻproq pul topadigan tadbirkordan mavqesi kattaroq ekanligiga hamma ahamiyat bergan boʻlsa kerak.

Lekin bir qiziq narsaga eʼtiborni qaratmoqchiman. Ayniqsa urushdan keyin, koʻp rus boylari shartli gʻarbga koʻchib shu narsani anglashayotgani juda qiziqligini. Ularni koʻrinadigan boyliklari — katta uyi, qimmat avtomashinasi va hokazo, gʻarbiy jamiyatlarda koʻrsatilishi oson, lekin mavqesini oshirishi qiyin boʻlgan narsalar, deyarli imkonsiz. Shuning uchun ular nima qilishadi? Albatta boshida frustratsiya, yaʼni qabul qilish qiyin. Axir ularda millionlab dollarlari bor, lekin gʻarbda hech kim ularni bu uchun hurmat qilmaydi. Ular oʻylashadiki, ancha yil yashasam ularni oʻsha jamiyatlarga qabul qilishlari mumkin, mavqelari oshishi mumkin. Bu ham xato. Bir necha oʻn yillab Angliyada yashagan boylar buni juda anglashadi va farzandlari tugʻilishidan oldin Etonga yozib qoʻyishadi, shoyadki kelajakda farzandlarini mavqesi baland boʻlsin deb.

AQShda ham buni yoʻli bor, lekin doim yaxshi ishlaydi deya olmaymiz. Ulardan biri xayriya. Xayriya bilan xayriyani farqi bor. Masalan, Afgʻonistondan Kaliforniyaga koʻchib kelgan millioner yaxshi biladiki, agar Afgʻonistonga xayriya qilsa uni xayriyasini taʼsir doirasi yuqoriroq. Lekin AQShdagi mavqesi uchun tabiiyki, AQShdagi u kirmoqchi boʻlgan hamjamiyatga pul berishi afzalroq. Shuning uchun ham, Kaliforniya oʻrmonidagi qurt qumursqalarni muhofaza qilish hamjamiyatiga millionlab pul berishni, Afgʻonistondagi ocharchilikdan qiynalayotgan hamqishloqlariga berishdan afzal deb biladi. Baʼzi bir tadbirkorlar AQShni muhim universitetlariga xayriya berishadi — u ham bir umid bilanki, balki shunday xayriya bersam, oʻsha joyni atrofdagilar uni koʻproq hurmat qiladi yoki eng kamida ertaga farzandlarini oʻsha universitetga kirishi osonroq boʻladi. Xuddi shunday yoʻnalish sanʼatga pul ajratish. Sanʼat va madaniyat atrofidagi odamlar ularni qabul qilishi yoki hech boʻlmaganda tadbirlariga chaqirib turishlari uchun, sanʼatga, galereyalarga va shu kabi tadbirlarni moliyalashtirishga pul berishadi. Bir qiziq nuqta shundaki, shu pulga mavqeni sotib olish qimmat turadi. Yaʼni pulga mavqe olish imkonsiz emas — shunchaki nihoyatda qimmat. Yaʼni mavqeni “ayirboshlash kursi” oʻta qimmat. Puli bor lekin mavqesi yoʻq odam, pichchoqa ilinishi uchun kerakli universitetga yoki muhim muzeyga 5-55 million dollar xayriya qilishi kerak. Yaʼni masalan, oʻzi 100 millioni bor odamni mavqesini koʻtarish juda qimmat. Ayniqsa, shubhali daromad manbasidan pul topsa. Lekin shartli Afgʻoniston yoki Rossiyada 100 million dollar bor odamni mavqesi shundoq ham baland boʻladi. Shu narsa koʻpchilikka yaxshi koʻrinmaydi.
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Bu distributsiyani nafaqat tepasida, balki oʻrtasida ham muhim.
Masalan, AQShda katta korxona yoki bankda ishlaydigan tajribali xodim yiliga 500 ming dollar ishlaydi. Bu albatta katta pul. Lekin maʼno shundaki, mavqe uchun yetarli emas. Immigrant jamiyatlardagi “birinchi avlod muammosi” deb ham buni atashadi. Yaʼni moliyaviy barqarorlik, mavqe bilan kelmaydi. Albatta, qimmat avtomobil yoki yaxshi uy olishlari mumkin, lekin oʻsha odamlar kutganidek ijtimoiy mavqesi boʻlmaydi, chunki oʻsha jamiyatdagi shartli maktab direktori yoki yozuvchi (ahamiyat bering — doʻxtir emas) ancha yuqoriroq ijtimoiy mavqega ega.

Bu narsalar ozgina empirik ham tadqiq qilingan. Men shaxsan tanigan bir Afgʻon yigitini gapini eslayman — otasi shimoliy Virjiniyadagi eng qimmat uylardan birini sotib olgan ekan, lekin bu faktni faqat Afgʻonistonda muhim ekanini payqagan ekan. AQShda esa, bunday katta uyi borligi nafaqat maqtana olmas edi, balki uni kimdir bilib qolsa ham erish tuyular ekan. Aytmoqchi, aynan shuning uchun keyin Dubayga koʻchib ketmoqchi boʻldi.

Xulosa shundaki, mamlakat qanchalik rivojlangan boʻlsa, pulga mavqe sotib olish shunchalar qimmat.
Oldingi darslarini ko'rib yaxshilab tayyorlanib kelyapsizlar degan umitdaman. Yangi darslarni kutyotgan bo'lsangiz. 20:00 da ko'rishamiz

YouTube | Instagram | Telegram | Donate
#react_15dars

Bungacha bo'lgan darslarimizda biz, faqat App() componentidan foydalanyotgan edik. Endi esa boshqa componentlar ochishni va ulardan qanday foydalanishni ko'rib o'tamiz.

015. Multiple Component

YouTube | Instagram | Telegram | Donate
#react_16dars

Componentlarini ochishni va ulardan foydalanishni o'rgandik. Endi Componentlar orasida ma'lumotlar uzatishni ya'ni props ni o'rganamiz.

016. Props

YouTube | Instagram | Telegram | Donate
#react_17dars

React Fragment
bizga keyinchalik darslarimiz davomida juda ham ko'p kerak bo'ladi va undan keng foydalanamiz. Keyinchalik Fragmentdan foydalanishda qiynalmasligiz uchun uning qoydalarini ko'rib chiqamiz.

017. React Fragment

YouTube | Instagram | Telegram | Donate
#react_18dars

Props orqali componentga ma'lumotlarni uzatgan edik. Endi Propsning boshqacharoq usulini ko'rib o'tamiz.

018. Children Props 📺

YouTube | Instagram | Telegram | Donate