Yuldoshev's Blog
5.93K subscribers
1K photos
222 videos
162 files
444 links
University of Maine, USA 22'
πŸ‡ΊπŸ‡² Global UGRAD 21-22 finalistπŸ‡ΊπŸ‡Ώ
πŸ‡ΊπŸ‡Έ YPIP winner
πŸ‡ΊπŸ‡Έ HPAIR 2025
IELTS 8.5 (x4) | Speaking 8.5(x4)
| Writing 7.5 (x3)
TOEFL 101 | Speaking 28
@Mock_Results
Download Telegram
Forwarded from Musayev blogi
Motivatsion xat yozish bo'yicha mini-kurs

Yuqorida aytganimdek bu yil asosiy ishlarim tufayli UGRAD dasturi bo'yicha o'tgan yilgidek ishlay olmayotganim sababli hujjat topshirishdagi eng muhim jarayon β€” motivatsion xatlarni yozish bo'yicha 1 haftalik mini kurs e'lon qilmoqchiman.

Kurs kimlar uchun?
β€” Hozirda davom etayotgan UGRAD, SUSI, TechGirls, Techwomen dasturiga hujjat topshirmoqchi bo'lganlar;
β€” Kelajakda Chevening, Fulbright, DAAD kabi dasturlarga hujjat topshirmoqchi bo'lganlar;
β€” Umuman motivatsion xat yozish talab etiladigan joylarga hujjat topshirmoqchi bo'lgan barcha uchun

Kurs davomida nimalar o'tiladi?
Kurs umumiy 4 ta asosiy va 1 ta bonus darsdan (4+1) iborat bo'lib quyidagicha tuzilgan:

1. To'g'ri maqsad qo'yish β€” muvaffaqiyat asosi
β€” Grantlar yutishda to'g'ri maqsad qo'yish ahamiyati
β€” To'g'ri va aniq maqsadlar xususiyatlari
β€” O'z rejalaringiz ustida kritik fikrlash
β€” Muammolar ortidagi imkoniyatlar
β€” Startaplar va Grant dasturlari o'xshashliklari

2. Motivatsion xat yozishdan oldingi tayyorgarlik
β€” Grant dasturi sizdan nima kutishini aniqlash
β€” Barcha odam lider. Liderlik xususiyatlari va hayotingizdagi liderlik misollarini topish
β€” Barcha hujjatlardan umumiy β€” bitta tasvir hosil qilish
β€” Nima uchun Amerika / Angliya / Germaniya kabi savollarga javob berish
β€” Nimani qayerga yozishni rejalashtirish

3. Personal statement / Motivational letter yozish
β€” Motivatsion xat o'zining ichiga nimalar olishi
β€” Yuzlab motivatsion xatlar ichidan ajralib chiqa olish
β€” O'qish davomidagi yutuqlarni ko'rsatish
β€” Dasturga qatnashishdan maqsadni ochib berish
β€” Dastur davomidagi rejalarni ko'rsatish
β€” Dasturdan keyingi rejalarni tashkillash
β€” Xatni yakunlash

4. Liderlik essayini yozish
β€” "Lider men uchun kim?" degan savolga to'g'ri javob berish
β€” STAR(L) metodi orqali liderlik xususiyatlaringizni ko'rsatib berish
β€” Liderlik essayini grant dasturi bilan bog'lash

5. Essaylarda eng ko'p uchraydigan xatolar ustida ishlash

Essayingizni tekshirib berish qo'shimcha xizmati
(faqat kurs ishtirokchilari uchun)

Kursni kim o'tadi?
Men β€” Musayev Qudratxo'ja. Men haqimda ushbu va bu postlardan bilib olishingiz mumkin. Bundan tashqari tashkil etgan @ugrad_applicants guruhimdan ham.

Kursdan keyin natija qanday bo'ladi?
Albatta kurs sizga 100% grant yutish formulasini taqdim etmaydi. Lekin kurs davomida nafaqat motivatsion xat yozishni balki to'g'ri rejalar qo'yish va mustaqil harakat qilishni o'rganasiz.

Kurs maqsadi β€” fikrlashingizni yuqoriroq darajaga olib chiqish!

Kurs narxi qancha?
199.000 so'm β€” faqat darslar
249.000 so'm β€” essay tekshirib berish xizmati bilan

❗️Hozircha faqat essaylarni tekshirib feedback berish xizmatini alohida taklif etolmayman

Kursga yozilish uchun
@JanobMusayev

P.S: Ushbu suhbatni demo sifatida ko'rishingiz mumkin

#UGRAD #minicourse

@musayev_blogi