UzReport.news
30K subscribers
83.5K photos
8.14K videos
6 files
79.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
O‘zbekiston Mobiuz mobil operatorini $300 mlnga sotishni rejalashtirmoqda — Bloomberg

Xususiylashtirishga Qatar, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon va Yevropa investorlari oldindan qiziqish bildirgan. Nashrga ko‘ra, Davaktiv agentligi bu bo‘yicha izoh berishdan bosh tortgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎124👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jurnalist Fozil Farhodning "Bolalik ertagim" kitobi taqtimoti o‘tkazildi

Jurnalist, yozuvchi va shoir, Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Fozil Farhodning "Bolalik ertagim" kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Kitob "Qanot" loyihasi doirasida "Oltin meros press" nashriyotida chop etilgan. Unda muallifning 2011-2025-yillarda "Yangi O‘zbekiston", "Xalq so‘zi", "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati", "Ma’rifat", "Darakchi", "Ishonch" kabi gazeta va jurnallarda, shuningdek, internet saytlarida e’lon qilingan publistik maqolalari, esse, ocherk, taqriz va suhbatlari joy olgan.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Toshkentda PPX xodimi $1500 ming pora bilan ushlandi

Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati inspektori xizmat mavqeini suiisteʼmol qilgan holda o‘zganing ishonchiga kirib, uning Navoiy viloyatida yashovchi tanishini davlat imtihonidan muvaffaqqiyatli o‘tkazib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-ppx-xodimi-1500-ming-pora-bilan-ushlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
3👍2
Suriya As-Suvaydadan qo'shinlarini olib chiqib ketdi

Faollarga ko‘ra, Suriya janubida druzlar va badaviylar o‘rtasidagi mojaro avj ola boshlaganidan beri 350 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/suriya-as-suvaydadan-qoshinlarini-olib-chiqib-ketdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎21👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Bahor" nafasi Fors ko’rfazida

O‘tgan hafta O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi tomonidan Fors ko‘rfazi mamlakatlarida keng ko‘lamli roud-shou o‘tkazilgan edi. Bu yirik tadbir doirasida Ummon, Quvayt, Bahrayn va Qatar kabi davlatlarda tashkil etilgan turizm forumlari mintaqa sayyohlarini yurtimizga jalb etishga qaratilgan edi. Jarayonda O‘zbekiston milliy raqs san’atini jahonga tanigan "Bahor" davlat raqs ansamblining ishtiroki alohida ahamiyat kasb etdi. Nozik harakatlar, ipak liboslarning porloq jilosi va o‘zbek musiqasining sehrli ohanglari tomoshabinlarni qadimiy an’analar va zamonaviy ruh bilan yanada yaqinroq tanishtirdi

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi byudjetini 2 trillion yevroga oshirishni taklif qildi

Bu miqdor Bryusselda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen tomonidan taqdim etilgan YeIning 2028-2034 yillarga mo‘ljallangan byudjet rejasida qoplanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevrokomissiya-yevropa-ittifoqi-byudjetini-2-trillion-yevroga-oshirishni-taklif-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Avayxon ko‘chasida joylashgan podstansiya ichida transformator yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/mirzo-ulug-bek-tumanidagi-podstansiyada-yong-in-sodir-bo-ldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin

OAV xabariga ko‘ra, Germaniya terma jamoasining sobiq ustozi Yoaxim Lyov O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/germaniyani-jahon-chempioni-qilgan-murabbiy-o-zbekiston-bilan-ishlashi-mumkin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
4👍2👎1
Yevropa Ittifoqi-Xitoy sammiti: Bryussel savdo sohasida nimadan norozi?

Yevropa Ittifoqi-Xitoy sammiti dastlab Bryusseldan Pekinga ko‘chirildi, keyin ikki kundan bir kunga qisqartirildi. Yevropa Ittifoqi Xitoyning adolatsiz savdo amaliyotini jilovlashga urinar ekan, ayrim ekspertlar qattiqroq choralar ko‘rishga chaqirmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-xitoy-sammiti-bryussel-savdo-sohasida-nimadan-norozi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Uzbekistan GTL" zavodi to‘liq quvvatda ishlamoqda

Qashqadaryoda joylashgan "Uzbekistan GTL" zavodida yiliga 700 ming tonna sintetik dizel ishlab chiqariladi. Mahsulot yuqori sifatli bo‘lib Yevro-6 standartiga mos keladi. Bundan tashqari bu yerda 300 ming tonna kerosin tayyorlanib, aviakerosinga bo‘lgan import sezilarli qisqartirildi. Bu turdagi zavoddan dunyoda bor yo‘g‘i 5 ta. Ammo ularning 4 tasi 100% quvvatda ishlamaydi. Uzbekistan GTL esa "Performance test"ni muvaffaqiyatli yakunlab hozirda to‘liq quvvatda ishlamoqda.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
4😁1
Jazirama kunlar boshlandi: Qanday tavsiyalarga amal qilish lozim?

"Jaziramada, eng avvalo, bolalar, keksalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlar o‘z sog‘lig‘iga yana-da eʼtiborli bo‘lishlari zarur", — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ekologik diplomatiya bo‘limi boshlig‘i Abduqayum To‘xtaqulov. Chunki bunday issiq havo tufayli organizmning termoregulyatsiya tizimiga yuklama tushadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/jazirama-kunlar-boshlandi-qanday-tavsiyalarga-amal-qilish-lozim-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi o'tkaziladi

2025-yildan har yili "Kelajak uchun" istiqbolli tashabbuslar forumi o'tkazib boriladi.

Forum o'tkaziladigan ustuvor yo'nalishlar har yili “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita tomonidan belgilab beriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/kelajak-uchun-istiqbolli-tashabbuslar-forumi-otkaziladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😁2
NATO: Patriotni Ukrainaga tezkor joylashtirishga tayyorgarlik ko'rilmoqda

NATO qo‘mondoni general Grinkevichning so‘zlariga ko‘ra, Patriotlarni joylashtirish Germaniya bilan yaqindan muvofiqlashtirilmoqda. Germaniya Mudofaa vazirligi ushbu havo hujumidan mudofaa tizimlarining Ukrainaga yetkazilganini hozircha tasdiqlamadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/nato-patriotni-ukrainaga-tezkor-joylashtirishga-tayyorgarlik-korilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1👍1👎1
Bolalarni o‘tkir tig‘li buyumlar bilan urishtirgan bloger javobgarlikka tortildi

Chechenka nomi bilan faoliyat olib boruvchi instabloger Gulzoda Abdullayeva oilaviy dam olish vaqtida kichik yoshdagi o‘g‘li va jiyanini urishtirgan. Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/bolalarni-o-tkir-tig-li-buyumlar-bilan-urishtirgan-bloger-javobgarlikka-tortild

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍2
O‘zbekiston eng xavfsiz davlatlar reytingida 25-o‘rinni egalladi

Yangi hisobotga ko‘ra, dunyodagi eng xavfsiz davlatlar ro‘yxatida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) yetakchilik qilmoqda. Amirliklar shaxsiy xavfsizlik va jamoat muhitining umumiy barqarorligi uchun yuqori baho olgan. Ikkinchi o‘rinda Andorra, uchinchi o‘rinda Qatar joylashgan. O‘zbekiston 25-o‘rinda qayd etilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekiston-eng-xavfsiz-davlatlar-reytingida-25-o-rinni-egalladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
4👍3😁3
Ukraina Radasi Sviridenkoni bosh vazir lavozimiga tasdiqladi

Oliy Rada Ukraina bosh vaziri lavozimiga sobiq iqtisodiyot vaziri va bosh vazir o‘rinbosari Yuliya Sviridenko nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ukraina-radasi-sviridenkoni-bosh-vazir-lavozimiga-tasdiqladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko'p qavatli uyning birinchi qavatida turgan fuqarolar panjara bilan uyini atrofini egallab olsa bo'ladimi? Bu qonuniymi yoki noqonuniy?

Ushbu savolga UzReport TV da jonli efirga uzatilgan matbuot anjumanida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Shiddatbek Abdug'afforov javob berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Qamoqdan ozod qilingan mahkumlarga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

Hukumatning jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirishga doir qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qamoqdan-ozod-qilingan-mahkumlarga-bir-martalik-nafaqa-tayinlash-tartibi-belgilandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍2
AQSh Senati USAID va ikkita ommaviy axborot vositalarini qisqartirishni ma'qulladi

Byudjetdan 9 milliard dollar tejash uchun Tramp maʼmuriyati xorijiy yordam va jamoat teleradiokompaniyalari uchun allaqachon tasdiqlangan xarajatlarni qaytarib olishni taklif qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-senati-usaid-va-ikkita-ommaviy-axborot-vositalarini-qisqartirishni-maqulladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada noqonuniy diniy taʼlim bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎21