UzReport.news
30K subscribers
83.5K photos
8.15K videos
8 files
79.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Ilk rivojlanish markazlari tashkil etiladi

Nizom maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan hamda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha Ilk rivojlanish markazlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Markazlar 3–6 yoshli bolalarni, xususan, kambag'allik darajasi yuqori va alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan oilalar farzandlarini qamrab olgan holda tashkil etiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ilk-rivojlanish-markazlari-tashkil-etiladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish tartibi takomillashtirilmoqda

Ta’kidlanishicha, pirotexnika vositalari xavflilik turiga qarab 5 toifaga ajratiladi. Ushbu qonun loyihasi bilan xavflilik darajasi birinchi toifaga mansub ayrim pirotexnika buyumlarini, xususan, xavfli hududi kichik bo‘lgan Bengal mayoqchalari, dasturxonni va tortlarni bezashda ishlatiladigan turli effektlar beruvchi pirotexnika buyumlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yaratish, ishlab chiqarish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tashish, realizatsiya qilish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanishga oid amaldagi tartib saqlab qolinmoqda, ya’ni bu holat uchun ta’qiq va javobgarlik belgilanmaydi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi fuqaro shaxsiy ehtiyoj tovarlarini chetdan bojsiz olib kelish uchun xorijda kamida 2−3 kun yurgan bo‘lish kerak

Davlat bojxona qo‘mitasi 20-iyuldan boshlab shaxsiy ehtiyoj uchun tovarlarni mamlakatga bojsiz olib kirish limitidan foydalanish uchun chet elda bo‘lishning minimal muddati joriy etilishini eslatdi. Xususan, piyoda yoki avtomobilda kirayotgan fuqarolar bu limitdan foydalanish uchun chet elda kamida ikki kun, samolyotda qaytayotganlar esa kamida uch kun bo‘lishlari kerak. Aks holda olib kirilgan tovarlar belgilangan limitdan oshgan deb hisoblanadi va ularning to‘liq qiymatidan 30% miqdorida yagona bojxona to‘lovi undiriladi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
5👎3
Ukrainada harbiy holat uzaytirildi

Oliy Rada Ukrainada harbiy holat rejimini va umumiy safarbarlikni o‘n oltinchi marta uzaytirdi. U 5-noyabrgacha amal qiladi. Rejim rasmiylarga bir qator cheklovlar kiritish huquqini beradi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ukrainada-harbiy-holat-uzaytirildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dala chetidagi bo‘sh yerlardan foydalanmaganlik uchun jazo choralari belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi. Hujjatga ko‘ra, dala chetlaridagi bo‘sh hududlarda mahsulot yetishtirish bo‘yicha yangi tartiblar belgilanmoqda. Jumladan, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan har yili 1-yanvarga qadar suv ta’minoti va ekin ekish imkoniyati mavjud bo‘lgan dala chetlaridagi yerlar aniqlanadi va hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, ekin turlari bo‘yicha hokimliklarga taklif beriladi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😁43
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pullik “parkovkalar” nima uchun qimmat?

Oxirgi 4-5 yil ichida Toshkentda tirbandliklar kuchaydi. Shu sababli haydovchilarning ham, yo'lovchilarning ham umri yo‘lda o‘tib ketyapti. Bu odamlarning kayfiyatiga yomon ta’sir qilyapti. Yaqinda Prezident ham videoselektor yig‘ilishda tirbandlik muammosini tanqid qildi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎42
Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i ushlandi

Podpolkovnik jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirib berishni va’da qilib, ayblanuvchining qarindoshidan 18 ming dollar olgan. U bergan va’dasining uddasidan chiqa olmagach, ushbu pulning bir qismini qaytarayotgan vaqtida ushlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/mirobod-tumani-ichki-ishlar-boshqarmasi-bo-linma-boshlig-i-ushlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Tramp Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishish uchun o‘zi belgilagan 50 kunlik muddatni uzoq deb hisoblamasligini aytdi

"Menimcha, 50 kun bu uzoq muddat emas. Agar 50 kun ichida Rossiya va Ukraina kelishuvga erishmasa, juda yomon bo‘ladi. Biz Moskvaga qarshi bojlar va boshqa sanksiyalarni qo‘llashda davom etamiz", — dedi AQSH yetakchisi.

"Prezident Putin meni ko‘p xafa qildi. So‘nggi uch oy ichida men bir qancha urushlarni to‘xtatdim, lekin Ukrainadagi urush hali ham davom etmoqda. Bu Baydenning urushi, Trampniki emas. Men bunga barham berish harakatidaman", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2😁2
Markaziy bank tomonidan “Citibank AS”ning vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi

Vakolatxona mamlakat moliya bozorini o‘rganish va davlat organlari hamda moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/markaziy-bank-tomonidan-citibank-asning-vakolatxonasi-akkreditatsiya-qilindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
BBC: Isroil armiyasi Suriya janubidagi As-Suvayda viloyatida hukumat qo‘shinlariga zarbalar yo‘lladi

Isroil armiyasi Suriya janubidagi As-Suvayda viloyatida hukumat qo‘shinlariga zarbalar yo‘lladi. Isroil ozchilikni tashkil etuvchi druzlarni himoya qilish maqsadida ekanini aytmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bbc-isroil-armiyasi-suriya-janubidagi-as-suvayda-viloyatida-hukumat-qo-shinlariga-zarbalar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎51
Toshkentda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ fuqarolarni chuv tushirdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi poytaxtning Olmazor tumanida ko‘p qavatli uy qurish va’dasi bilan fuqarolarni chuv tushirgan MChJ ishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-ko-p-qavatli-uy-qurish-bilan-shug-ullangan-mchj-fuqarolarni-chuv-tushirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1👎1
Tramp Zelenskiyni Moskvaga hujum qilishga chaqirmadi

AQSh prezidentining aytishicha, ukrainalik hamkasbi Rossiya poytaxtini nishonga olmasligi kerak. Oq uyning ta'kidlashicha, Tramp keyingi qotilliklarni rag'batlantirmaydi.

Batafsil 👉https://uzreport.news/world/tramp-zelenskiyni-moskvaga-hujum-qilishga-chaqirmadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi

Adliya vazirligining xabar berishicha, AOKAning axborot sohasida nazorat va monitoring bo‘yicha vazifa va funksiyalari, prezident farmoni bilan O‘zkomnazorat inspeksiyasiga o‘tkazildi. Shuningdek, AOKA huzuridagi Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz Administratsiya bo‘ysunuviga olindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/madaniyat-va-sanatni-rivojlantirish-jamgarmasi-administratsiya-boysunuviga-otkazildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎21
Xitoy Trampning Rossiya hamkorlariga bojlar joriy etish rejalariga qarshi

Xitoy Donald Trampning Ukrainadagi urush 50 kun ichida yakunlanmasa, Rossiyaning savdo hamkorlariga bojlar joriy etish g‘oyasini tanqid qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/xitoy-trampning-rossiya-hamkorlariga-bojlar-joriy-etish-rejalariga-qarshi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
3👍2
Qoraqalpog‘istondagi tumanda issiq tufayli bog‘chalar yopildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani hokimining qarori bilan tuman hududidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qoraqalpog-istondagi-tumanda-issiq-tufayli-bog-chalar-yopildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍1
Foto va video radarlar joylashgan joyi.pdf
959.2 KB
O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan radarlar ro‘yxati ochiqlandi

YHXX yo‘llardagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari o‘rnatilgan aniq manzillar, ular qaysi qoidabuzarliklarni aniqlashi haqida ma’lumot berdi. Ro‘yxatdan respublika bo‘yicha 1800 dan ortiq radar (kamera) borligi ko‘rinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2👍1
Tramp: Ukrainaga Patriot raketalarini yetkazib berish allaqachon boshlangan

Amerika prezidentining so'zlariga ko'ra, Patriot havo mudofaa tizimi uchun raketalar allaqachon Germaniyadan Ukrainaga yuborilmoqda, keyinchalik ular o'rnini bosadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-ukrainaga-patriot-raketalarini-yetkazib-berish-allaqachon-boshlangan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎3👍1
Jahon banki: Jazirama bilan bog‘liq ortiqcha o‘limlar O‘zbekistonda 100 ming kishiga 19−21 taga to‘g‘ri kelmoqda

Markaziy Osiyoning aksariyat qismi anomal issiqlikdan aziyat chekayotgan bir paytda, Jahon bankining yaqinda o‘tkazilgan tadqiqoti Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining (YeMO) 70 ta shahrida, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda uning insonlar hayoti va iqtisodiyotga zararli ta’siri haqida xavotirli faktlarni aniqladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/jahon-banki-jazirama-bilan-bog-liq-ortiqcha-o-limlar-o-zbekistonda-100-ming-kishiga-19-21-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎1
Fransiya taraqqiyot agentligi ko‘magida Farg‘ona shahridagi issiqlik tarmoqlari yangilanadi

“Issiqliktaʼminoti” kompaniyasi va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida Farg‘ona shahridagi Qirguli massivining issiqlik tizimini modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha memorandum imzolandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/fransiya-taraqqiyot-agentligi-ko-magida-farg-ona-shahridagi-issiqlik-tarmoqlari-yangilanad

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1👍1