UzReport.news
30K subscribers
83.5K photos
8.15K videos
8 files
79.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
London Sautend aeroporti samolyot halokatidan keyin yopildi

Sautend aeroportida kichik samolyot halokatga uchragach, barcha reyslar bekor qilingan. Voqea joyida politsiya, qutqaruvchilar va aviahalokat tergovchilari ishlamoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/london-sautend-aeroporti-samolyot-halokatidan-keyin-yopildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2
Soliqqa oid nizolar bo'yicha ekspert kengashi tashkil etiladi

Qarorni qabul qilishdan ko'zlangan maqsad etib tadbirkorlar va soliq organlari o'rtasidagi nizolarni hal qilish uchun sarflanadigan vaqt va xarajatlarni kamaytirish belgilandi.

Qarorga ko'ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari bo'yicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar bo'yicha ekspert kengashi tashkil etiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/soliqqa-oid-nizolar-boyicha-ekspert-kengashi-tashkil-etiladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarni zaharlayotgan dorifurush qo‘lga olindi

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona idoralari hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/yoshlarni-zaharlayotgan-dorifurush-qo-lga-olindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍51
Fransiya mudofaa byudjetini jadal sur'atda oshiradi

2027-yilda Parij mudofaa uchun 64 milliard yevro sarflaydi. Bu Fransiya qurolli kuchlarining 2017-yildagi byudjetidan ikki baravar ko‘p, dedi mamlakat prezidenti Emmanuel Makron.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/fransiya-mudofaa-byudjetini-jadal-suratda-oshiradi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2😱1
Transport vaziri: 2030-yilgacha O‘zbekistonda asfalt qilinmagan ichki yo‘l qolmaydi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha mahallalardagi barcha asfaltlanmagan ichki yo‘llar tartibga keltiriladi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Maxkamov maʼlum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/transport-vaziri-2030-yilgacha-o-zbekistonda-asfalt-qilinmagan-ichki-yo-l-qolmaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😁28👍1👎1
“Surxon” davlat qo‘riqxonasida Qizil kitobga kiritilgan 2 bosh morxo‘r ovlangani aniqlandi

Qo‘riqxonaning "Xatak" bo‘limi,"Oltikunlik" massivida o‘tkazilgan reyd chog‘ida, noqonuniy ovchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ikki bosh burama shoxli echki (morxo‘r) noqonuniy ravishda ovlanganligi ma’lum bo’ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/surxon-davlat-qo-riqxonasida-qizil-kitobga-kiritilgan-2-bosh-morxo-r-ovlangani-aniqlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😱2🤩1
Ukraina tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari: Istanbul formati “oʻzini tugatdi”

“Istanbulda hech qanday muzokaralar boʻlmagan”, — dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Kislitsa. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu format Rossiya delegatsiyasining vakolati yo‘qligi sababli o‘zini-o‘zi tugatgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ukraina-tashqi-ishlar-vaziri-o-rinbosari-istanbul-formati-o-zini-tugatdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yarim yilda O'zbekistonda 23 mingdan ziyod o'tkir-yuqumli ichak kasalliklari ro'yxatga olindi

2025-yilning 6 oyi davomida O'zbekistonda qariyb 23 ming 600 holatda o'tkir-yuqumli ichak kasalliklari ro'yxatga olingan. Eng yuqori ko'rsatkichlar Toshkent shahri, Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida qayd etilgan.

Bu haqda UzReport TV da jonli efirga uzatilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma'lum qildi.

YouTube'da videoni ko'rish: https://www.youtube.com/live/5E79VExHq-E?si=CWBINTZHSpB1GThw

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
🔥1😁1
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4,5 milliondan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli 4 million 522,1 ming dona avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekistonda-jismoniy-shaxslarga-tegishli-avtomobillar-soni-4-5-milliondan-oshdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍1🔥1😱1
Suriyada druzlar va sunniylar o'rtasidagi janglarda 37 kishi halok bo'ldi

Badaviy qabilalari va jangarilar o‘rtasida to‘qnashuvlar asosan druzlar istiqomat qiladigan Suvayda shahrida bo‘lib o‘tdi. Janglar natijasida Damashq-Suvayda avtomobil yo‘li to‘sib qo‘yilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/suriyada-druzlar-va-sunniylar-ortasidagi-janglarda-37-kishi-halok-boldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
🔥21😁1🎉1
Liftlarni texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi belgilandi

Nizomga ko'ra, bino va inshootlarda o'rnatilgan, doimiy ravishda foydalanishda bo'lgan liftlar 12 oydan oshmagan holda kamida 1 marta tartibda majburiy davriy texnik ko'rikdan o'tkaziladi.

Foydalanishga topshirilgan va yangi o'rnatilgan har qanday lift maxsus elektron axborot tizimida ro'yxatga olinishidan avval dastlabki texnik ko'rikdan o'tkazilishi shart.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/liftlarni-texnik-korikdan-otkazish-tartibi-belgilandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
4
Dubayda bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi 4 ta medalni qo'lga kiritdi

Dubayda bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida O‘zbekiston jamoa hisobidagi ko‘rsatkichi bilan yurtimiz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dubayda-bo-lib-o-tgan-57-xalqaro-kimyo-olimpiadasida-o-zbekiston-jamoasi-4-ta-medalni-qolg

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍41🔥1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon imzolandi. Ushbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Natijada Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi.

Farmonga asosan, endilikda Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Bular — taʼlim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir. Ushbu yo‘nalishlarda islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, Prezidentning strategik rivojlanish, tashqi siyosat bo‘yicha yangi maslahatchi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni tashkillashtirish, yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash bo‘yicha, shuningdek, kommunikatsiya departamentlari tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍753😁1
UzReport.news
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon imzolandi. Ushbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasining yangi…
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda

Endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident Administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarning tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.

Muhim yo‘nalishlar loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi. Administratsiya faoliyatida "komplayens" tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash va korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Ayrim yo‘nalishlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi. Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda.

Davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshirilmoqda. Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍411👎1😁1
UzReport.news
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda Endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident Administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy…
Farmon bilan vazirlik va idoralarning qaror qabul qilishdagi mustaqilligi oshiriladi. Bu bilan bog‘liq byurokratik jarayonlar qisqaradi, ular proaktiv faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi.

Hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari bilan tartibga solinadigan masalalar ro‘yxati belgilanadi.

Endilikda idoralar o‘zlariga tegishli sohani mustaqil tartibga solish vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qila oladi.

Idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qayta ishlash (tahrirlash) imkoniyati yaratiladi. Idoraviy hujjatlarni xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida ularga huquqiy normalarni kiritishga ruxsat etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍41👎1
Tramp sentyabr oyida Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi uchun keladi

AQSh prezidenti ikkinchi davlat tashrifi uchun Buyuk Britaniyaga uchadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-sentyabr-oyida-buyuk-britaniyaga-davlat-tashrifi-uchun-keladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2
UzReport.news
Farmon bilan vazirlik va idoralarning qaror qabul qilishdagi mustaqilligi oshiriladi. Bu bilan bog‘liq byurokratik jarayonlar qisqaradi, ular proaktiv faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi. Hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va mahalliy…
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, takrorlanuvchi nazorat funksiyalarini bekor qilish, qaror qabul qilishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan samaradorligi oshiriladi.

Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida mahalliy hokimliklarning iqtisodiy, ma’muriy va moliyaviy vakolatlari yanada kengaytiriladi.

Farmon talablarini inobatga olgan holda Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlarning shtat-tuzilmalari ham qayta ko‘rib chiqiladi va maqbullashtiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍16😁1
Toshkentda mashinasining old kapotini “akvarium”ga aylantirgan fuqaro jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro mashinasining old kapotiga himoya plyonkasini yopishtirgani hamda uning ichiga suv to’ldirib, baliqlarni solgani aks etgan video tarqaldi, bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta e'tiroz keltirib chiqardi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-mashinasining-old-kapotini-akvariumga-aylantirgan-fuqaro-jarimaga-tortildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
3👎1
Trampning elchisi Kellog bir haftalik tashrif bilan Kiyevga keldi

Ukraina prezidenti devoni rahbari Yermakning aytishicha, Kellog mudofaa masalalari, Rossiyaga qarshi sanksiyalar va boshqa mavzularni muhokama qiladi. Tramp Rossiyadan hafsalasi pir boʻlganini aytdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/trampning-elchisi-kellog-bir-haftalik-tashrif-bilan-kiyevga-keldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😱1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Xilola Uktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi;

Tamila Anvarovna Aliyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Timur Nuryigitovich Butunbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Nodira Jalalovna Xakimova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Sherzod Farxod o‘g‘li Ozodzoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;

Dilnoza Muradovna Ziyamuxamedova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍193👎1😁1