UzReport.news
30.1K subscribers
83.4K photos
8.13K videos
5 files
79.7K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Tramp Rossiya bo‘yicha muhim bayonot berishini va’da qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida dushanba, 14-iyul kuni Rossiyaga oid muhim bayonot berishini va’da qildi, biroq bu bayonot nima haqida bo‘lishini ochiqlamadi.

"O‘ylashimcha, dushanba kuni Rossiya bo‘yicha muhim bayonotim bo‘ladi", — dedi prezident.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Forwarded from Stellar Residence
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Stellar Residence — Sodiq Azimov ko‘chasida joylashgan ko‘p funksiyali premial apartamentlar majmuasiga xush kelibsiz.

Ergonomik rejalashtirish, panoramali derazalar, yakuniy pardoz oldi holat va 24 oygacha bosqichma-bosqich sarmoya kiritish imkoniyati.

Noyob TENET shourumida individual tomosha qilishga yozilib oling.

+998555500000
www.stellarresidence.uz
4🔥2🎉1
Toshkentda Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida harakat 3 kunga cheklanadi

Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli 11-iyul soat 22:00 dan 14-iyul soat 06:00 gacha harakat vaqtincha cheklanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎1
Samarqand sovrin jamg‘armasi 855 ming dollarlik FIDE turnirlariga mezbonlik qiladi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 3−15-sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Grand Swiss va Women’s Grand Swiss turnirlarida ishtirok etadigan o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/samarqand-sovrin-jamg-armasi-855-ming-dollarlik-fide-turnirlariga-mezbonlik-qiladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1🔥1
“Zomin qozon patiri” – O‘zbekistonning 20-geografik ko’rsatkichiga aylandi

Adliya vazirligi tomonidan Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍2
Bitcoin narxi tarixda birinchi marta 118 ming AQSH dollariga yaqinlashdi

Binance birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 bitcoin narxi 117 917 dollarga yetgan.

Qo‘shma Shtatlarning Xitoyga qarshi bojlaridan keyin aprel oyida kriptovalyuta narxi 76 ming dollargacha pasayib ketgan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi

Abituriyentlar 12 iyul kuni soat 12:00 dan 15:00 gacha ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzildagi binoga borib, test sinovi o‘tkaziladigan joy bilan tanishishi mumkin.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/test-sinovi-o-tkaziladigan-binolar-ro-yxati-tasdiqlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
6👎1
Chiqindidan qarzi borlar 1 avgustdan boshlab svet uchun pul to‘lolmaydi

O‘zbekistonda maishiy chiqindini olib chiqib ketish xizmati uchun to‘lov 2025 yil 1 avgustdan boshlab elektr energiyasi to‘loviga bog‘lab qo‘yiladi. Bunda, chiqindidan qarzdor iste’molchi elektr energiyasi uchun to‘lov qilolmay qoladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/chiqindidan-qarzi-borlar-1-avgustdan-boshlab-svet-uchun-pul-to-lolmaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎12😁21👍1😱1
AQSH Davlat departamenti 1300 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi — Associated Press

Davlat departamentining yuqori martabali xodimining Associated Press agentligiga bergan ma’lumotga ko‘ra, idora 1107 nafar davlat xizmatchisi va AQSH hududida xizmat qilayotgan 246 nafar diplomatik xizmat xodimiga ishdan bo‘shatish haqida bildirishnomalar yubormoqda.

Agentlik ko‘zdan kechirgan Davlat departamentining ichki hujjatiga ko‘ra, diplomatik xizmat xodimlari bildirishnoma olgach darhol 120 kunlik ma’muriy ta’tilga chiqariladi, shundan so‘ng ular rasmiy tarzda ishdan bo‘shatiladi. Davlat xizmatchilarining ko‘pchiligi uchun esa ishdan bo‘shatish jarayoni 60 kun davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Toshkentda "propiska" bekor qilindi

Prezident imzolagan yangi qonunda Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska olishdagi cheklovlar bekor qilindi.

Endilikda har bir fuqaro poytaxtda doimiy yashash huquqini olishi mumkin bo‘ladi — oldin faqat 12 toifadagi shaxslar bu huquqqa ega edi.

Yangi tartib:
— Ro‘yxatga olish bildirishnoma (xabardor qilish) asosida amalga oshiriladi;
— Fuqarolar yashash joyini hokimiyatdan ruxsat so‘ramay, faqat xabar berishi kifoya qiladi.

Qonun 2025-yil 11-oktyabrdan kuchga kiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍70🔥55👎2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chorvoqdagi Sea Breeze — ekologiyaga tahdid yoki o‘rinsiz havotir?

Har birimiz toza havo, cho‘milish havzasi, tog‘li manzara va qulay infrastrukturaga ega shahar shovqinidan holi qulay dam olish maskani haqida orzu qilamiz. Chorvoqda quriladigan Sea Breeze Uzbekistan yangi kurort majmuasi aynan shunday maskanga aylanishni va’da qilmoqda. Biroq bunday go‘zal manzara ortidan jamoatchilik va faollarning havotirlari, suvni ifloslantirish qo‘rquvi paydo bo‘ldi. Loyiha Toshkentning muhim suv ta’minoti manbai uchun haqiqatda zarar yoki yo‘q? Bunga oydinlik kiritamiz.

UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
6
Toshkent va Farg‘ona shaharlarida OTMga noqonuniy o‘qishga kiritish holatlari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Farg‘ona davlat universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroni boks bo‘yicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy ta’lim fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3800 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur o‘qituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1😁1
AQSH Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 million dollarlik mudofaa yordami ko‘rsatishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi — Reuters

Agentlikning yozishicha, bu mablag‘ Qo‘shma Shtatlarning 2026 yilgi mudofaa byudjeti bo‘yicha ovoz berish jarayoni doirasida ajratilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎3👍2
Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi

Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni bu diskvalifikatsiya taqiqlangan dori vositalarini qabul qilgani uchun emas, balki joylashuv bo‘yicha qoidalarga rioya qilmagani uchun berilganini qayd etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/ulug-bek-rashidov-diskvalifikatsiya-qilinganiga-izoh-berdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍31
Pentagon rahbari AQSHda dronlar ishlab chiqarilishi "minglab birliklarga" oshirilishini e’lon qildi

"Biz jangovar bo‘linmalarimizni Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan turli xil va arzon uchuvchisiz uchish qurilmalari bilan qurollantiramiz. AQSH qo‘shinlari dronlar yordamida jangovar harakatlar olib borishga tayyorgarlik ko‘radi. Bu — kelajak! Biz kurash ichidamiz!", — deya ta’kidladi Pit Hegset.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎1
Kuydirgi bo‘yicha qo‘shni mamlakatda vaziyat jiddiy - Sanepidqo‘mita

Kuydirgi kasalligining O‘zbekiston hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida 55 ta chegara punktida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/kuydirgi-bo-yicha-qo-shni-mamlakatda-vaziyat-jiddiy-sanepidqo-mita

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍1😁1
O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi borligi aytildi

"O‘zsuvta’minot" ma’lum qilishicha, 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida aholining ta’minot darajasi 81,5 foizga yetdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-aholining-suvdan-qancha-qarzi-borligi-aytildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Yevroittifoq Rossiya neftiga nisbatan “suzuvchi qiymat asosida narx chegarasi” belgilanishini maʼlum qildi — Bloomberg

Nashrning yozishicha, Yevropa Ittifoqi davlatlari Moskvaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi doirasida Rossiya neftiga belgilangan narx chegarasini pasaytirish imkoniyatini muhokama qilgan.

"Dastlab yangi narx chegarasini 45 dollar darajasida belgilash taklif etilgan, biroq bu taklifga Gretsiya, Malta va Kipr qarshi chiqqan. Ular o‘zlarining Rossiya neftini tashishda ishtirok etuvchi kemachilik kompaniyalari zarar ko‘rishidan xavotir bildirgan", deya xabar bermoqda Bloomberg .

Endilikda Bryusselda narx chegarasini “suzuvchi qiymat” asosida belgilash varianti ko‘rib chiqilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1😁1
O‘zbekiston va Pokiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik o‘rnatyapti

O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston mudofaa sanoati vaziri Hayat Harraj bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda mudofaa va mudofaa sanoati sohasidagi ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-va-pokiston-mudofaa-sanoati-sohasida-hamkorlik-o-rnatyapti

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2
Tuhmat va haqorat bo‘yicha ma’muriy ishlar ariza asosida qo‘zg‘atiladigan bo‘ldi

Ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar (xususan, tuhmat, haqorat qilish va boshqalar) faqat jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tuhmat-va-haqorat-bo-yicha-ma-muriy-ishlar-ariza-asosida-qo-zg-atiladigan-bo-ldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎32