UzReport.news
30K subscribers
83.5K photos
8.15K videos
8 files
79.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Prezident Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Yangi Kamolon mahallasida bo‘ldi

Yangi Kamolon mahallasida 4 ming 600 nafardan ziyod aholi yashaydi. 60 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida mahalla yoshlari ish bilan band. Bu yil hunarmandlar maskani, dala mahsulotlari va qandolatchilik do‘konlari, novvoyxona tashkil etildi, xususiy tibbiyot punkti ochildi. Natijada mahalla ishsizlikdan xoli hududga aylandi.

Shu yerda Shayxontohur tumani “Islohotlar shtabi” faoliyati to‘g‘risida axborot berildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shayxontohurda-xizmat-sohalari-drayver-bo-ladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍69👎1
YeK josuslikda gumon qilingan tarjimonning akkreditatsiyasini bekor qiladi

Yevropa kengashining Bryusseldagi yig‘ilishida bir ayol Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokidagi muzokaralarni yozib oldi, deb yozadi Le Monde gazetasi. Tarjimon Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilinmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yek-josuslikda-gumon-qilingan-tarjimonning-akkreditatsiyasini-bekor-qiladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

"24 million qoidabuzarlik, shundan 19 milliontasi tezlik bilan bog‘liq. Bu yerda nimadir noto‘g‘ri ishlayapti. Tezlik uchun cheklov joy, vaqt va zaruratiga qarab belgilanishi kerak. Masalan, magistral yo‘l, masofa uzoq, aholi yashash punkti emas, nega 130 yurish mumkinmas?

Qizilda o‘tish, cheklangan joyda ikki karra tez yurish, avariya xavfi yaratib qasddan tartibsiz harakat… marhamat, ayovsiz jarimani bosish kerak, lekin ayrim jazolar bo‘yicha haydovchilarning ham fikri bilan qiziqish zarur”, – deya yozdi Qodirov.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/alisher-qodirov-ishlab-chiqarilganiga-25-30-yildan-oshgan-mashinalarni-iste-moldan-chiqari

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍16👎42
AQShning Los-Anjeles shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha "Summer Slam" musobaqasi bo'lib o'tmoqda

Unda milliy terma jamoa a'zosi Nafosat Koziyeva ham ishtirok etmoqda.

UCI tasnifiga kiruvchi C2 klassidagi poygalarda hamyurtimiz uchta yo'nalish bo'yicha jahonning ko'zga ko'ringan sportchilari bilan bellashdi va jahon chempionati yo'lllanmasi uchun jamg'arib boriladigan qimmatli reyting ochkolarini qo'lga kiritdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar joriy etish sanasini aytdi

Mis Pentagonning eng koʻp ishlatiladigan metallaridan biri va bu ishlab chiqarish AQShga koʻchirilishi kerak, dedi Tramp.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-mis-importiga-50-foizlik-bojlar-joriy-etish-sanasini-aytdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1👎1😁1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldi.

Mamlakatimizda ijtimoiy davlat, ijtimoiy adolat tamoyillari ustuvor. Ushbu qadriyatlar asosida barcha hududlarda "Inson" markazlari ochilib, mehr va ko‘mak tizimi aholiga yaqinlashtirilmoqda. 
Markazda 12 toifadagi muhtoj insonlarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

Buning uchun muassasada zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Murojaatlarni qabul qilish, ehtiyojni baholash, xizmatni belgilash va xizmat ko‘rsatish jarayonlari insonlarga qulay tarzda yo‘lga qo‘yilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍582👎1
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi sanoat hududida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi

Mazkur hudud Beshqo‘rg‘on va Tirsakobod mahallalari hududida joylashgan bo‘lib, 320 gektar maydonni egallagan. Kichik sanoat zonasi maqomidagi ushbu majmua Prezidentning 2023-yil 3-iyuldagi qarori asosida tashkil etilgan. Unga muvofiq, transport, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasining yaxshilangani sanoat va tadbirkorlik rivojiga zamin yaratdi. 

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍63👎1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi industrial hududda joylashgan "Eman materials" korxonasida bo‘ldi

Davlat rahbari korxonadagi ish jarayonini ko‘zdan kechirib, mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Mebelsozlik tarmog‘ida mahalliylashtirish va qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha hali foydalanilmagan juda ko‘p imkoniyat borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu yerda Chilonzor tumanida tashkil etilgan "Islohotlar shtabi" faoliyati haqida axborot berildi. Aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan yangi takliflar va kutilayotgan natijalar ko‘rib chiqildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍562👎1
Yevroparlament Ursula fon der Leyenga ishonch bildirdi

Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Leyenga ishonch bildirish uchun hozir bo‘lgan 553 deputatdan 360 nafari yoqlab ovoz bergan, 175 nafari qarshi, 18 nafari esa betaraf qolgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevroparlament-ursula-fon-der-leyenga-ishonch-bildirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AGALAROV: PLYAJ UMUM FOYDALANISH UCHUN MO‘LJALLANGAN

“Ozarbayjonda yer olsangiz, qonun bo‘yicha dengiz qirg‘og‘idan 50 metrdan narida uy qurishingiz mumkin. Men yerni olganimda jamoat hududini saqlash maqsadida qurilish liniyasini dengiz qirg‘og‘idan tahminan 400-500 metr uzoqlikda o‘rnatdim. Xuddi shu konsepsiyani Chorvoq suv omborida ham qo‘llamoqchiman”, deydi Sea Breeze Resort & Residences loyihasi asoschisi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎84👍1
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

2025/2026 o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi ta’lim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10 avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ikkinchi-mutaxassislikka-qabul-boshlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍2
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiyaning “Bashakshehir” jamoasi futbolchisiga aylandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍7
Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Abu-Dabida uchrashdi

BAA poytaxtida Armaniston bosh vaziri Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Aliyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bir qator tahlilchilar fikricha, bu Rossiyaning Janubiy Kavkazdagi ta'siri zaiflashganidan dalolatdir.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/armaniston-va-ozarbayjon-rahbarlari-abu-dabida-uchrashdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
3🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bahraynda O‘zbekistonning turizm forumi: an’analar, ta’mlar va hamkorlik

Bahrayn Qirolligining poytaxtida O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan rang-barang turistik forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Forsiy ko‘rfazi davlatlaridagi roud-shou doirasida o‘tkazildi va mahalliy sayyohlik tashkilotlari hamda biznes vakillari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Ukrainani qayta qurish: Konferensiya 10 milliard yevro va'da qilmoqda

Ukrainani urushdan keyingi qayta tiklash bo‘yicha 4-xalqaro konferensiya ishtirokchilari Kiyevga 10 milliard yevrodan ortiq yordam ajratishga va’da berishdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ukrainani-qayta-qurish-konferensiya-10-milliard-yevro-vada-qilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Jasorat maktablari” uchun qabul imtihonlari o’tkazildi

2025-2026 o‘quv yilida “Jasorat maktablari”ga ikki bosqichli saralash orqali 5 408 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. 2-bosqichda o‘quvchilar jismoniy tayyorgarlikdan o‘tishadi. Ushbu sinovlarni o’tkazish uchun har bir maktabga 8 nafardan kam bo‘lmagan hakamlar biriktirilgan.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2👎1
Ulug‘bek Rashitov 2 yilga musobaqalardan chetlatildi

Xalqaro doping-test agentligi hisobotida aytilishicha, taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov so‘nggi bir yil ichida 3 bor o‘rnatilgan qoidalarni buzgan.

Shu bois, agentlik uni 2027-yil 12-mayga qadar musobaqalardan chetlatdi hamda 2025-yil 3-fevraldan buyon erishgan barcha shaxsiy natijalarini bekor qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎15👍4😱43😢1
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi

Donald Tramp AQSh, NATO va Ukraina o‘rtasida Kiyevni Amerika qurollari bilan ta’minlash bo‘yicha yangi kelishuv imzolanganini e’lon qildi. Respublikachiga ko‘ra, Vashington alyansga qurol sotadi, so‘ngra ularni Ukraina Qurolli kuchlariga tarqatadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-nato-ukraina-uchun-aqshdan-qurol-sotib-oladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1👍1👎1