UzReport.news
30K subscribers
83.5K photos
8.15K videos
8 files
79.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi Farobiy ko‘chasida yer ostidagi quvur portladi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, bugun 11:00 larda Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Farobiy ko‘chasi hududidan o‘tuvchi dastlabki taxminlarga ko‘ra diametri 800 mm suv quvirida kuchli bosim ostida yorilish hodisasi yuzaga kelgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😱52🔥1
UzReport.news
Toshkent shahridagi Farobiy ko‘chasida yer ostidagi quvur portladi Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, bugun 11:00 larda Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Farobiy ko‘chasi hududidan o‘tuvchi dastlabki taxminlarga ko‘ra diametri 800 mm…
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro yengil tan jarohti olgan va ularga voqea joyida tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Ularni shifoxonga olib borishga ehtiyoj bo‘lmaganligi sababli, o‘z uylariga ruxsat berilgan, deya xabar bermoqda FVV.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Yevropa Ittifoqi urush bo'lgan taqdirda asosiy xom ashyoni zaxiralashga chaqirdi

Dengiz osti kabellarining gumon qilingan sabotaji Yevropa xavfsizlik tizimidagi zaifliklarni ochib beradi. Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda kabellarni avariyaviy ta’mirlash to‘plamlari va xomashyo zaxirasini saqlashni tavsiya qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-urush-bolgan-taqdirda-asosiy-xom-ashyoni-zaxiralashga-chaqirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
ILMA qimor o‘yinlari sohasidagi qonunbuzarliklar uchun jarima miqdorlarini belgiladi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Stavkalar va o‘yinchilarning yagona davlat reyestrini yuritish tartibini tasdiqladi. Idora qimor o‘yinlarida qatnashishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatini belgiladi.

Shuningdek, nazorat organi qimor o‘yinlari, lotereyalar va bukmekerlik faoliyatini tashkil etishdagi qoidabuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarima miqdorlarini belgiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ilma-qimor-o-yinlari-sohasidagi-qonunbuzarliklar-uchun-jarima-miqdorlarini-belgiladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yozning chillasida odamlar metro faoliyatidan mamnunmi?

Toshkent metrosidan har kuni 1 millionga yaqin inson foydanalanadi. Metro juda qulay transport. Oxirgi 2 yilda metro liniyalari ham ko‘paydi. Bugun A nuqtadan B nuqtaga faqat yer osti emas, yer usti metrosida ham yetib olishimiz mumkin. Ammo shu kunlarda havo juda issiq.

Xo‘sh, mana shunday issiq ob-havoda metro odamlarga qanchalik qulay? Metro vagonlarining barchasida sovitgichlar bomi? Yo‘lovchilar metro faoliyatidan mamnunmi?

UzReport TV muxbiri shu mavzuda odamlar fikri bilan qiziqdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
AQSh BMT maxsus ma'ruzachisiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio BMTning Falastin hududlari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Francheska Albanezega nisbatan sanksiyalar joriy etilganini e'lon qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-bmt-maxsus-maruzachisiga-qarshi-sanksiyalar-kiritdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎52
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda 4 va 5 qavatli uylarga lift qo‘yiladi

O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 4 va 5 qavatli turar-joy binolarini lift bilan jihozlash bo‘yicha maxsus dastur ustida ish olib bormoqda. Bu loyiha yillar davomida ko‘plab fuqarolar uchun dolzarb bo‘lib kelgan muammoni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
3👍3
Abduvali Xoliqov Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori etib tayinlandi

Bungacha Abduvali Xoliqov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash va ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshlig’i vazifasida faoliyat yuritib kelgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Veolia Energy Toshkentda quvur yorilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplab beradi

Aniqlanishicha, ushbu holat rejaviy tadbir asosida o‘tkazilgan kommunal tarmoqdagi issiq suv tarmog‘ini bosim ostida tekshirish jarayonida yuzaga kelgan.

Hozirda issiqlik suv quvuridagi ushbu hodisa kommunal-texnik avariya-tiklash brigadasi kuch va vositalari bilan bartaraf etilib, nosozlik oqibatlarini tugatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/veolia-energy-toshkentda-quvur-yorilishi-tufayli-yetkazilgan-zararni-qoplab-beradi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍1
Yevropaning 12 shahrida so‘nggi jazirama tufayli 2,3 ming kishi halok bo‘ldi

Britaniya olimlari hisob-kitoblariga ko'ra, iqlim o'zgarishi Yevropaning yirik shaharlarida ortiqcha issiqlik bilan bog'liq o'limni uchdan ikkiga oshirdi. So‘nggi jazirama to‘lqini qurbonlarining eng ko‘p soni Milan, Parij va Barselonada qayd etilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropaning-12-shahrida-so-nggi-jazirama-tufayli-2-3-ming-kishi-halok-bo-ldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1👍1😁1😱1
O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi FIFA reytingida yuqoriladi

FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi eʼlon qilindi. Unga koʻra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oʻrnidan ikki pogʻona yuqorilab, 55-oʻrindan joy oldi. Shuningdek, milliy jamoamiz Osiyo jamoalari orasida 6-o‘rinni band etgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/o-zbekiston-milliy-futbol-terma-jamoasi-fifa-reytingida-yuqoriladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
3😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DXX Chegara qo‘shinlarining uchuvchisiz aviatsiya majmuasi foydalanishga topshirildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Orol dengizini qutqaruvchi dron ixtiro qilindi

O‘zbekistonda 7 mingdan ortiq yosh olimlarni birlashtirgan Yoshlar akademiyasi 2019-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. 2025-yilning 30-iyun kuni Xalqaro kongress markazida bo’lib o’tgan tadbirda davlat rahbari bir guruh iqtidorli yoshlar bilan uchrashib ularni mukofotlab, turli sohalardagi loyiha va kashfiyotlar bilan tanishgan edi. Shu kuni Prezidentga o’z loyihalarining taqdimotini o’tkazgan yoshlardan biri Sayfullo Qodirov bo’ldi.

Sayfullo Qodirov hozirda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining1-bosqich tayanch doktoranti.
U 3 ta real loyiha muallif hisoblanadi.

UzReport TV lavhasida yosh olim bilan bo'lib o'tgan eksklyuziv suhbatni tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍3
AQSh Ukrainaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni qayta tikladi

Amerika Ukrainaga artilleriya snaryadlari va mobil raketalarni yetkazib berishni tikladi, deb xabar berdi Reuters.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-ukrainaga-ayrim-turdagi-qurollarni-yetkazib-berishni-qayta-tikladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎3👍2
Toshkentda 26 ta ko‘cha tunu-kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, aholining turmush sharoitlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishmoqda.

Bu safargi yo‘nalish Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini qamrab oldi. Ularni Bunyodkor ko‘chasi bog‘lab turadi. Ushbu markaziy ko‘chada san’at va madaniyat maskanlari, turli idoralar, ko‘p qavatli uylar, supermarket va restoranlar joylashgan. Bu salohiyatdan foydalanib, uning 1,5 kilometr qismi xizmat ko‘rsatish va gastroturizm ko‘chasiga aylantirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/gastroturizm-bunyodkor-ko-chasining-fayzini-oshirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍531👎1
O‘zbekistonda 29 ta korxonalar ustun mavqega ega deb eʼtirof etildi

Ularga qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-29-ta-korxonalar-ustun-mavqega-ega-deb-e-tirof-etildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
2024-yilda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Shengen vizasi uchun 58,6 mingta ariza topshirildi

Bu o‘tgan yilga nisbatan 26,2 foizga ko‘p. Eng ko‘p ariza Germaniyaga yuborilgan (19 329 ta), ularning 78,7 foizi maʼqullangan. Eng yuqori rad etish darajasi Polshada kuzatilgan — har uchinchi ariza qabul qilinmagan. Shuningdek, Bolgariya eng oson viza olish mumkin bo‘lgan davlat sifatida qayd etilgan — u yerda viza berilish darajasi 133,4 foizni tashkil etgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/2024-yilda-o-zbekiston-fuqarolari-tomonidan-shengen-vizasi-uchun-58-6-mingta-ariza-topshir

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
UNAIDS: Sharqiy Yevropada OITS bilan bog'liq o'limlar ko'paymoqda

Jahon hamjamiyati OIVga qarshi kurashni kuchaytirishi kerak, deydi ekspertlar. 2024-yilda dunyo bo'ylab 630 ming kishi OITSdan vafot etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/unaids-sharqiy-yevropada-oits-bilan-bogliq-olimlar-kopaymoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website