UzReport.news
30K subscribers
83.5K photos
8.14K videos
6 files
79.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining o‘rinbosari Taxiatosh tumanida faoliyat olib borayotgan qizilmiya ildizlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan MCHJ rahbariga qizilmiya ildizini yetishtirishi uchun Beruniy tumani hududidan 150 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 12 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/beruniy-tumani-hokimi-o-rinbosari-12-ming-dollar-bilan-ushlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍4👎21
Tramp Ukrainaga mudofaa uchun qo‘shimcha qurollar yuborishga va’da berdi

Ukraina Rossiyaning kuchli hujumlaridan o'zini himoya qila olishi kerak, dedi Tramp. OAV xabarlariga ko‘ra, Amerika harbiy yordamining “muzlatilgan” qismini Ukrainaga yetkazib berish oliy darajadagi uchrashuvlardan so‘ng tiklanishi mumkin.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-ukrainaga-mudofaa-uchun-qo-shimcha-qurollar-yuborishga-va-da-berdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayol tadbirkorlarning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kompleks o‘quv dasturi ishlab chiqildi

BMT Taraqqiyot dasturi va “Hamroh” kompaniyasi Akseleratsiya dasturini ishga tushirmoqda. Ushbu loyiha imtiyozli kreditlar olgan va o‘z biznesini kengaytirmoqchi bo‘lgan ayol tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Dastur Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Turkiyada otishmada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

Turkiyada 35 yoshli o‘zbekistonlik ayol otishma oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi Aydin viloyatida joylashgan restoranda ofitsiant sifatida faoliyat yuritib kelgan. Yuz bergan otishmada u bosh qismidan og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/turkiyada-otishmada-o-zbekistonlik-ayol-halok-bo-ldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2😱1
Tramp Yevropa Ittifoqi tovarlariga bojlarni oshirishni yana kechiktirdi

YeI va AQSh oʻrtasida savdo kelishuviga erishishning yangi muddati 1-avgust. Tramp Yaponiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika va boshqa bir qator davlatlar uchun tariflarni oshirish haqidagi maktublarini chop etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-yevropa-ittifoqi-tovarlariga-bojlarni-oshirishni-yana-kechiktirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekiston turizmini arab davlatlarida targ’ib qilish Ummondan boshlandi

O‘zbekiston va G‘arbiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida madaniy va turizm sohasidagi hamkorlikning yangi sahifasi ochilmoqda. Bir qator ajoyib arab davlatlarida Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan yirik roud-shou bo‘lib o‘tmoqda. Birinchi manzil - Ummon sultonligining poytaxti - Masqat shahri.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
O‘zbekistonliklar uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizalarini olish soddalashtirilishi mumkin

Tashqi ishlar vazirligida VFS Global'ning mintaqaviy direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi. O‘zbekistonda konsulxona ochmagan mamlakatlarga viza rasmiylashtirish uchun Qozog‘istonga chiqib kelish zaruratini kamaytirish, buning uchun biometrik ma’lumotlarni O‘zbekistonning o‘zida topshirish, suhbatni esa onlayn o‘tkazish taklif qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonliklar-uchun-kanada-argentina-va-avstraliya-vizalarini-olish-soddalashtirilishi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4👍4
Axios: Isroil Eronga ehtimoliy yangi hujumga tayyorlanmoqda

Isroil Eron yadroviy dasturini qayta tiklashga urinsa, unga qarshi yangi zarbalar berishga tayyorlanmoqda. Netanyaxu atrofidagilar Tramp bunday hujumni “muayyan sharoitlarda” qo‘llab-quvvatlashi mumkinligiga ishonmoqda, deb yozadi Axios.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/axios-isroil-eronga-ehtimoliy-yangi-hujumga-tayyorlanmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎8
20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Muhammadali O‘rinboyev Yevropa klubida to‘p suradi

Muhammadali O‘rinboyev Belgiyaning «Royyal Antverpen» klubi futbolchisiga aylandi. «Buyuk qariyalar» «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/20-yoshli-o-zbekistonlik-futbolchi-muhammadali-o-rinboyev-yevropa-klubida-to-p-suradi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍72
O‘zbekistonning tashqi qarzi $4,3 mlrdga o‘sib, $68,4 mlrdga yetdi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi qarzi $4 mlrddan oshdi. Bu haqda Markaziy bankning mamlakat to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei va tashqi qarziga bag‘ishlangan sharhida keltirilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/o-zbekistonning-tashqi-qarzi-4-3-mlrdga-o-sib-68-4-mlrdga-yetdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎17
Netanyaxu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qildi

Isroil bosh vaziri Oq uyda kechki ziyofat chog‘ida “AQSh prezidenti bir mamlakatda, bir mintaqada birin-ketin tinchlik o‘rnatmoqda”, dedi. Donald Tramp G‘azoda tezda o‘t ochishni to‘xtatishni istashini ochiq aytdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/netanyaxu-tramp-nomzodini-tinchlik-bo-yicha-nobel-mukofotiga-taklif-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎23😁11😱1
Chet elda 3 oydan ko‘p bo‘lganlar OIVga majburiy tekshiriladi

Uzluksiz to‘qson kun va undan ortiq muddat davomida chet elda bo‘lib qaytgan o‘n sakkiz yoshdan oltmish yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikamizga kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Tegishli qonun deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👍1😁1
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

«O‘zgidromet» 9–11 iyul kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonning-5-ta-viloyatida-sel-xavfi-e-lon-qilindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“Green University”da Iqlim rezidensiyasining ochilishi va birinchi magistrlar bitiruv marosimi nishonlandi

“Green University” va Kolumbiya universitetining Barqaror rivojlanish markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum ham imzolandi. Ushbu hujjat iqlim siyosati, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohalarida yaqin akademik va tadqiqot hamkorligiga zamin yaratadi. Bu hamkorlik O‘zbekistonda "Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili" doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, mintaqadagi ilmiy va ta’lim salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/green-universityda-iqlim-rezidensiyasining-ochilishi-va-birinchi-magistrlar-bitiruv-marosi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👎1
AQSh “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhini terrorchilar sifatida qarashni to‘xtatdi

Donald Tramp ma’muriyati “Hayat Tahrir ash-Sham” guruhini xorijiy terrorchilik tashkiloti ro‘yxatidan olib tashladi. Bu qaror Vashington Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-hayat-tahrir-ash-shom-guruhini-terrorchilar-sifatida-qarashni-to-xtatdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7
O‘zbekistonning Serbiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

O'zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Shaxavdinov Serbiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik protokol rahbari Branko Radovanovichga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekistonning-serbiyadagi-birinchi-elchisi-tayinlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholash tizimi tubdan isloh qilinadi

Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholashda raqamli QR kodli yorliqlash, shuningdek, urug‘liklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar reyestrini yuritishga asoslangan yangi tizim joriy etiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qishloq-xo-jaligi-ekinlari-urug-liklarining-sifatini-baholash-tizimi-tubdan-isloh-qilinadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 100 dan oshdi

Birgina Kerr okrugida suv toshqini qurbonlari soni 84 kishiga yetdi, ulardan 28 nafari bolalar, dedi sherif idorasi. Yana 17 kishi qo‘shni tumanlarda halok bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/texasdagi-suv-toshqini-qurbonlari-soni-100-dan-oshdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi

O'zbekiston hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan to'liq tasarruf etiladi. "Yashil" loyihalar to'g'risidagi ma'lumotlar uglerod birliklari reyestriga kiritiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/issiqxona-gazlarining-chiqarilishi-cheklanadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Oliy darajada, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-va-rossiya-yetakchilari-savdo-iqtisodiy-hamkorlikni-yanada-kengaytirish-masala

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍52👎32