UzReport.news
30.1K subscribers
83.5K photos
8.14K videos
6 files
79.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Dam olish kunlari harorat asta-sekin pasaya boshlaydi

Dam olish kunlari issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi, biroq bu pasayish biroz bo‘ladi. Yakshanba kuni harorat kunduzi 38-41 daraja atrofida, janubda 42-44 darajagacha bo‘ladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/dam-olish-kunlari-harorat-asta-sekin-pasaya-boshlaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston va Ozarbayjon: barqaror ekologik hamkorlik yo‘lida

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanib, global iqlim muammolari sharoitida mintaqaviy o‘zaro aloqalarning muvaffaqiyatli namunasi sifatida e’tirof etilmoqda. So‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yangi strategik bosqichga ko‘tarilib, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatlarni qamrab olmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-va-ozarbayjon-barqaror-ekologik-hamkorlik-yo-lida

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bloomberg: Tramp oktyabr oyi oxirida Xitoyga tashrif buyurishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp oktabr oyi oxirida AQSh bosh direktorlari delegatsiyasi bilan Xitoyga tashrif buyurishi mumkin, deb xabar bermoqda Bloomberg manbalarga tayanib.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bloomberg-tramp-oktyabr-oyi-oxirida-xitoyga-tashrif-buyurishi-mumkin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Shavkat Mirziyoyev: Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlaymiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida nutq so'zladi.

"Bu kelishuv barcha muammolarni diplomatik va konstruktiv muzokaralar yo‘li bilan hal etish uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonamiz. Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik va ularni ishlatishdan tiyilish xalqaro xavfsizlikning eng dolzarb masalasi ekanini inobatga olib, dunyo hamjamiyatini yana bir bor yadro qurolidan xoli hududlar geografiyasini kengaytirishga chaqiramiz", deya ta'kidladi davlat rahbari.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-eron-va-isroil-o-rtasida-o-t-ochishni-to-xtatish-bo-yicha-erishilgan-ke

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍742
O‘zbekiston Prezidenti IHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini qayd etdi

Hozirgi geosiyosiy sharoitda muqobil transport yo‘laklarini shakllantirish strategik ustuvor vazifadir. Istiqbolli Transafg‘on yo‘lagiga tutashtirilishi mumkin bo‘lgan Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi keng mintaqadagi tranzit tarmoqlarini samarali bog‘lash imkonini berishi qayd etildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-iht-doirasidagi-hamkorlikni-yanada-rivojlantirishning-ustuvor-yo-na

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍391
Fransiyada ish tashlash sababli mingga yaqin reys bekor qilindi

Fransiyada aviadispetcherlar mehnat sharoitlarini yaxshilash talabi bilan ish tashlashmoqda. Bekor qilingan reyslar soni 900 dan oshdi va bir necha barobar ortishi mumkin.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/fransiyada-ish-tashlash-sababli-mingga-yaqin-reys-bekor-qilindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat rahbari Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida nutq so‘zladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2613🔥10😁1
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani Taxtaqoracha dovonidagi yer maydonlarida quruq o‘t yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu yong‘in Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘liga xavf solmagan. Dovonda ikki tomonlama avtomobillar harakati davom etmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/taxtaqoracha-dovonida-yong-in-chiqdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qildilar

Xonkendi shahridagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini qabul qilingan "yo‘l xaritasi" asosida yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-va-pokiston-yetakchilari-oliy-darajadagi-kelishuvlarning-amalga-oshirilishini-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍581
Moskvada Transneft top-menejeri o‘lik holda topildi

62 yoshli “Transneft” vitse-prezidenti Andrey Badalovning jasadi Rublevskoye shossesida joylashgan kvartirasi derazalari ostidan topildi. Huquqni muhofaza qilish organlarining dastlabki versiyasi o'z joniga qasd qilishdir.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/moskvada-transneft-top-menejeri-o-lik-holda-topildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4
Samarqandda Butunjahon turizm alyansi doirasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

Samarqandda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Butunjahon turizm alyansi rahbari Chjan Syu bilan uchrashdi. Muzokaralar turizm sohasining yetakchi vakillari ishtirok etgan “Ipak yo‘lida turizm” xalqaro muloqoti doirasida o‘tkazildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/samarqandda-butunjahon-turizm-alyansi-doirasidagi-hamkorlikni-kengaytirish-istiqbollari-mu

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
BND: Rossiya Ukrainada kimyoviy quroldan foydalanishni kengaytirmoqda

Ukraina Rossiyani janglarda ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatganlikda ayblaydi. G‘arb razvedka agentliklarida Rossiya hozirda Ukrainada xavfliroq kimyoviy urush agentlaridan foydalanayotgani haqida ma’lumotlar bor.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bnd-rossiya-ukrainada-kimyoviy-quroldan-foydalanishni-kengaytirmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6
O‘zbekistonlik yuk mashina haydovchilari Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

Migratsiya agentligi va Slovakiyaning "HUDOS s.r.o." korxonasi bo’sh ish o’rinlarini taklif etadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonlik-yuk-mashina-haydovchilari-slovakiyaga-ishga-taklif-qilinmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Samarqandda Inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bu uddaburon bosh mutaxassis o‘z xizmat xonasida 2500 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/samarqandda-inspeksiya-bosh-mutaxassisi-pora-bilan-qo-lga-tushdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4👍2
Zelenskiy va Tramp "muhim va samarali" telefon suhbati o‘tkazdi

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u Tramp bilan AQSH hamda Ukraina o‘rtasida mudofaa sohasida hamkorlik imkoniyatlarini, shuningdek, o‘zaro xaridlar va investitsiya masalalarini ham muhokama qilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-va-tramp-muhim-va-samarali-telefon-suhbati-o-tkazdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Buxoro viloyatining sobiq hokimi 88 yoshida vafot etdi

Davlat va jamoat arbobi Damir Salixovich Yodgorov uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 88 yoshida vafot etdi.

Uzreport.news tahririyati marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/buxoro-viloyatining-sobiq-hokimi-88-yoshida-vafot-etdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Mask yana AQSHda yangi partiya tuzish masalasini ko‘tardi

Milliarder X ijtimoiy tarmog‘ida AQSH Mustaqillik kuni munosabati bilan Amerika partiyasini tuzish zarurati haqida so‘rovnoma o‘tkazdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/mask-yana-aqshda-yangi-partiya-tuzish-masalasini-ko-tardi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi

Xizmat tekshiruvi natijasida, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasining besh nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo tayinlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/farg-onada-ypx-xodimlari-malibu-ning-jarimalarini-asossiz-bekor-qilib-kelgani-aniqlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥7
Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi — Axios

Manbalardan biriga ko‘ra, Tramp Zelenskiyga, Qo‘shma Shtatlardan Ukrainaga qanday qurollar yetkazib berish to‘xtatilganini tekshirib ko‘rishini aytgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-ukrainaga-havo-hujumidan-mudofaa-masalasida-yordam-bermoqchi-axios

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Diyora Keldiyorova IJF Atletlar komissiyasi a’zoligiga saylandi

Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Atletlar komissiyasi uchun saylov o‘tkazildi. Unda jahonning turli qit’alaridan 20 nafar nomzod ishtirok etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/diyora-keldiyorova-ijf-atletlar-komissiyasi-a-zoligiga-saylandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1