UzReport.news
30K subscribers
83.5K photos
8.14K videos
6 files
79.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Bokuda qo'lga olingan ruslar to‘rt oyga hibsga olindi

Boku sudining qaroriga ko‘ra, qo‘lga olinganlar “narkotik kontrabandasi bilan shug‘ullangan ikki uyushgan jinoiy guruhga a’zo bo‘lgan”. Rossiyada Yekaterinburgdagi ozarbayjon diasporasi rahbari Shahin Shixlinskiy guvoh sifatida so‘roq qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bokuda-qolga-olingan-ruslar-to-rt-oyga-qamaldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍31
Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi

Bola turli xil og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaning jonlashtirish bo‘limiga yotqizilgan. Ayni paytda holat bo'yicha Chilonzor tuman IIO FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentdagi-bog-chada-besh-yoshli-bola-2-qavatdan-tushib-ketdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev "Zagulba" qarorgohida tor doirada uchrashuv o'tkazdi

O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tashrif davomida Boku shahrida "O‘zbekiston" bog‘i qurilishiga start beriladi va mamlakatimizning Ozarbayjondagi elchixonasi yangi binosi ochiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-va-ilhom-aliyev-zagulba-qarorgohida-tor-doirada-uchrashuv-otkazdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍411👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍50
O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi

2025-yilning 2-iyulidan boshlab, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning yillik daromadlari 100 mln so‘mdan oshganda, ular to‘lashi lozim bo‘lgan soliqlar soliq organlarining xabarnomasi asosida yuridik shaxslar (soliq agenti) – ya’ni agregatorlar tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/air-china-aviakompaniyasiga-o-zbekistonga-muntazam-aviaqatnovlarni-amalga-oshirish-uchun-r

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1
Tramp: Isroil G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Isroil 60 kunlik sulh bo‘yicha yangilangan taklifni ma’qullagan. Endi navbat Falastinning HAMAS harakatida.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-isroil-g-azoda-o-t-ochishni-to-xtatishga-rozi-bo-ldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Berlinda O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan “Sommerfest 2025” bayram tadbiri o‘tkazildi

O'zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida Germaniya sayyohlik agentliklari uyushmasi bilan hamkorlikda “Sommerfest-2025” festivali o‘tkazildi.

Ushbu festival O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib etish hamda soha vakillari bilan xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirning rasmiy ochilishida mamlakatimiz elchisi Dilshod Axatov mehmonlarga O‘zbekistonning turizm salohiyati, sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, investorlar uchun yaratilgan qulaylik va imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Boku shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildilar

Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍581
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdilar.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida O‘zbekiston Prezident Ilhom Aliyev rahbarligida Ozarbayjonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar va mamlakat erishayotgan yuksak natijalardan chin dildan xursand ekanini ta’kidladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍612
“Air China” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi

Pekin-Toshkent-Pekin va Urumchi-Toshkent-Urumchi yoʻnalishlarida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish foydalanish ruxsatnomasi rasmiylashtirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/air-china-aviakompaniyasiga-o-zbekistonga-muntazam-aviaqatnovlarni-amalga-oshirish-uchun-r

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida Boku shahrida "O‘zbekiston" bog‘iga tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Yangi bog‘ poytaxtning nufuzli va jadal rivojlanayotgan "Oq shahar" mavzesidan o‘rin oldi.

Loyihaga ko‘ra, 4,5 gektar maydonda O‘zbekistonning boy madaniyati va an’analarini namoyish etadigan ulkan majmua barpo etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍602
Prezidentlar O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi yangi binosini ochdilar

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida mamlakatimizning Boku shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍482
O‘zbekiston Prezidenti "Sea Breeze" kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining birinchi kuni yakunida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida "Sea Breeze" dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif chog‘ida Kaspiy dengizining g‘arbiy sohilidagi ushbu yirik xalqaro sayyohlik markazi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍532
Kallas Xitoydagi kompaniyalarni urushda Rossiyaga yordam berishni to'xtatishga chaqirdi

Pekin Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga “barcha moddiy yordam ko‘rsatishni darhol to‘xtatishi kerak”, dedi Yevropa Ittifoqi oliy vakili.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kallas-xitoydagi-kompaniyalarni-urushda-rossiyaga-yordam-berishni-toxtatishga-chaqirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁31
JSST issiq havodan himoyalanish bo'yicha tavsiyalarni e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi jazirama juda tez xastalashi yoki hatto o‘limga olib kelishi mumkinligini eslatdi, shuning uchun issiqlik haqidagi har qanday ogohlantirish tezkor choralar ko‘rish uchun signal bo‘lishi kerak.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/jsst-issiq-havodan-himoyalanish-boyicha-tavsiyalarni-e-lon-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Eron ikki fransuzni Mossad uchun josuslikda aybladi

Tehron Fransiyaning ikki fuqarosi Sesil Koler va Jak Parini Isroil milliy razvedka xizmati Mossadda ishlaganlikda aybladi, deb xabar bermoqda AFP diplomatik manbaga tayanib.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/eron-ikki-fransuzni-mossad-uchun-josuslikda-aybladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan 6 oy davomida 2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo’yildi

2025-yilning 6 oyi davomida giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun 4 195 nafar shaxs ushlangan. Ulardan 1 tonna 882 kg giyohvandlik vositalari olingan. Shuningdek, 894 255 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilingan. Bu haqda AOKA da tashkil etilgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati ma'suli ma'lum qildi. Bu haqda UzReport TV muxbiri xabar berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

Hukumatning shu yil 30-iyundagi qaroriga muvofiq O‘zbekistonda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi. Yangi qoidalarga ko‘ra, tashkil etilayotgan OTMning taʼlim jarayoniga mo‘ljallangan bino va inshootlari maydoni 5 ming kv/metrdan kam bo‘lmasligi lozim.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-nodavlat-otmlar-faoliyatini-litsenziyalashning-qo-shimcha-shartlari-belgilan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Kiyev uchun qurol: AQSh Kongressi vaziyatga oydinlik kiritishni so‘ramoqda

Respublikachi Fitspatrik Oq uy va Mudofaa vazirligidan Pentagon Kiyevga yetkazib berilayotgan qurol-yarog‘larning bir qismini muzlatib qo‘ygani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritish uchun brifing o‘tkazishni so‘radi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kiyev-uchun-qurol-aqsh-kongressi-vaziyatga-oydinlik-kiritishni-so-ramoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bokuda "Made in Uzbekistan" brendi ostida doimiy shourum ochildi

1500 kv. metr maydonda joylashgan ushbu shou-rumda “Made in Uzbekistan” brendi ostida elektrotexnika, to‘qimachilik, charm sanoati mahsulotlari, qurilish materiallari va mebel mahsulotlari namoyish etilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/bokuda-made-in-uzbekistan-brendi-ostida-doimiy-shourum-ochildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1