UzReport.news
29.9K subscribers
83.5K photos
8.15K videos
8 files
79.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kanallar atrofidagi maydonlarda yil davomida mahsulot yetishtirmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Dala chetlari, kanallar, sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda belgilangan muddatda ekin ekmaganlik va yil davomida mahsulot yetishtirmaganlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin. Bu haqdagi tegishli qonun loyihasi Qonunchilik palatasida muhokama qilindi. Bu haqda UzReport TV muxbiri xabar berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1🔥1🤩1
"Zagulba" qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti tantanali kutib olindi

"Zagulba" qarorgohida Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan kelgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/zagulba-qarorgohida-o-zbekiston-prezidenti-tantanali-kutib-olindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍29👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Bokuda tantanali kutib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍40👎1
Bokuda qo'lga olingan ruslar to‘rt oyga hibsga olindi

Boku sudining qaroriga ko‘ra, qo‘lga olinganlar “narkotik kontrabandasi bilan shug‘ullangan ikki uyushgan jinoiy guruhga a’zo bo‘lgan”. Rossiyada Yekaterinburgdagi ozarbayjon diasporasi rahbari Shahin Shixlinskiy guvoh sifatida so‘roq qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bokuda-qolga-olingan-ruslar-to-rt-oyga-qamaldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍31
Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi

Bola turli xil og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaning jonlashtirish bo‘limiga yotqizilgan. Ayni paytda holat bo'yicha Chilonzor tuman IIO FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentdagi-bog-chada-besh-yoshli-bola-2-qavatdan-tushib-ketdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev "Zagulba" qarorgohida tor doirada uchrashuv o'tkazdi

O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tashrif davomida Boku shahrida "O‘zbekiston" bog‘i qurilishiga start beriladi va mamlakatimizning Ozarbayjondagi elchixonasi yangi binosi ochiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-va-ilhom-aliyev-zagulba-qarorgohida-tor-doirada-uchrashuv-otkazdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍411👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍50
O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi

2025-yilning 2-iyulidan boshlab, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning yillik daromadlari 100 mln so‘mdan oshganda, ular to‘lashi lozim bo‘lgan soliqlar soliq organlarining xabarnomasi asosida yuridik shaxslar (soliq agenti) – ya’ni agregatorlar tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/air-china-aviakompaniyasiga-o-zbekistonga-muntazam-aviaqatnovlarni-amalga-oshirish-uchun-r

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1
Tramp: Isroil G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Isroil 60 kunlik sulh bo‘yicha yangilangan taklifni ma’qullagan. Endi navbat Falastinning HAMAS harakatida.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-isroil-g-azoda-o-t-ochishni-to-xtatishga-rozi-bo-ldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Berlinda O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan “Sommerfest 2025” bayram tadbiri o‘tkazildi

O'zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida Germaniya sayyohlik agentliklari uyushmasi bilan hamkorlikda “Sommerfest-2025” festivali o‘tkazildi.

Ushbu festival O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib etish hamda soha vakillari bilan xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirning rasmiy ochilishida mamlakatimiz elchisi Dilshod Axatov mehmonlarga O‘zbekistonning turizm salohiyati, sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, investorlar uchun yaratilgan qulaylik va imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Boku shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildilar

Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍581
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdilar.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida O‘zbekiston Prezident Ilhom Aliyev rahbarligida Ozarbayjonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar va mamlakat erishayotgan yuksak natijalardan chin dildan xursand ekanini ta’kidladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍612
“Air China” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi

Pekin-Toshkent-Pekin va Urumchi-Toshkent-Urumchi yoʻnalishlarida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish foydalanish ruxsatnomasi rasmiylashtirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/air-china-aviakompaniyasiga-o-zbekistonga-muntazam-aviaqatnovlarni-amalga-oshirish-uchun-r

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida Boku shahrida "O‘zbekiston" bog‘iga tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Yangi bog‘ poytaxtning nufuzli va jadal rivojlanayotgan "Oq shahar" mavzesidan o‘rin oldi.

Loyihaga ko‘ra, 4,5 gektar maydonda O‘zbekistonning boy madaniyati va an’analarini namoyish etadigan ulkan majmua barpo etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍602
Prezidentlar O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi yangi binosini ochdilar

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida mamlakatimizning Boku shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍482
O‘zbekiston Prezidenti "Sea Breeze" kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining birinchi kuni yakunida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida "Sea Breeze" dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif chog‘ida Kaspiy dengizining g‘arbiy sohilidagi ushbu yirik xalqaro sayyohlik markazi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍532
Kallas Xitoydagi kompaniyalarni urushda Rossiyaga yordam berishni to'xtatishga chaqirdi

Pekin Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga “barcha moddiy yordam ko‘rsatishni darhol to‘xtatishi kerak”, dedi Yevropa Ittifoqi oliy vakili.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kallas-xitoydagi-kompaniyalarni-urushda-rossiyaga-yordam-berishni-toxtatishga-chaqirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁31
JSST issiq havodan himoyalanish bo'yicha tavsiyalarni e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi jazirama juda tez xastalashi yoki hatto o‘limga olib kelishi mumkinligini eslatdi, shuning uchun issiqlik haqidagi har qanday ogohlantirish tezkor choralar ko‘rish uchun signal bo‘lishi kerak.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/jsst-issiq-havodan-himoyalanish-boyicha-tavsiyalarni-e-lon-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1