UzReport.news
29.9K subscribers
83.6K photos
8.16K videos
8 files
79.9K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
O‘zbekiston CAMI tashabbusining 2026–2032-yillardagi rahbari etib saylandi

Toshkentda Markaziy Osiyoda sut emizuvchi hayvonlarni himoya qilish tashabbusi (CAMI) mamlakatlarining uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Bu tadbir yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro Konvensiya (CMS) doirasida tashkil etildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-cami-tashabbusining-2026-2032-yillardagi-rahbari-etib-saylandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👎1
Xalqaro valyuta jamg'armasi Ukrainaga yarim milliard dollarlik transhni ma'qulladi

Ukraina Xalqaro valyuta jamg‘armasidan yana yarim milliard AQSh dollari miqdorida kredit transhi oladi. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi Direktorlar kengashi Kiyevga Kengaytirilgan jamg‘arma dasturi orqali ushbu transhni ajratishni ma’qulladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/xalqaro-valyuta-jamgarmasi-ukrainaga-yarim-milliard-dollarlik-transhni-maqulladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Iyul oyida O'zbekistonda qanday ob-havo bo'ladi?

"O'zgidromet" xizmatining xabar berishicha, O‘zbekistonda bu yilgi iyul o‘rtacha yillik qiymatlardan biroz issiqroq o‘tadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/iyul-oyida-ozbekistonda-qanday-ob-havo-boladi-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mutaxassislar Rossiya va Ukrainada iqtisodiy vaziyat yomonlashishini bashorat qilmoqda

Vena Xalqaro Iqtisodiy Tadqiqotlar Instituti prognoziga ko'ra, Rossiya yalpi ichki mahsulotining o'sishi joriy yilda yarmiga sekinlashadi va 2 foizni tashkil qiladi. Ukraina iqtisodiyoti 2,5 foizga o'sishi kutilmoqda, bu bahorgi prognozdan 0,5 foiz punktga past.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/mutaxassislar-rossiya-va-ukrainada-iqtisodiy-vaziyat-yomonlashishini-bashorat-qilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2-4-iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 2-3-iyul kunlari Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
47
Raqamli texnologiyalar sohasidagi rejalar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va telekommunikatsiya sohalaridagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar rivoji uchun yaratilgan keng imkoniyatlar katta natijalar olib keldi. IT-park rezidentlari 2 ming 800 dan oshdi, xorijiy kompaniyalar 752 taga yetdi. Bu sohada 40 ming nafar yoshlar yuqori daromad topayapti.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/raqamli-texnologiyalar-sohasidagi-rejalar-taqdimot-qilindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍8170👎1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Davlat rahbari sport federatsiyalari faoliyatini samarali tashkil etish, hududlarda soha infratuzilmasini yaxshilash, sportchi va murabbiylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
86👍67👎1
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo'llash bo'yicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi belgilandi

Tasdiqlangan dastlabki qarorga YAAT orqali avtomatik ravishda matrisali shtrix kod (QR-kod) qo'yiladi.

Dastlabki qaror asosida O'zbekistonning istalgan bojxona postida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish mumkin.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/tovarlarga-nisbatan-imtiyozlarni-qollash-boyicha-bojxona-organlarining-dastlabki-qarorlari

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
DXX: 3 mln AQSH dollari miqdorida kredit olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Tezkor tadbir davomida, fuqaroga go‘yoki o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, unga kredit mablag‘ini ajratib berishni vaʼda qilgan mazkur noqonuniy kelishuvning bosh tashkilotchisi – Urganch shahrida yashovchi shaxs protsessual tartibda ushlandi. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dxx-3-mln-aqsh-dollari-miqdorida-kredit-olib-bermoqchi-bo-lgan-firibgarlar-ushlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6😁3👍2
AQSh Ukrainaga va'da qilingan o'q-dorilarning bir qismini yetkazib berishni to'xtatdi

Pentagon AQShning oʻzida bu qurollardan juda kamligidan xavotirga tushib, Kiyevga Patriot havo mudofaa raketalari, Hellfire raketalari va boshqa artilleriya oʻq-dorilarini yetkazib berishni muzlatib qoʻydi, deb yozadi Politico.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-ukrainaga-vada-qilingan-oq-dorilarning-bir-qismini-yetkazib-berishni-toxtatdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👎1
Yakkabog‘ va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Abdinabi Gʻiyosov Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani hokimi etib, Davronbek Sattarov esa Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi etib tayinlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/yakkabog-va-paxtaobod-tumanlariga-yangi-hokimlar-tayinlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍2👎2
Makron va Putin 2022-yildan beri birinchi marta telefonda gaplashdi

Ikki soat davom etgan suhbat davomida Fransiya prezidenti Putinni Ukrainaga qarshi “imkon qadar tezroq” o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga chaqirdi. Tomonlar Yaqin Sharqdagi vaziyatni ham muhokama qildilar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/makron-va-putin-2022-yildan-beri-birinchi-marta-telefonda-gaplashdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Tashrif dasturiga muvofiq, Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Mamlakatimiz yetakchisi Xonkendi shahrida o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ham ishtirok etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2616🔥9
AQSh USAID dasturlarini rasman yopdi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining ayrim funksiyalari Davlat departamentiga o‘tkazildi, dedi davlat kotibi Marko Rubio. Olimlarning fikricha, USAIDning yopilishi 14 million odamning o‘limiga olib kelishi mumkin.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-usaid-dasturlarini-rasman-yopdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Migratsiya agentligi hamda Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi masʼullari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan fuqarolarni legallashtirish bo‘yida muzokaralar o‘tkazildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/turkiyadagi-deportatsiya-markazlaridan-50-nafar-o-zbekistonlik-ayol-vatanga-qaytarildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Haydovchilar YPX xodimiga guvohnomasi va pasportining raqamli nusxalarini ko‘rsata olmaydi

Haydovchilar YPX xodimlariga pasport yoki ID-kartasining asl nusxasini taqdim etishi shart, bu tartib 1 iyuldan keyin ham o‘zgarishsiz qoladi, deya maʼlum qildi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/haydovchilar-ypx-xodimiga-guvohnomasi-va-pasportining-raqamli-nusxalarini-ko-rsata-olmaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁1
OAV: AZAL samolyotini urib tushirish buyrug'ini Rossiya Havo mudofaasi kapitani bergan

Embraer 190 layneriga o‘t ochish buyrug‘ini Havo hujumidan mudofaa bo‘limi kapitani Dmitriy Paladichuk bergan, bu haqda Minval nashri qo‘lga kiritgan qo‘mondonlik xatida yozilgan. OAV Paladichukning muallifligini tasdiqladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/oav-azal-samolyotini-urib-tushirish-buyrugini-rossiya-havo-mudofaasi-kapitani-bergan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎6😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rieltorlik faoliyati tartibga solinmoqda

Yakka tartibdagi tadbirkor va o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar “ko‘chmas mulk bo‘yicha agent” sifatida rieltorlik bilan shug‘ullanishi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilingan “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risidagi” qonun loyihasida so‘z boradi.

Qonun tashabbuskorlariga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi bilan norasmiy vositachilar, ya'ni maklerlarning yashirin bozori qisqaradi. Shuningdek, bankdan tashqari aylanma kamayadi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Jahon banki O‘zbekistonning 12 yillik iqtisodiy rivojlanishini o‘rgandi

Qayd etilishicha, 2010-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda aholi jon boshiga qo‘shilgan qiymatning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 4,2 foizni tashkil etib, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi, shuningdek, o‘rta daromadli mamlakatlar guruhidagi past daromadli mamlakatlar o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘ldi.

Biroq, ushbu o‘sish ko‘proq asosiy kapitalga investitsiyalar – binolar, asbob-uskunalar, infratuzilma va tovarlar hamda xizmatlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan boshqa ishlab chiqarish vositalari kabi uzoq muddatli moddiy aktivlarga sarmoyalar hisobiga ta’minlandi. Shu bilan birga, 2017-2022-yillarda iqtisodiy o‘sish bilan bir vaqtda yetarli miqdorda ish o‘rinlari yaratilmagan. Faqat 2023-2024-yillarda mehnat bozoridagi vaziyat yaxshilana boshladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/jahon-banki-o-zbekistonning-12-yillik-iqtisodiy-rivojlanishini-o-rgandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1😁1
Zelenskiy Moskva va Boku o‘rtasidagi ziddiyat sharoitida Aliyevni qo‘llab-quvvatladi

Ukraina prezidenti avvalroq Yekaterinburgda hibsga olingan Ozarbayjon fuqarolari aka-uka Safarovlarning vafoti munosabati bilan Ilhom Aliyevga hamdardlik bildirib, ularning o‘limini “qotillik” deb atadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-moskva-va-boku-o-rtasidagi-ziddiyat-sharoitida-aliyevni-qo-llab-quvvatladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁112