UzReport.news
29.9K subscribers
83.5K photos
8.15K videos
8 files
79.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar kuni munosabati bilan konsert dasturi tashkil etildi

Poytaxtimizdagi Forumlar saroyida katta konsert dasturi tashkil etildi. Unda mamlakatimizning eng ilg'or, har tomonlama yetakchi o’g’il-qizlari ishtirok etdi. O‘ziga xos ruhda, ko‘tarinki kayfiyat va milliylik bilan yo‘g‘rilgan konsert dasturi tarixiy shaxslar siymosini o’zida aks ettirgan aktyorlar chiqishi bilan boshlandi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎1
Bugundan mahalliy yo‘nalishlarda parvoz qilish uchun pasportning originali shart bo‘lmaydi

1-iyuldan boshlab O‘zbekiston aeroportlarida ichki reyslar uchun yangi tartib joriy etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolar ichki aviaparvozlar uchun aeroportda ro‘yxatdan o‘tishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron variantidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/bugundan-mahalliy-yo-nalishlarda-parvoz-qilish-uchun-pasportning-originali-shart-bo-lmaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishni yana bir bor osonlashtiradi

Bryussel Kiyev bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. Ular 2028-yilgacha ayrim tovarlar savdosini to‘liq liberallashtirish, boshqa tovarlar uchun kvotalarni oshirish va Ukrainani Yevropa Ittifoqi standartlariga yaqinlashtirishga kelishib oldilar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-ukrainaga-qishloq-xo-jaligi-mahsulotlarini-import-qilishni-yana-bir-bor-o

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👍1
Namanganda qalbaki valyuta sotuvchilar qo‘lga olindi

Kosonsoyda qalbaki 20 ming AQSH dollarini haqiqiy 14 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi. Tezkor tadbir davomida unga qalbaki valyutani bergan shaxslar ham qo‘lga olindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/namanganda-qalbaki-valyuta-sotuvchilar-qo-lga-olindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Toshkentga 200 ta yangi Yutong avtobusi olib kelinadi

Yaqin kunlarda Toshkent shahriga “Yutong Co. Ltd.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 200 dona yangi elektrobuslar olib kelinishi kutilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati ma'lum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentga-200-ta-yangi-yutong-avtobusi-olib-kelinadis

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Tramp Suriyaga qarshi 2004-yildan beri joriy qilingan sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga qarshi 2004-yildan beri amalda bo‘lgan sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Oq uy rasmiy saytida.

Ijroiya qarori, xususan, ayrim tovarlar bo'yicha eksport nazoratini yumshatishga imkon beradi va Suriyaga xorijiy yordam bo'yicha cheklovlarni olib tashlaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-suriyaga-qarshi-2004-yildan-beri-joriy-qilingan-sanksiyalarni-bekor-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ozarbayjon parlamenti delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Xiva shahri birinchi O‘zbekiston — Xiva parlamentlararo forumiga mezbonlik qilmoqda. Shu munosabat bilan Ozarbayjon Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Xiva shahriga keldi. Bu haqda UzReport TV muxbiri xabar berdi.

Mazkur forum ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni, xususan, parlamentlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Prezident maktablari kirish imtihonlari birinchi bosqichi 6-iyulda bo‘lib o‘tadi

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) o‘tkaziladi. Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/prezident-maktablari-kirish-imtihonlari-birinchi-bosqichi-6-iyulda-bo-lib-o-tadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirdi

Ukrainaga qarshi urushini davom ettirayotgan Rossiyaga qarshi Yevropa Ittifoqining iqtisodiy sanksiyalari 2026-yilning yanvar oyi oxirigacha uzaytirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-rossiyaga-qarshi-iqtisodiy-sanksiyalarni-uzaytirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👍1😁1
Nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilandi

Qarorga ko'ra, proaktiv shaklda pensiya tayinlangan yoki tayinlash rad etilgani to'g'risidagi ma'lumotlar fuqarolarga SMS-xabar ko'rinishida yuboriladi.

Bunda SMS-xabarni yetkazish imkoni bo'lmaganda xabarlar respublika byudjeti mablag'lari hisobidan fuqaroning yashash manziliga yetkazib beriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/nogironlik-pensiyasini-proaktiv-shaklda-tayinlash-tartibi-belgilandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
Kim Chen In Ukrainada halok bo‘lgan KXDR askarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Pxenyandagi tantanali marosimda KXDR yetakchisi Ukrainaga qarshi Rossiya Federatsiyasi tomonida jang qilgan askarning tobutiga bayroq qo‘ydi. Marosim Rossiya bilan strategik sheriklik shartnomasi imzolanganining bir yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kim-chen-in-ukrainada-halok-bo-lgan-kxdr-askarlari-xotirasiga-hurmat-bajo-keltirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎5🔥1
Haqiqiy jazirama issiq kunlar boshlanish arafasida. O'zgidromet ogohlantirmoqda

2-5 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/haqiqiy-jazirama-issiq-kunlar-boshlanish-arafasida-ozgidromet-ogohlantirmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Markaziy bank kredit tashkilotlarini insofsiz amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

Markaziy bank maʼlum qilishicha, isteʼmolchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek moliyaviy xizmatlar bozorida adolatlilikni taʼminlash maqsadida kredit tashkilotlari faoliyatida kuzatilayotgan insofsiz amaliyotlar bo‘yicha yana bir misol kredit tashkilotlariga yuborilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/markaziy-bank-kredit-tashkilotlarini-insofsiz-amaliyotlarni-to-xtatishga-chaqirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍2
Tramp Maskga Tesla subsidiyalarini tekshirish bilan tahdid qilmoqda

AQSh prezidenti va Ilon Mask o‘rtasidagi ziddiyat yana avj oldi. Tramp amerikalik milliarderning Tesla va boshqa kompaniyalariga ajratilgan subsidiyalarni tekshirish bilan tahdid qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-maskga-tesla-subsidiyalarini-tekshirish-bilan-tahdid-qilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Iyun oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,2 % ga pasaygan

Yillik Isteʼmol narxlari indeksi 108,7 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga (2024 yil iyun — 110,6 %) nisbatan 1,9 foiz bandga pasaydi.

Iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,1 % ga pasaygan, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 % ga oshgan, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,8 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/iyun-oyida-iste-mol-sektoridagi-tovarlar-va-xizmatlar-narxlari-o-rtacha-0-2-ga-pasaygan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston CAMI tashabbusining 2026–2032-yillardagi rahbari etib saylandi

Toshkentda Markaziy Osiyoda sut emizuvchi hayvonlarni himoya qilish tashabbusi (CAMI) mamlakatlarining uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Bu tadbir yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro Konvensiya (CMS) doirasida tashkil etildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-cami-tashabbusining-2026-2032-yillardagi-rahbari-etib-saylandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👎1
Xalqaro valyuta jamg'armasi Ukrainaga yarim milliard dollarlik transhni ma'qulladi

Ukraina Xalqaro valyuta jamg‘armasidan yana yarim milliard AQSh dollari miqdorida kredit transhi oladi. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi Direktorlar kengashi Kiyevga Kengaytirilgan jamg‘arma dasturi orqali ushbu transhni ajratishni ma’qulladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/xalqaro-valyuta-jamgarmasi-ukrainaga-yarim-milliard-dollarlik-transhni-maqulladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Iyul oyida O'zbekistonda qanday ob-havo bo'ladi?

"O'zgidromet" xizmatining xabar berishicha, O‘zbekistonda bu yilgi iyul o‘rtacha yillik qiymatlardan biroz issiqroq o‘tadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/iyul-oyida-ozbekistonda-qanday-ob-havo-boladi-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mutaxassislar Rossiya va Ukrainada iqtisodiy vaziyat yomonlashishini bashorat qilmoqda

Vena Xalqaro Iqtisodiy Tadqiqotlar Instituti prognoziga ko'ra, Rossiya yalpi ichki mahsulotining o'sishi joriy yilda yarmiga sekinlashadi va 2 foizni tashkil qiladi. Ukraina iqtisodiyoti 2,5 foizga o'sishi kutilmoqda, bu bahorgi prognozdan 0,5 foiz punktga past.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/mutaxassislar-rossiya-va-ukrainada-iqtisodiy-vaziyat-yomonlashishini-bashorat-qilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2-4-iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 2-3-iyul kunlari Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
47