UzReport.news
29.9K subscribers
83.5K photos
8.15K videos
8 files
79.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Eron bilvosita Trampni o‘lim bilan qo‘rqitdi

Eronlik qudratli oyatulloh Trampga Eron oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiyga tahdidlar o‘lim bilan jazolanishini eslatdi. Tramp avvalroq Xomanaiyni oson nishon deb atagan, biroq AQSh hozircha uni o‘ldirmasligini aytgan edi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/eron-bilvosita-trampni-o-lim-bilan-qo-rqitdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍7
“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq, Saloxiddin Ziyaviddinovich Nasirov “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining operatsion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/uzbekistan-airports-aksiyadorlik-jamiyati-boshqaruvi-raisining-birinchi-o-rinbosari-tayinl

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👎1
Bir guruh shaxslar avtomashina yetkazishni vaʼda qilib, odamlarni chuv tushirib kelgani aniqlandi

IIV huzuridagi Tergov departamenti maʼlum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda past foizda (6–12%) avtomashina yetkazishni vaʼda qilgan shaxslar Toshkent va mamlakatning turli hududlarida bir qancha MCHJlar nomi ostida faoliyat yuritib, fuqarolardan avans shartnomalarini tuzib, ularni bajarmasdan mablag‘larni o‘zlashtirib kelganlar.

Suratdagi shaxslarning jinoiy faoliyatidan xabardor bo‘lgan, shuningdek yuqoridagi MCHJlarning noqonuniy faoliyatidan jabrlangan fuqarolardan Maxsus tezkor shtabga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlari so‘ralmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/bir-guruh-shaxslar-avtomashina-yetkazishni-va-da-qilib-odamlarni-chuv-tushirib-kelgani-ani

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekistonda yirik hisob-kitoblarni naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi hamda Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, tadbirkorlar bilan birgalikda xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha prezident qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekistonda-yirik-hisob-kitoblarni-naqdsiz-shaklga-o-tkazish-rejalashtirilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎1
Denov tuman sudi sobiq raisi 5 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi sobiq raisi Kamoliddin Murodovga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/denov-tuman-sudi-sobiq-raisi-5-yilga-qamaldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
Pensiya va g‘aznachilik faoliyatida zamonaviy xizmatlar joriy etiladi

“Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/pensiya-va-g-aznachilik-faoliyatida-zamonaviy-xizmatlar-joriy-etiladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3👎1
Xitoyning yetakchi gazеtalaridan biri — “China Daily” O`zmilliybankning mamlakat rivojlanishidagi hissasi va xalqaro hamkorliklari haqida maqola chop etdi

Yаqinda Xitoyning eng yirik va nufuzli gazеtalaridan biri — China Daily O`zmilliybankning O‘zbеkiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi roli va Toshkеnt hamda Pеkin o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdagi muhim ishtirokiga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/xitoyning-yetakchi-gazetalaridan-biri-china-daily-ozmilliybankning-mamlakat-rivojlanishida

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎31
Forbes o‘zini o‘zi milliarderga aylantirgan dunyodagi eng boy 50 nafar ayol reytingini tuzdi

Reytingga kirganlarning boyligi 2,1 mlrd dollardan boshlanadi. Eng ko‘p Osiyo-Tinch okeani mintaqasi vakillari — 24 nafar.

Dunyoning eng boy ayoli — shveysariyalik kemachilik magnati 80 yoshli Rafaela Aponte-Diamant hisobida 38,8 mlrd dollar bor.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/forbes-o-zini-o-zi-milliarderga-aylantirgan-dunyodagi-eng-boy-50-nafar-ayol-reytingini-tuz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👎1
Euronews Toshkentda yangi vakolatxonasini ochdi

Dunyoning nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri — Euronews Toshkent shahrida o‘zining yangi vakolatxonasini ochdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍2
BMT Ukrainada tinch aholi qurbonlari soni ortganini qayd etdi

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lum qilishicha, so‘nggi olti oy ichida Rossiya Ukrainada boshlagan urushda tinch aholi qurbonlari soni 37 foizga oshgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bmt-ukrainada-tinch-aholi-qurbonlari-soni-ortganini-qayd-etdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
O‘zbekiston may oyida Xitoyga gaz eksportini 64%ga, yil boshidan buyon 70%ga oshirdi

2025-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston import qilganiga nisbatan biroz ko‘proq gaz eksport qilgan. Yil boshidan beri Xitoyga gaz eksporti 62,7%ga ko‘payib, $288 mlnga yetdi. Jumladan, yanvar oyida Xitoyga $21,8 mlnlik, fevralda $20,2 mlnlik, martda $52,3 mlnlik, aprelda $105,4 mlnlik, mayda esa $88,3 mlnlik gaz yetkazib berildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekiston-may-oyida-xitoyga-gaz-eksportini-64-ga-yil-boshidan-buyon-70-ga-oshirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎225
NYT: Boy ruslar xitoylik enagalarni yollashadi

Xitoy tilida so‘zlashuvchi enagalar Rossiya elitasi orasida talab yuqori bo‘lgan ingliz tilida so‘zlashuvchi ayollardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, deb yozadi The New York Times.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/nyt-boy-ruslar-xitoylik-enagalarni-yollashadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekistonda so‘nggi 2,5 yilda tabiatga salkam 1 trln so‘m zarar yetkazildi

2023–2024-yillar va 2025-yilning 5 oyi davomida huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda 3500 dan ortiq reyd tadbirlari amalga oshirildi. 250 mingdan ortiq korxona va fuqarolarga sohaga oid profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Shundan sohaga oid qonunchilik talablarini buzgan 110 941 nafar shaxs aniqlanib, ularga 115 mlrd so‘m ma’muriy jarimalar belgilandi va 32 mlrd so‘m tabiatga yetkazilgan zararlar bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atildi, shundan jami 66 mlrd so‘m mablag‘ undirib olindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-so-nggi-2-5-yilda-tabiatga-salkam-1-trln-so-m-zarar-yetkazildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Euronews” O‘zbekistondagi mintaqaviy ofisini ochdi

Toshkent shahrida xalqaro axborot maydonida muhim voqea ro‘y berdi — Yevropaning yetakchi yangiliklar tarmog‘i “Euronews” o‘zining O‘zbekistondagi mintaqaviy ofisini rasman ochdi. Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi hukumati vakillari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpuslar va OAV vakillari ishtirok etdi. Bu haqda UzReport TV muxbiri xabar berdi.

"Menimcha, bu fantastika. Media bayramidan bir necha kun o'tgach yangi axborot agentligi ochilmoqda. Bu nihoyatda muhim. Chunki aynan OAV odamlarga ko‘plab ma’lumotlarni yetkazadi. Shularni hisobga olib, fikr-mulohazalar ko‘proq bo‘lishi uchun bizga yangi ommaviy axborot vositalari kerak, deb o‘ylayman. Chunki plyuralizm juda yaxshi narsa. Qamrash uchun ko'proq yo'nalishlar bo'ladi va natijada soha yanada rivojlanadi", dedi BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori.


Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/euronews-o-zbekistondagi-mintaqaviy-ofisini-ochdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Sputnik Ozarbayjon agentligining Bokudagi ofisida tintuvlar oʻtkazildi

Ozarbayjon matbuoti Rossiyaning Sputnik axborot agentligining Bokudagi ofisida ishlagan ikki FSB agenti hibsga olingani haqida xabar berdi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘rab olingan binoga rossiyalik diplomatlar kiritilmaganini ma’lum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya elchixonasi sodir boʻlayotgan voqealar haqida Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatini xabardor qilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/sputnik-ozarbayjon-agentligining-bokudagi-ofisida-tintuvlar-o-tkazildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Xabar berilishicha, bu yilgi Haj ibodati paytida kuzatilgan jazirama natijasida va surunkali kasalligi bo'lgan to'rt nafar vatandoshimiz Saudiya Arabistonida vafot etdi.

Shuningdek, O'zbekiston musulmonlari idorasining ogohlantirishlariga qaramay bu yilgi Haj mavsumiga noqonuniy yo'llar bilan borgan yana to'rt nafar vatandoshimiz ushbu mamlakatda olamdan o'tdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/haj-ziyoratida-8-nafar-o-zbekistonlik-vafot-etdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Qozog‘istonda yuzni berkituvchi kiyimlar kiyib yurish taqiqlandi

Qonun matniga ko‘ra, istisno, xizmat vazifalarini bajarish, tibbiy sabablarga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoitidan himoya qilish, fuqarolik mudofaasi maqsadlarida, shuningdek, sport va madaniy tadbirlarda qatnashayotganda yuzlarini yopish holatlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/qozog-istonda-yuzni-berkituvchi-kiyimlar-kiyib-yurish-taqiqlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎11👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar kuni munosabati bilan konsert dasturi tashkil etildi

Poytaxtimizdagi Forumlar saroyida katta konsert dasturi tashkil etildi. Unda mamlakatimizning eng ilg'or, har tomonlama yetakchi o’g’il-qizlari ishtirok etdi. O‘ziga xos ruhda, ko‘tarinki kayfiyat va milliylik bilan yo‘g‘rilgan konsert dasturi tarixiy shaxslar siymosini o’zida aks ettirgan aktyorlar chiqishi bilan boshlandi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎1
Bugundan mahalliy yo‘nalishlarda parvoz qilish uchun pasportning originali shart bo‘lmaydi

1-iyuldan boshlab O‘zbekiston aeroportlarida ichki reyslar uchun yangi tartib joriy etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolar ichki aviaparvozlar uchun aeroportda ro‘yxatdan o‘tishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron variantidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/bugundan-mahalliy-yo-nalishlarda-parvoz-qilish-uchun-pasportning-originali-shart-bo-lmaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishni yana bir bor osonlashtiradi

Bryussel Kiyev bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. Ular 2028-yilgacha ayrim tovarlar savdosini to‘liq liberallashtirish, boshqa tovarlar uchun kvotalarni oshirish va Ukrainani Yevropa Ittifoqi standartlariga yaqinlashtirishga kelishib oldilar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-ukrainaga-qishloq-xo-jaligi-mahsulotlarini-import-qilishni-yana-bir-bor-o

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👍1