UzReport.news
29.8K subscribers
83.6K photos
8.17K videos
8 files
79.9K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Prezident: venchur sarmoya hajmi 1 mlrd dollarga yetkaziladi

Oliygohlar o‘rtasida startaplar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga oliygoh jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha grant beriladi.

Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida “Startap-ekspo” ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-venchur-sarmoya-hajmi-1-miliard-dollarga-yetkaziladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍238🔥6😁1
Endi sanoat, servis, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligida band yoshlarning kasbiy rivojlanishi bo‘yicha ham tizim yaratiladi

Tarmoq rahbarlari har yili o‘z tizimidagi 100 nafar yoshni seleksiya qilib, xorijiy stajirovkaga yuborishni yo‘lga qo‘yadi.

Buning uchun, har bir tarmoq 10 milliard so‘mdan ajratadi. Bu mablag‘lar soliq solish bazasidan chegirib tashlanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/endi-sanoat-servis-tadbirkorlik-va-qishloq-xo-jaligida-band-yoshlarning-kasbiy-rivojlanish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍53😁1
Respublika tanlovi g‘oliblariga madaniyat va sanʼat oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi

“Iqtidor” maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari bolalar va musiqa sanʼat maktablarida bepul o‘qitiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/respublika-tanlovi-g-oliblariga-madaniyat-va-san-at-oliygohlariga-kirishda-imtiyoz-berilad

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍52👎1
Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Qayd etilishicha, 29 yoshli erkak IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Istanbul shahrida qo‘lga olingan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/firibgarlikda-ayblanib-qidiruvda-bo-lgan-erkak-turkiyadan-o-zbekistonga-deportatsiya-qilin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
Yoshlarga oid islohotlarni xalqaro hamjamiyat ham keng eʼtirof etayotgani taʼkidlandi

O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi.

Yoshlar taraqqiyot indeksida mamlakatimiz yoshlar siyosati sohasida eng tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan davlat, deb topildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/yoshlarga-oid-islohotlarni-xalqaro-hamjamiyat-ham-keng-e-tirof-etayotgani-ta-kidlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍44👎1😱1
Prezident o‘z sohasida ilg‘or, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va g‘oyalarini tingladi

Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, sanʼat, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh o‘g‘il-qizlarimiz mukofotlangan edi.

Bugungi tadbirda davlat rahbari ushbu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-o-z-sohasida-ilg-or-tashabbuskor-yoshlar-bilan-muloqot-qildi-ularning-taklif-va-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍303👎1
WP: Eron AQShning yadroviy inshootlarga zaif zarbalaridan hayratda qoldi

AQSh razvedkasi Eronning ikki yuqori martabali mulozimining suhbatini tingladi. Ular nega AQShning Eron yadroviy inshootlariga bergan zarbalari kutilganidan kamroq kuchli ekanligini muhokama qilishdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/wp-eron-aqshning-yadroviy-inshootlarga-zaif-zarbalaridan-hayratda-qoldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to'g'risida xabar bergan shaxslar rag'batlantiriladi

2028-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlarga QQSning 80 foizi har oyning 25-sanasigacha avtomatik ravishda respublika byudjetidan qaytariladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qimmatbaho-metallarga-oid-huquqbuzarliklar-togrisida-xabar-bergan-shaxslar-ragbatlantirila

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Eron bilvosita Trampni o‘lim bilan qo‘rqitdi

Eronlik qudratli oyatulloh Trampga Eron oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiyga tahdidlar o‘lim bilan jazolanishini eslatdi. Tramp avvalroq Xomanaiyni oson nishon deb atagan, biroq AQSh hozircha uni o‘ldirmasligini aytgan edi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/eron-bilvosita-trampni-o-lim-bilan-qo-rqitdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍7
“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq, Saloxiddin Ziyaviddinovich Nasirov “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining operatsion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/uzbekistan-airports-aksiyadorlik-jamiyati-boshqaruvi-raisining-birinchi-o-rinbosari-tayinl

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👎1
Bir guruh shaxslar avtomashina yetkazishni vaʼda qilib, odamlarni chuv tushirib kelgani aniqlandi

IIV huzuridagi Tergov departamenti maʼlum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda past foizda (6–12%) avtomashina yetkazishni vaʼda qilgan shaxslar Toshkent va mamlakatning turli hududlarida bir qancha MCHJlar nomi ostida faoliyat yuritib, fuqarolardan avans shartnomalarini tuzib, ularni bajarmasdan mablag‘larni o‘zlashtirib kelganlar.

Suratdagi shaxslarning jinoiy faoliyatidan xabardor bo‘lgan, shuningdek yuqoridagi MCHJlarning noqonuniy faoliyatidan jabrlangan fuqarolardan Maxsus tezkor shtabga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlari so‘ralmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/bir-guruh-shaxslar-avtomashina-yetkazishni-va-da-qilib-odamlarni-chuv-tushirib-kelgani-ani

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekistonda yirik hisob-kitoblarni naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi hamda Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, tadbirkorlar bilan birgalikda xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha prezident qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekistonda-yirik-hisob-kitoblarni-naqdsiz-shaklga-o-tkazish-rejalashtirilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎1
Denov tuman sudi sobiq raisi 5 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi sobiq raisi Kamoliddin Murodovga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/denov-tuman-sudi-sobiq-raisi-5-yilga-qamaldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
Pensiya va g‘aznachilik faoliyatida zamonaviy xizmatlar joriy etiladi

“Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/pensiya-va-g-aznachilik-faoliyatida-zamonaviy-xizmatlar-joriy-etiladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3👎1
Xitoyning yetakchi gazеtalaridan biri — “China Daily” O`zmilliybankning mamlakat rivojlanishidagi hissasi va xalqaro hamkorliklari haqida maqola chop etdi

Yаqinda Xitoyning eng yirik va nufuzli gazеtalaridan biri — China Daily O`zmilliybankning O‘zbеkiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi roli va Toshkеnt hamda Pеkin o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdagi muhim ishtirokiga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/xitoyning-yetakchi-gazetalaridan-biri-china-daily-ozmilliybankning-mamlakat-rivojlanishida

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎31
Forbes o‘zini o‘zi milliarderga aylantirgan dunyodagi eng boy 50 nafar ayol reytingini tuzdi

Reytingga kirganlarning boyligi 2,1 mlrd dollardan boshlanadi. Eng ko‘p Osiyo-Tinch okeani mintaqasi vakillari — 24 nafar.

Dunyoning eng boy ayoli — shveysariyalik kemachilik magnati 80 yoshli Rafaela Aponte-Diamant hisobida 38,8 mlrd dollar bor.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/forbes-o-zini-o-zi-milliarderga-aylantirgan-dunyodagi-eng-boy-50-nafar-ayol-reytingini-tuz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👎1
Euronews Toshkentda yangi vakolatxonasini ochdi

Dunyoning nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri — Euronews Toshkent shahrida o‘zining yangi vakolatxonasini ochdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍2
BMT Ukrainada tinch aholi qurbonlari soni ortganini qayd etdi

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lum qilishicha, so‘nggi olti oy ichida Rossiya Ukrainada boshlagan urushda tinch aholi qurbonlari soni 37 foizga oshgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bmt-ukrainada-tinch-aholi-qurbonlari-soni-ortganini-qayd-etdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
O‘zbekiston may oyida Xitoyga gaz eksportini 64%ga, yil boshidan buyon 70%ga oshirdi

2025-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston import qilganiga nisbatan biroz ko‘proq gaz eksport qilgan. Yil boshidan beri Xitoyga gaz eksporti 62,7%ga ko‘payib, $288 mlnga yetdi. Jumladan, yanvar oyida Xitoyga $21,8 mlnlik, fevralda $20,2 mlnlik, martda $52,3 mlnlik, aprelda $105,4 mlnlik, mayda esa $88,3 mlnlik gaz yetkazib berildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekiston-may-oyida-xitoyga-gaz-eksportini-64-ga-yil-boshidan-buyon-70-ga-oshirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎225
NYT: Boy ruslar xitoylik enagalarni yollashadi

Xitoy tilida so‘zlashuvchi enagalar Rossiya elitasi orasida talab yuqori bo‘lgan ingliz tilida so‘zlashuvchi ayollardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, deb yozadi The New York Times.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/nyt-boy-ruslar-xitoylik-enagalarni-yollashadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube