UzReport.news
29.9K subscribers
83.6K photos
8.16K videos
8 files
79.9K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
O‘zbekiston Karachi portida mahsulot tranzitini oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

Karachi porti — Pokistonning eng yirik dengiz porti va Janubiy Osiyodagi asosiy logistika markazi. U orqali millionlab tonna yuk Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrika bozorlariga yetkaziladi. Shu jihatdan, port O‘zbekiston uchun muhim strategik ahamiyatga ega.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekiston-karachi-portida-mahsulot-tranzitini-oshirish-bo-yicha-muzokaralar-o-tkazdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Ozarbayjonda Rossiya madaniy tadbirlari bekor qilindi

Ozarbayjon Madaniyat vazirligi Yekaterinburgda ozarbayjonliklarning ommaviy hibsga olinishi ortidan Rossiya tomonidan rejalashtirilayotgan barcha madaniy tadbirlar bekor qilinganini ma’lum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ozarbayjonda-rossiya-madaniy-tadbirlari-bekor-qilindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍133
Iyul oyi 43 daraja issiq bilan boshlanadi

"O'zgidromet" yangi boshlangan ish haftasida O'zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishini e'lon qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/iyul-oyi-43-daraja-issiq-bilan-boshlanadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁4👎1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi boshlandi

Davlat rahbari butun O‘zbekiston yoshlarini qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

"Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga nega ishonmoqda? Nega milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda?

Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, hamkorlarimiz yoshlarimizning ilm-fan, taʼlim, IT, madaniyat, sanʼat va sportdagi yutuqlarini ko‘rib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosil qilmoqda”, - dedi Prezident.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-shavkat-mirziyoyevning-yoshlar-bilan-uchrashuvi-boshlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍4930🔥26😁1
O‘zbekiston yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi

Prezident islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-yoshlari-top-500-talik-oliygohlarga-kirish-bo-yicha-markaziy-osiyoda-1-o-rinni

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2911🔥11😁1
Shavkat Mirziyoyev: Sizlar Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!

“Yaqin-yaqingacha umrini paxta dalasida o‘tkazgan oddiy oila farzandlari ilmda, sportda, boshqa sohalarda bunday yuksak marralarni egallashini tasavvur qilish ham qiyin edi.

Biz yoshlarimiz uchun sharoit yaratdik, ular bundan unumli foydalanib, baland cho‘qqilarni zabt etmoqda.

Birinchi va ikkinchi Renessansni buyuk alloma va mutafakkirlarimiz yaratgan bo‘lsa, bugun tarix navbatni sizlarga bermoqda", deya ta'kidladi davlat rahbari.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-sizlar-yangi-o-zbekiston-bunyodkorlari-sifatida-yangi-tarix-yaratadigan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍6015🔥11😁1
Prezident: Yoshlarga sifatli taʼlim berish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan

Davlat rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk neʼmat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini taʼkidladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-yoshlarga-sifatli-ta-lim-berish-eng-asosiy-vazifamiz-va-burchimizga-aylangan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍17🔥108😁1
G7 AQSh bizneslarini global soliqdan ozod qilishga rozi

G7 davlatlari AQSh kompaniyalari OECD tomonidan ilgari surilgan yirik korporatsiyalar uchun global soliq to'lashdan ozod qilinishiga kelishib oldilar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/g7-aqsh-bizneslarini-global-soliqdan-ozod-qilishga-rozi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👎2😁2
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi

Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni o‘rganib oldi. Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023 yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.

Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/bir-million-dasturchi-loyihasi-doirasida-325-ming-yoshlar-o-qitildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2917🔥11😁2
Prezident yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi

“Mahalladagi tinchlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, sog‘lom muhit kimga bog‘liq? Avvalo, sizlarga bog‘liq.

Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak. Shuning uchun, har bir bola haqida, uning taqdiri, kelajagi haqida avvalo sizlar ko‘proq qayg‘urishingiz lozim”, dedi davlat rahbari.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-yangi-saylangan-mahalla-raislariga-murojaat-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍3314🔥5😁1
Yevropada rekord darajadagi issiq harorat: Fransiyadagi yong'inlar, Germaniyada qurg'oqchilik

G‘arbiy Yevropada kuchli jazirama kuzatilmoqda, bir qancha harorat rekordlari yangilandi. Germaniyada qurg‘oqchilik qaytishi mumkin, Fransiyada o‘rmon yong‘inlari boshlandi. 3-iyuldan keskin sovuq va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropada-rekord-darajadagi-issiq-harorat-fransiyadagi-yonginlar-germaniyada-qurgoqchilik

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Shavkat Mirziyoyev: Fidoyi, vatanparvar tadbirkorlar – mening qanotlarim

"Ayting, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yetaklash, ishli va daromadli qilish uchun sizlarga yana qanday sharoit qilib beray?

Katta-katta tadbirkorlarimiz hokimlar bilan uchrashib, takliflarini tez kunda shakllantirib bersalar, bularni barchasini ko‘rib chiqishga tayyorman”, - dedi Prezident.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-fidoyi-vatanparvar-tadbirkorlar-mening-qanotlarim

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍46😁2
“Garvardchilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshlab yubordi

Ushbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar o‘quvchi saralab olinadi va 3 ta yo‘nalishda o‘qitiladi. Kelgusida o‘quv o‘rinlari karrasiga ko‘paytiriladi.

Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi seleksiya qilinib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/garvardchilar-maktabi-beruniy-nomidagi-xalqaro-maktab-sifatida-faoliyatini-boshlab-yubordi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍40👎1
Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi

Yaqinda “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun o‘qish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/endilikda-banklar-top-300-talik-oliygohga-kirgan-yoshlarga-20-ming-dollargacha-imtiyozli-t

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍49👎1
Prezident: Qadriyatlarimiz va madaniyatimizni o‘zida ifoda etadigan sunʼiy intellektning milliy modeli ishlab chiqilmoqda

Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-qadriyatlarimiz-va-madaniyatimizni-o-zida-ifoda-etadigan-sun-iy-intellektning-mi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍453👎1
Prezident: venchur sarmoya hajmi 1 mlrd dollarga yetkaziladi

Oliygohlar o‘rtasida startaplar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga oliygoh jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha grant beriladi.

Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida “Startap-ekspo” ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-venchur-sarmoya-hajmi-1-miliard-dollarga-yetkaziladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍238🔥6😁1
Endi sanoat, servis, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligida band yoshlarning kasbiy rivojlanishi bo‘yicha ham tizim yaratiladi

Tarmoq rahbarlari har yili o‘z tizimidagi 100 nafar yoshni seleksiya qilib, xorijiy stajirovkaga yuborishni yo‘lga qo‘yadi.

Buning uchun, har bir tarmoq 10 milliard so‘mdan ajratadi. Bu mablag‘lar soliq solish bazasidan chegirib tashlanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/endi-sanoat-servis-tadbirkorlik-va-qishloq-xo-jaligida-band-yoshlarning-kasbiy-rivojlanish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍53😁1
Respublika tanlovi g‘oliblariga madaniyat va sanʼat oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi

“Iqtidor” maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari bolalar va musiqa sanʼat maktablarida bepul o‘qitiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/respublika-tanlovi-g-oliblariga-madaniyat-va-san-at-oliygohlariga-kirishda-imtiyoz-berilad

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍52👎1
Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Qayd etilishicha, 29 yoshli erkak IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Istanbul shahrida qo‘lga olingan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/firibgarlikda-ayblanib-qidiruvda-bo-lgan-erkak-turkiyadan-o-zbekistonga-deportatsiya-qilin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
Yoshlarga oid islohotlarni xalqaro hamjamiyat ham keng eʼtirof etayotgani taʼkidlandi

O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi.

Yoshlar taraqqiyot indeksida mamlakatimiz yoshlar siyosati sohasida eng tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan davlat, deb topildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/yoshlarga-oid-islohotlarni-xalqaro-hamjamiyat-ham-keng-e-tirof-etayotgani-ta-kidlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍44👎1😱1