UzReport.news
29.8K subscribers
83.6K photos
8.18K videos
8 files
79.9K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
MB: O‘zbekiston aholisining qariyb 40%i o‘tgan yilda pul jamg‘armagan

2011-yilda so‘rovda qatnashganlarning 1%idan kamrog‘i rasmiy moliyaviy muassasalarda jamg‘armaga ega bo‘lgan. Biroq iqtisodiy islohotlar boshlanganidan so‘ng, Markaziy bank ijobiy tendensiya kuzatilganini qayd etmoqda: 2017-yilda bu ko‘rsatkich 1,2%, 2021-yilda — 2,6%, 2025-yilda esa — 7,4%.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/mb-o-zbekiston-aholisining-qariyb-40-i-o-tgan-yilda-pul-jamg-armagan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4
Tashqi ishlar vaziri: Eron AQSh bilan muzokaralarga tubdan tayyor

Tehron AQSh bilan yadro dasturi boʻyicha muzokaralarga tubdan tayyor, biroq Tramp oʻz ohangini yumshatishi kerak, dedi Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi.

“Agar prezident Tramp kelishuvga erishishga jiddiy yondashsa, u Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga nisbatan hurmatsiz va qabul qilib bo‘lmaydigan ohangidan voz kechishi va uning millionlab sodiq izdoshlariga zarar yetkazishni bas qilishi kerak”, — dedi Eron tashqi ishlar vaziri.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tashqi-ishlar-vaziri-eron-aqsh-bilan-muzokaralarga-tubdan-tayyor

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍52
Toshkentda profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro ichki ishlar organlari xodimiga qarshilik ko‘rsatayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Uchtepa tumanida ikki shaxs o‘zaro tortishib janjallashib ketgan va fuqarolardan biri raqibini pichoqlab qo‘ygan. Hodisa joyiga yetib kelgan profilaktika inspektori jinoyatchini ushlashga uringanda, unga qarshilik ko'rsatgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-profilaktika-inspektoriga-pichoq-bilan-hujum-qilgan-shaxs-ushlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Kongo va Ruanda Vashingtonda tinchlik bitimini imzoladi

30 yillik mojaroni hal qilishda vositachilik qilish orqali Qo'shma Shtatlar Kongodagi boy foydali qazilma konlarini o'zlashtirish huquqini qo'lga kiritdi, dedi Donald Tramp.

Kongo va Ruanda o‘rtasida kelishuv imzolanganini BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish olqishladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kongo-va-ruanda-vashingtonda-tinchlik-bitimini-imzoladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎111
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda jihodchilarning yashirin jamoati faoliyatiga chek qo‘yildi

Jamoat yetakchisi Andijon shahrida yashovchi fuqaro o‘z atrofiga 12 nafar shaxslarni yig‘ib, jamoat tashkil etgan xolda shahridagi turli choyxonalarda to'planib, kelgusida Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilishni niyat qilishgan.

Shuningdek, o‘zaro “Baytulmol” ko‘rinishida pul mablag‘lari yig‘ib, uz tarafdorlariga berib kelishganligi ma’lum bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/andijonda-jihodchilarning-yashirin-jamoati-faoliyatiga-chek-qo-yildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4👍2😁1
2025-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar odatdagi tartibda amalga oshiriladi.

Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati ma'lum qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎141
Estoniya va Litva BMTga Ottava konvensiyasidan chiqqanliklari haqida xabar berdi

Estoniya va Litva Rossiyaning Ukrainadagi urushi fonida BMTni piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi konvensiyadan chiqishlari haqida xabardor qildi. “Putin Rossiyasi Yevropa uchun eng katta uzoq muddatli ekzistensial tahdiddir”, dedi Litva TIV rahbari.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/estoniya-va-litva-bmtga-ottava-konvensiyasidan-chiqqanliklari-haqida-xabar-berdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍21
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2 ming tonna go‘sht sotib oladi

O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2000 tonna halol ot va qo‘zi go‘shtining birinchi partiyasini sotib olishga rozi bo‘ldi. Uchrashuvda Enxbayar Jadamba Mo‘g‘uliston halol go‘sht ishlab chiqarish sohasida hamkorlikka ochiq ekanini ta’kidladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-mo-g-ulistondan-2-ming-tonna-go-sht-sotib-oladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍74👎3
Navoiy, Samarqand va Buxoroni birlashtirgan yangi turizm halqasi ishlab chiqildi

Turizm qo‘mitasi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda turizm turlarini diversifikatsiya qilish va sayyohlar qolish muddatini uzaytirish maqsadida Buyuk Ipak yo‘lining “Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi” bo‘yicha yangi turizm marshrutini o‘z ichiga olgan Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatining turizm halqasi ishlab chiqildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/navoiy-samarqand-va-buxoroni-birlashtirgan-yangi-turizm-halqasi-ishlab-chiqildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍21
Armanistonda ikkinchi arxiyepiskop hibsga olindi

Armanistonda Arman Apostol cherkovi arxiyepiskopi Mikael Ajapaxyan hibsga olindi. Avvalroq arxiyepiskop Bagrat Galstanyan “hokimiyatni egallab olishga urinish” ishi doirasida hibsga olingan edi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/armanistonda-ikkinchi-arxiyepiskop-hibsga-olindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
"Eco Expo Central Asia 2025" ko‘rgazmasi doirasida 120 dan ortiq kelishuv imzolandi

Ushbu hujjatlar yashil dizayn, chiqindilarni qayta ishlash va bioxilma-xillikni muhofaza qilishdan tortib o‘rmonlarni qayta tiklash, suvni muhofaza qilish, havo sifati monitoringi va ekoturizm sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli sohalarni qamrab oladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/eco-expo-central-asia-2025-ko-rgazmasi-doirasida-120-dan-ortiq-kelishuv-imzolandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Londonda “O‘zbekiston xazinalari” filmining suratga olinishi yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi

Muzokaralarda “O‘zbekiston xazinalari” nomli hujjatli filmning O‘zbekistonda suratga olinishi bo‘yicha va uni xalqaro media platformalarda taqdim etilishi masalalari muhokama qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/londonda-o-zbekiston-xazinalari-filmining-suratga-olinishi-yuzasidan-muzokaralar-o-tkazild

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
Shols: Bizda Putinning rejalari haqida illyuziya bo'lmasligi kerak

Olaf Shols Rossiya prezidentining rejalari haqida illyuziyaga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Vladimir Putin Ukrainada qo‘lga kiritgan narsasini ushlab qolishni va “ko‘proq zabt etishni” istaydi, dedi Shols. Rossiya prezidenti Yevropadagi chegaralarni kuch bilan o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/shols-bizda-putinning-rejalari-haqida-illyuziya-bolmasligi-kerak

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁62
Xalqaro qidiruvda bo'lgan shaxs Polshadan O'zbekistonga ekstraditsiya qilindi

O'zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi, mamlakat elchixonasi va Polshaning tegishli idoralari hamkorligida amalga oshirilgan ishlar natijasida xalqaro qidiruvda bo'lgan fuqaro mazkur mamlakat hududida qo'lga olindi va O'zbekistonga qaytarildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/xalqaro-qidiruvda-bolgan-shaxs-polshadan-ozbekistonga-ekstraditsiya-qilindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👍1
CNN: AQSh Eron yadroviy inshootiga bomba tashlamagan

AQSh harbiylari Eronning Isfahon shahridagi yadroviy inshootga qarshi bunker buster bombalarini ishlatmaslikka qaror qilgan, chunki bu yer ular samarali bo'lishi uchun juda chuqur. Bu haqda CNN o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/cnn-aqsh-eron-yadroviy-inshootiga-bomba-tashlamagan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1
Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yigit-qizlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/yoshlar-kuni-munosabati-bilan-bir-guruh-yigit-qizlar-kelajak-bunyodkori-medali-bilan-mukof

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezident «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-mard-o-g-lon-davlat-mukofoti-bilan-taqdirlash-to-g-risidagi-qarorni-imzoladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍563👎2
Pensiya va nafaqalar oshirilishi, QQS bo‘yicha imtiyozning bekor qilinishi, bolalar bog‘chalarida kelishni elektron hisobga olish joriy etilishi: 1-iyuldan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?

Uzreport.news sayti 1-iyuldan kuchga kiradigan qonun bo'yicha o'zgarishlarni bir joyga jamladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/1-iyuldan-o-zbekiston-qonunchiligida-nimalar-o-zgaradi-c

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
O‘zbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisini tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, qardosh Turkmanistonga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-turkman-xalqining-milliy-yetakchisini-tavallud-kuni-bilan-tabriklad

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍27🔥134👎1
O‘zbekiston tarixda ilk bor jahon bojxona tashkilotining audit qo‘mitasi a’zoligiga saylandi

Tarkibiga dunyoning 12 ta davlatidan a’zolar saylanadigan mazkur qo‘mita JBTning moliyaviy va ichki boshqaruvini samarali nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-birinchi-marta-jahon-bojxona-tashkiloti-audit-qo-mitasiga-saylandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁2