UzReport.news
29.8K subscribers
83.6K photos
8.18K videos
8 files
79.9K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
“Mahalla servis” kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi

Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, soliq munosabatlarida foydalaniladigan elektron hujjatlarni shaxsning roziligini ifodalaydigan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlash elektron raqamli imzoga tenglashtirildi.

Shuningdek, qishloq xo'jaligida, shu jumladan baliqchilik xo'jaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari "Suv hisobi" axborot tizimi va ushbu sohadagi vakolatli organlarning ma'lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/mahalla-servis-kompaniyalariga-soliq-imtiyozlari-beriladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kibertahdidlardan himoyalanish uchun sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish taklif etildi

Markaziy bank tashabbusi bilan kiberxavfsizlikni ta’minlash va shubhali amaliyotlarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi seminar trening o’tkazildi. Ushbu tadbirda xalqaro va mahalliy kompaniyalar ekspertlari ishtirok etdi. Ular bank tizimining barqaror ishlashiga xavf soluvchi kibertahdidlar, bank kartalari bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan taqdimotlar namoyish etdi.

Batafsil UzReport TV lahvasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👎1
Erdo‘g‘an: Tramp Turkiyada Putin bilan uchrashishga tayyor

Agar Vladimir Putin u yerga kelsa, Donald Tramp Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari uchun Turkiyaga uchib keladi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

“Bizning fikrimizcha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda tinchlik o‘rnatilishiga katta umid bor. Buni hal qilish uchun igna bilan teshik qazishimiz kerak bo‘lsa ham, biz o‘z maqsadimiz darajasida uchrashuv o‘tkazamiz. Uzoq kutilgan tinchlikni o‘rnatamiz”, dedi Erdo‘g‘an.


Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/erdo-g-an-tramp-turkiyada-putin-bilan-uchrashishga-tayyor

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎2👍1
“Fitch” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi

Agentlik hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston suveren kredit reytingi bahosi 2018 yildan beri ilk bora “BB-”dan bir pog‘ona yuqoriga, “BB” darajasiga oshirildi va reyting kutilmasi barqaror darajada tasdiqlandi.

Aytilishicha, mamlakat suveren kredit reytingining oshirilishi amalga oshirilayotgan islohotlarning jadallashuvi va o‘rta muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sish tufayli makroiqtisodiy xatarlarning jilovlanishi va tarkibiy ko‘rsatkichlarning yaxshilanib borishi yuzasidan kutilmalarni aks ettiradi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/fitch-xalqaro-reyting-agentligi-o-zbekiston-kredit-reytingini-bb-dan-bb-darajasiga-oshirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2😁1
Hindiston va Rossiya S-400 havo mudofaa tizimlari va boshqa qurollarni yetkazib berishni muhokama qildi

Hindiston va Rossiya mudofaa vazirliklari rahbarlari Xitoyda Rossiyaning S-400 havo mudofaa tizimlarini yetkazib berish va Su-30 MKI qiruvchi samolyotlarini modernizatsiya qilish masalalarini muhokama qildilar, deb xabar qildi Nyu-Dehli hukumati.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/hindiston-va-rossiya-s-400-havo-mudofaa-tizimlari-va-boshqa-qurollarni-yetkazib-berishni-m

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Senat tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishga yubordi

Muhokama jarayonida qonunni qayta ko‘rib chiqishni talab etuvchi bir qator masalalar mavjudligi taʼkidlandi. Masalan, xorijga ishga yuboruvchi tashkilot tomonidan majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, mehnat migrantini O‘zbekistonga qaytarish jarayoni agentlik tomonidan amalga oshirilishi va xarajatlarni yuboruvchi tashkilot mablag‘lari hisobidan qoplash mexanizmini qonunda mustahkamlash maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/senat-tashqi-mehnat-migratsiyasi-to-g-risidagi-qonunni-qayta-ko-rib-chiqishga-yubordi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍61🔥1🎉1
Toshkentda onlayn savdo platformasiga 3 yoshli bola sotuvga qo'yildi

Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi voyaga yetmagan bola shunchaki bolalarcha o‘ylovsiz tarzda, kichik yoshli ukasini sho‘xligi uchun ta’zirini berish maqsadida onlayn platformaga sotuv haqida (o‘zi ochgan akkauntdan) e’lon joylashtirib, sotuv narxini 150 ming so‘m deb ko‘rsatgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-onlayn-savdo-platformasiga-3-yoshli-bola-sotuvga-qoyildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁172👎1
Oq uy Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to'xtatishni tavsiya qildi

Oq uy AQShga dunyo boʻylab urush jinoyatlarini, jumladan Myanma va Suriyada qayd etilgan va Rossiyaning Ukrainadagi urushdagi ehtimoliy vahshiyliklarini tergov qiluvchi yigirmaga yaqin dasturlarni moliyalashtirishni toʻxtatishni tavsiya qildi. Dasturlarni qisqartirish bo'yicha yakuniy qarorga hali kelinmagan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/oq-uy-ukrainadagi-loyihalarni-moliyalashtirishni-toxtatishni-tavsiya-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
So’nggi 5 yilda O’zbekistonda narkojinoyatlar soni qariyb 2 barobarga oshdi

Shuningdek, noqonuniy muomaladan olingan narkotiklar musodarasi qariyb 9 barobarga oshgan bo’lsa, sintetik giyohvandlik vositalari musodarasi 80 barobargacha ko’paygan. Xo’sh bularni oldini olish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Eronning Isroilga bergan zarbalaridan ko'rilgan zarar 3 mlrd dollar deb baholandi

Isroil Eron bilan 12 kunlik mojaro oqibatida yetkazilgan zararni taxminan 3 milliard dollar deb baholadi. Bu mablag‘lar raketalardan zarar ko‘rgan binolarni tiklash va mahalliy biznesga tovon to‘lash uchun kerak bo‘ladi, deb xabar berdi Bloomberg agentligi Isroil moliya vazirligi va soliq idorasiga tayanib.

Ushbu hisob-kitobda foydalanilgan qurol va havo hujumidan mudofaa tizimlarini almashtirish xarajatlari hisobga olinmaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/eronning-isroilga-bergan-zarbalaridan-korilgan-zarar-3-mlrd-dollar-deb-baholandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4🔥2
Poytaxt ko‘chalarida tirbandliklarni barvaqt prognoz qilishga qaratilgan Kompyuterlashtirilgan vaziyatlar markazi yaratildi

Sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda Markazga tatbiq etilgan Intellektual transport platformasi avtotransport oqimini kuzatish, tahlil qilish va intellektual boshqarishga imkoniyat yaratib beradi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/poytaxt-ko-chalarida-tirbandliklarni-barvaqt-prognoz-qilishga-qaratilgan-kompyuterlashtiri

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👍1
Birlashgan Millatlar Tashkiloti: Dronlar Ukraina urushida tinch aholini nishonga olmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ukrainadagi Inson huquqlari monitoringi missiyasi tinch aholiga qisqa masofali uchuvchisiz uchoqlardan foydalangan holda qasddan hujum qilishni bas qilishga chaqirmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/birlashgan-millatlar-tashkiloti-dronlar-ukraina-urushida-tinch-aholini-nishonga-olmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5👎2
Toshkent daraxtlarining raqamli reyestrini yaratish jarayoni boshlandi

Raqamli reyestrning daraxtlarning to‘liq hisobini yuritish, uni shahar qurilishini rejalashtirish va shaharsozlik, shuningdek, yerdan foydalanish uchun mas’ul vazirlik hamda idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish, daraxtlarning noqonuniy kesilishining oldini olishga yordam beradi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-daraxtlarining-raqamli-reyestrini-yaratish-jarayoni-boshlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Rossiya sudlariga armiyada xizmat qilishdan bosh tortish bo'yicha 20 ming ish kelib tushdi

Ukrainaga tajovuz boshlanganidan beri Rossiya sudlariga xizmatdan bosh tortish bo'yicha 20 mingdan ortiq ish kelib tushdi. Ishlarning aksariyati bo'linmani ruxsatsiz tark etish moddasi bo'yicha qo'zg'atilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/rossiya-sudlariga-armiyada-xizmat-qilishdan-bosh-tortish-boyicha-20-ming-ish-kelib-tushdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
O‘zmilliybank va Xitoyning Exim banki strategik hamkorlikning yangi bosqichiga chiqmoqda

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (O‘zmilliybank) Bosh ofisida Xitoy Eksport-import bankining (Xitoy Eksimbanki) 2025-yil fevral oyida lavozimiga tayinlangan Direktorlar kengashining raisi Chen Xuayuy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/o-zmilliybank-va-xitoyning-exim-banki-strategik-hamkorlikning-yangi-bosqichiga-chiqmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎21
May oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 31,3 mlrd dollarni tashkil etdi

TSAda eksport hajmi 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Eksport tarkibida tovarlar 11,6 mlrd dollarni, xizmatlar esa 3,2 mlrd dollarni tashkil etdi.

TSAda import hajmi 16,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, 14,8 mlrd dollarlik tovarlar, 1,7 mln dollarlik xizmatlar import qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/may-oyida-o-zbekistonning-tashqi-savdo-aylanmasi-31-3-mlrd-dollarni-tashkil-etdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
O‘zbekistonda noqonuniy yoqib yuborilgan maydonlar hajmi 5350 gektarga yetdi - foto

Uzcosmos agentligining Davlat kosmik monitoringi dasturi doirasida olib borilgan kuzatishlar natijasida iyun oyining bugungi kuniga qadar Respublikaning 10 ta viloyatida 639 ta mana shunday salbiy holat bo‘yicha 5350 gektar maydon noqununiy tarzda yoqib yuborilgani maʼlum bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-noqonuniy-yoqib-yuborilgan-maydonlar-hajmi-5350-gektarga-yetdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida nutq so'zladi

"Proteksionizm va sanksiyalar siyosatining kuchayishi, savdo-logistika zanjirlarining buzilishi va xorijiy sheriklarning investitsiyaviy faolligi qisqarib borishi oqibatlarining salbiy ta’sirini biz O‘zbekistonda to‘liq his etmoqdamiz.

Bizning tabiiy va an’anaviy sheriklarimiz bo‘lgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish tashqi iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab o‘tmoqchiman", deya ta'kidladi davlat rahbari.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-shavkat-mirziyoyev-oliy-darajadagi-yevroosiyo-iqtisodiy-kengashi-yig-ilishida-nu

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍60👎1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Manchester Siti" klubi egalari O‘zbekistondan yangi klub sotib olmoqchi

"Manchester Siti"ga egalik qiluvchi City Football Group kompaniyasi o‘zining 13-klubini sotib olish harakatida yuribdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov maʼlum qildi.

Umarovga ko‘ra, ayni vaqtda klub rahbariyati O‘zbekiston klubini sotib olishga qiziqish bildirgan. Avgust oyida Angliyada yangi mavsum boshlanganida O‘zbekiston tomoni va City Football Group mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/manchester-siti-klubi-egalari-o-zbekistondan-yangi-klub-sotib-olmoqchi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁96
Tramp Xitoy bilan savdo bitimi imzolanganini e’lon qildi

Oq uy rahbari kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmadi. AQSh Savdo vazirining so'zlariga ko'ra, Pekin noyob tuproq metallarini yetkazib berishni qayta tiklashga rozi bo'lgan. Bunga javoban Vashington Xitoyga nisbatan kiritilgan qator cheklovlarni bekor qiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-xitoy-bilan-savdo-bitimi-imzolanganini-e-lon-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube