UzReport.news
29.9K subscribers
83.5K photos
8.16K videos
8 files
79.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Ayrim tovarlarga nisbatan import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinmoqda

O'zbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik maqomiga erishish borasida qator davlatlar bilan kelishuvlarga erishdi va bu jarayon davom etmoqda. Qonunchilik hujjatlarini xalqaro normalarga, Jahon savdo tashkilotining qoidalariga moslashtirish maqsadida ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Qonun Senat yalpi majlisida muhokama qilindi. Bu haqda Senat yalpi majlisida ishtirok etgan UzReport TV muxbiri xabar berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ayrim-tovarlarga-nisbatan-import-bojini-ikki-karra-oshirib-qo-llash-amaliyoti-bekor-qilinm

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Tramp AQShning Eronga yangi havo zarbalari berishini istisno etmaydi

Eron yadroviy dasturini qayta tiklasa, Qo'shma Shtatlar uning yadroviy inshootlariga yangi zarbalar berishi mumkin, dedi Donald Tramp. U Eron yadroviy dasturi butunlay yo‘q qilinishiga ishonchini yana bir bor ta’kidladi.

Amerika prezidenti, shuningdek, AQSh harbiy-havo kuchlarining 22-iyun kuni Eronga bergan zarbalarini Ikkinchi jahon urushi davridagi Xirosima va Nagasaki bombardimonlariga qiyosladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-aqshning-eronga-yangi-havo-zarbalari-berishini-istisno-etmaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎21
O‘zbekistonda maʼlum toifadagi fuqarolarni bepul davolash uchun kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi

Imtiyozli toifadagi fuqarolarni davolash shifokor tomonidan belgilagan yo‘riqnoma asosida, «Elektron sog‘liqni saqlash» axborot tizimi orqali bepul taʼminlanadi.

Hujjatga ko‘ra, jami 13 ta yo‘nalish qamrab olingan, jumladan, urologiya, travmatologiya, pulmonologiya, onkologiya, endokrinologiya, oftalmologiya, kardiologiya, gastroenterologiya va boshqalar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-ma-lum-toifadagi-fuqarolarni-bepul-davolash-uchun-kasalliklar-ro-yxati-tasdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Senat muxolif partiya huquqlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan qonunni maʼqulladi

O‘zini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan siyosiy partiya fraksiyasiga qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar ham o‘sha masalaga doir qonun loyihasining yoki uning tarkibiy qismining muqobil tahririni kiritish kabi qo‘shimcha huquq berilmoqda.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎71
Tramp alyans sammitida NATOga sodiqlikka vaʼda berdi

NATOning Gaagadagi sammitida ittifoqchilar birdamligini bildirib, mudofaa xarajatlarini “tarixiy” oshirganini e’lon qildi. “Biz sizni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi AQSh prezidenti o‘z mamlakatining pozitsiyasini tasdiqladi.

Tramp oʻtmishda NATO shartnomasining 5-moddasida koʻrsatilganidek, Qoʻshma Shtatlar hujumga uchrasa, NATOdagi hamkorlarini qoʻllab-quvvatlashiga bir necha bor shubha bildirgan. Saylovoldi tashviqoti chog'ida u faqat o'z mudofaasi uchun yetarli mablag' sarflayotganiga ishongan mamlakatlarga yordam berish bilan tahdid qilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-alyans-sammitida-natoga-sodiqlikka-va-da-berdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbek jurnalistikasi antologiyasi kitobi nashr etildi

27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Sana munosabati bilan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda “O‘zbek jurnalistikasi antologiyasi va taniqli jurnalistlar maktabi” seriyasidagi kitoblar taqdimoti qilindi. Bu haqda UzReport TV muxbiri xabar berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Rubio: AQSh hozircha Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmaydi

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Politico nashriga bergan intervyusida Vashington hozircha Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llamasligini, chunki u Ukraina bilan “tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlayotganini” aytdi.

Rubio qoʻshimcha qildiki, AQSh prezidenti Donald Tramp “qachon va qayerda” yangi iqtisodiy choralar koʻrishni biladi va uning maʼmuriyati AQSh Kongressi bilan “Trampga kerakli moslashuvchanlikni taʼminlash” uchun ishlamoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/rubio-aqsh-hozircha-rossiyaga-qarshi-sanksiyalar-kiritmaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayrim tovarlarga nisbatan import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinmoqda

Taʼkidlanishicha, bugungi kunda respublika importining 32,3 foizi erkin savdo rejimi o‘rnatilgan mamlakatlar, 61,4 foizi eng ko‘p qulaylik berish rejimi qo‘llanilayotgan davlatlar hissasiga va qolgan 6,3 foizi savdo rejimi belgilanmagan davlatlar yoki ishlab chiqargan mamlakati aniqlanmagan tovarlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

O'zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan qidiruvda bo‘lgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qidiruvda-bo-lgan-12-nafar-o-zbekistonlik-baadan-ekstraditsiya-qilindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
Zelenskiy: Rossiyaning barcha harbiy jinoyatchilari sudga tortiladi

Ukraina prezidenti Strasburgda “Putin uchun tribunal” yaratish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi va yevropalik siyosatchilarga birlashgan Yevropa Rossiyadan kuchliroq ekanini har kuni eslatib turishni maslahat berdi.

"Biz buni amalga oshirish uchun real qadamlar tashlashimiz kerak va har bir rossiyalik harbiy jinoyatchini, jumladan Putinni ham javobgarlikka tortish uchun kuchli siyosiy va huquqiy hamkorlik zarur", - dedi Ukraina rahbari.


Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-rossiyaning-barcha-harbiy-jinoyatchilari-sudga-tortiladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁41👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tarixiy davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍734😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSh O'zbekiston fuqarolarining viza arizalarini 64,41 fozini rad etdi

AQSh 2024-yilda B-1/B-2 tashrif vizasi bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolarining 64,41 foiziga rad javobini berdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti maʼlum qildi. Hisobotda keltirilishicha bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori hisoblanadi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎3
O‘zbekiston fuqarolari Eronga 10 kungacha bo‘lgan muddat mobaynida vizasiz kirishlari mumkin

O‘zbekiston fuqarolari Eronga 10 kungacha bo‘lgan muddat mobaynida vizasiz kirishlari mumkin. Eron fuqarolari O‘zbekistonga kirishi uchun elektron viza olishlari kerak bo'ladi. Bu haqda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxonov Uzreport.news manbasiga ma'lum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/tiv-o-zbekiston-fuqarolari-eronga-10-kungacha-bo-lgan-muddat-mobaynida-vizasiz-kirishlari-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
9👍1
Pashinyan: Armanistonda davlat toʻntarishiga urinish oldi olindi

Nikol Pashinyanga ko‘ra, “jinoyatchi oligarxik ruhoniylar” Armanistonda hokimiyatni qo‘lga olishni rejalashtirgan. Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib, 14 kishi, jumladan arxiyepiskop hibsga olindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/pashinyan-armanistonda-davlat-to-ntarishiga-urinish-oldi-olindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5
DXX tomonidan 2 tonna 135 kg giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan musodara qilingan 2 tonna 135 kg 188 gr giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dxx-tomonidan-2-tonna-135-kg-giyohvandlik-vositalari-yoqish-yo-li-bilan-yo-q-qilindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Belarusda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 26-27-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Minsk shahrida bo‘ladi.

Mamlakatimiz yetakchisi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-amaliy-tashrif-bilan-belarusda-bo-ladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍612👎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu yil Prezident maktablariga kirishda bir o’ringa 148 nafar talabgor to’g’ri kelmoqda

Bu haqda UzReport TV da jonli efirga uzatilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo’rabek Jangirov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 2025-2026-yil qabuli davomida Prezident maktablariga 49924 ta hujjat kelib tushgan bo’lib, bir o’ringa o’rtacha hisobda 148 nafar talabgor to’g’ri kelmoqda. Ijod maktablariga 4740 ta (bir o’ringa o’rtacha 11 nafar), sport maktablariga 582 ta (gimnastika maktabining bir o’rniga 8 nafar, boks maktabining bir o’rniga esa 15 nafar). Ixtisoslashtirilgan maktablarga 137870 ta hujjat kelib tushgan bo’lsa, bir o’ringa 12 nafar talabgor to’g’ri kelmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎2
USAGM maxsus maslahatchisi "Amerika Ovozi"ni "yo'q qilishga" chaqirmoqda

"Amerika Ovozi" mediakompaniyasi "butunlay bekor qilinishi va keyin qayta ishga tushirilishi" kerak. Bunday fikrni AQSh Kongressining Xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘mitasida so‘zlagan nutqida “Amerika Ovozi”ni moliyalashtirish uchun mas’ul bo‘lgan AQShning Global Media agentligi (USAGM) maxsus maslahatchisi Keri Leyk ma’lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, bu mediakompaniya "tagigacha chirigan" va "uning barcha qutqariladigan qismlari AQSh Davlat departamenti nazoratiga o'tkazilishi kerak".

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/usagm-maxsus-maslahatchisi-amerika-ovozini-yoq-qilishga-chaqirmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3👎1🔥1