UzReport.news
29.8K subscribers
83.6K photos
8.17K videos
8 files
79.9K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Sankt-Peterburgda tong, Hindistonning Anantnag shahridagi lavantalar, Pekindagi haddan tashqari jazirama. Kun suratlari

UzReport tahririyati dunyo bo'ylab e'tiborga molik voqea-hodisalar vaqtida olingan suratlarni to'plab boradi. Bu safar ham bir qator qiziqarli suratlar tarixga muhrlangan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/sankt-peterburgda-tong-hindistonning-anantnag-shahridagi-lavantalar-pekindagi-haddan-tashq

Lotin|Кирилл
1
Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

Qonun banklar, banklar guruhlari va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalariga nisbatan tatbiq etiladi. Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Shuningdek, Markaziy bank hamda Omonatlarni kafolatlash agentligining qo‘shma qarori asosida sanatsiya qilish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/banklarni-sanatsiya-qilish-va-tugatish-tartibi-belgilandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7
AQSh razvedkasi Eron yadroviy dasturi yo‘q qilinganini tasdiqlamadi

Amerika zarbalari Eronning yadroviy dasturini yo'q qilmadi, deb xabar qilmoqda OAV AQSh razvedkasi hisobotiga tayanib. Oq uy bunday ma'lumot tarqatganlarga nisbatan haqorat bilan javob qaytardi.

CNNning taʼkidlashicha, Eron yadroviy inshootlariga AQSh hujumlaridan koʻrilgan asosiy zarar yerdagi tuzilmalarga yetkazilgan. Shu bilan birga, ko‘plab harbiy ekspertlarning fikricha, Isroil Qo‘shma Shtatlarni Eronga hujumga qo‘shilishga ko‘ndirgan, chunki Vashingtonda noyob GBU-57A bombalari – Fordodagi tog‘ ostida yashiringan obyektga yetib borishi mumkin bo‘lgan snaryadlar bor edi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-razvedkasi-eron-yadroviy-dasturi-yo-q-qilinganini-tasdiqlamadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁42
“S&P” “O‘zmilliybank” AJning reyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi

“S&P” agentligi O‘zmilliybankning barqaror faoliyat olib borayotgani, davlat bilan yaqindan hamkorlik qilayotgani hamda diversifikatsiyalangan biznes-modelga ega ekanligini alohida ta’kidladi. Bank kapital va likvidlikning yetarli darajasini saqlab, moliyalashtirishda barqarorlik va xilma-xillikni namoyon etmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/s-p-o-zmilliybank-ajning-reyting-prognozini-ijobiyga-ko-tardi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👍1👎1
Toshkent yerusti metrosida rejali profilaktik ishlar jarayonida qator kamchilik va xato holatlar aniqlandi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston Transport prokurori rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahridagi yerusti metro qurilishi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qator kamchilik va xato holatlar aniqlanib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlar loyiha talablariga to‘liq muvofiq holda qayta ko‘rib chiqilishi va belgilangan muddatlarda sifatli yakunlanishi bo‘yicha masʼul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-yerusti-metrosida-rejali-profilaktik-ishlar-jarayonida-qator-kamchilik-va-xato-ho

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁43👍2
Bloomberg: Oq uy ishdan bo'shatilgan MXK xodimlarini qaytarib olmoqchi

Yangi tahdidlar fonida Oq uy AQSh Milliy xavfsizlik kengashida kadrlar yetishmasligini sezdi, deb yozadi Bloomberg. Departament xodimlari avvalroq Donald Tramp tomonidan qisqartirilgan edi.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Milliy xavfsizlik xizmati xodimlarini qayta tiklash AQSh Davlat kotibi Marko Rubio buyrug‘i bilan amalga oshirilmoqda. May oyidan buyon u AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi vazifasini ham bajarib kelgan. Rubio bu lavozimni MXKning sobiq rahbari Mayk Uols iste’foga chiqqanidan keyin egalladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bloomberg-oq-uy-ishdan-boshatilgan-mxk-xodimlarini-qaytarib-olmoqchi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi qamoqqa olindi

Qayd etilishicha, Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi mansab mavqeidan foydalanib, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan mahalliy fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilib, o‘zining hamkasbi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib berish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/urganch-shahar-prokuraturasi-tergovchisi-qamoqqa-olindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O'zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish rag‘batlantiriladi

Farmonga ko‘ra, Soliq kodeksida belgilangan alohida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar Toshkent viloyatidagi 4 va 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga ham tatbiq etilishi belgilandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ozbekistonda-to-g-ridan-to-g-ri-xorijiy-investitsiyalarni-jalb-etish-rag-batlantiriladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁1
Zelenskiy: Ukraina harbiy sanoati yetarlicha moliyalashtirilmagan

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gaagadagi NATO sammiti oldidan yevropalik investorlarni faolroq bo‘lishga chaqirdi. Ukraina dron ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropa yetakchisiga aylanishi mumkin, dedi u.

Ukrainaning mudofaa ishlab chiqarish salohiyati allaqachon 35 milliard yevrodan oshdi va deyarli 1000 turdagi mahsulotlarni qamrab oladi: artilleriya tizimlari va jangovar transport vositalaridan tortib dronlar va boshqariladigan raketalargacha.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-ukraina-harbiy-sanoati-yetarlicha-moliyalashtirilmagan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁31
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari daraxt ekdilar

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birga "Ix Tenger" davlat majmuasi bog‘ida daraxt ekdilar. Tashrif davomida oliy martabali mehmonlar “Naadam” an’anaviy mo‘g‘ul bellashuvlarini tomosha qildilar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-va-mo-g-uliston-rahbarlari-daraxt-ekdilar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍77👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Prezidentlari rafiqalari bilan birga daraxt ekdilar. Mehmonlar mo‘g‘ul madaniyati va anʼanalari bilan tanishdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍832👎2
O‘zbekiston Jahon banki ko‘magida kichik gidroenergetika yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytiradi

Jahon banki O‘zbekistonga kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish va butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirish uchun 150 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekiston-jahon-banki-ko-magida-kichik-gidroenergetika-yordamida-elektr-energiyasi-ishla

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👎1
Isroil Livanning janubida uchuvchisiz havo hujumi uyushtirdi

Isroil armiyasi Livan janubida, Nabatiya provinsiyasining Bint-Jbeil tumanida joylashgan Ayta ash-Shab qishlog‘i yaqinida drondan zarba berdi.

Isroil va Livan oʻrtasida 2024-yil 27-noyabrda kuchga kirgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga qaramay, Isroil armiyasi mamlakat janubida deyarli har kuni havo va quruqlik amaliyotlarini davom ettirmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/isroil-livanning-janubida-uchuvchisiz-havo-hujumi-uyushtirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎142👍1
O‘zbekiston Prezidenti Mo‘g‘ulistonga tashrifini yakunladi

O‘zbekiston yetakchisining Mo‘g‘ulistonga ilk tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berdi va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-mo-g-ulistonga-tashrifini-yakunladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍611
Hindiston, Vengriya va Polsha astronavtlari birinchi marta XKSga tashrif buyurishdi

Ax-4 tijoriy missiyasi ekipaji Kanaveraldan Xalqaro kosmik stansiyaga jo‘nab ketdi. Missiya taxminan ikki hafta davom etadi va uning ishtirokchilari XKSda bir qator ilmiy tajribalar o‘tkazadi. OAV maʼlumotlariga koʻra, parvoz har bir ekipaj aʼzosiga taxminan 70 million yevroga tushadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/hindiston-vengriya-va-polsha-astronavtlari-birinchi-marta-xksga-tashrif-buyurishdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1
Surxondaryo va Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi

Sharof Shukurov Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, Xurshid Alibayev esa Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/surxondaryo-va-navoiy-viloyati-favqulodda-vaziyatlar-boshqarmalariga-boshliqlar-tayinlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Eron MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Eron parlamenti Xalqaro atom energiyasi tashkiloti bilan hamkorlikni to‘xtatuvchi qonunni ma’qulladi. Hujjat MAGATE inspektorlarining mamlakatga kirishini taqiqlaydi.

Eronning Mehr axborot agentligining yozishicha, yig‘ilishda qatnashgan 223 deputatdan 221 nafari hujjatni qo‘llab-quvvatlagan. Qonun loyihasi Islom Respublikasi hukumatini xalqaro yadroviy tartibga soluvchi organ bilan hamkorlikni to‘xtatish majburiyatini yuklaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/eron-magate-bilan-hamkorlikni-to-xtatdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7👍4
Senat muxolif partiya huquqlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan qonunni maʼqulladi

O‘zini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan siyosiy partiya fraksiyasiga qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar ham o‘sha masalaga doir qonun loyihasining yoki uning tarkibiy qismining muqobil tahririni kiritish kabi qo‘shimcha huquq berilmoqda.

Shuningdek, ushbu fraksiyaning vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir nafar qo‘mita raisi va ikki nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi, har chorakda "hukumat soati" va parlament so‘rovi doirasida masala kiritishi ham nazarda tutilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/senat-muxolif-partiya-huquqlarini-kengaytirish-ko-zda-tutilgan-qonunni-ma-qulladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍21