UzReport.news
29.7K subscribers
83.7K photos
8.19K videos
8 files
80K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Ekologik kommunikatsiya sohasidagi bilim va ko‘nikmalar oshirildi

Tadbirning asosiy maqsadi — kommunikatsiya, ommaviy axborot vositalari, blogosfera va ekologik faollar o‘rtasida tajriba almashish, ekomadaniyatni oshirish va ekologik jihatdan mas’uliyatli xulq-atvorni shakllantirishda samarali yondashuvlarni aniqlashdir.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ekologik-kommunikatsiya-sohasidagi-bilim-va-ko-nikmalar-oshirildi

Lotin|Кирилл
😁1
Ispaniya bosh vaziri YaIMning 5 foizini mudofaaga sarflashga qarshi

Pedro Sanches NATO davlatlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotining 5 foizini mudofaaga sarflash majburiyatiga qo‘shilishni istamayapti.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ispaniya-bosh-vaziri-yaimning-5-foizini-mudofaaga-sarflashga-qarshi

Lotin|Кирилл
🔥31
Endilikda davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

Farmonda davlat organlari 2026-yil 1-yanvardan boshlab o‘zlariga tegishli bo‘lgan oshxonalarni to‘liq autsorsing asosida tashkil etishi belgilangan. Ushbu oshxonalarda sog‘lom ovqatlanishni keng joriy qilish hamda shirinliklar, yog‘li, xamir solingan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar, shuningdek, odam sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa turdagi mahsulotlarning savdosi cheklanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/endilikda-davlat-tashkilotlari-xodimlarining-tana-vazni-indeksi-o-lchab-boriladi

Lotin|Кирилл
👍4
"Bizda ham shunday muammolar bor va ularni birgalikda hal qilish lozim" — Qozog‘iston vaziri "Eco Expo"da

“Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Yerlan Nysanbayev ishtirokchilarning ko‘rgazma stendlari bilan tanishdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/bizda-ham-shunday-muammolar-bor-va-ularni-birgalikda-hal-qilish-lozim-qozog-iston-vaziri-e

Lotin|Кирилл
2😁1
Tadqiqot: O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi diplomi bo‘yicha ishlamaydi

HeadHunter Uzbekistan onlayn platformasi ish izlovchilar orasida o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aholining faqat uchdan bir qismi o‘z ma’lumoti bo‘yicha ishlayotganini bildirgan. Qolganlar esa sohasini butunlay o‘zgartirgan yoki diplomdagi bilimlarini faqat qisman qo‘llamoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tadqiqot-o-zbekistonliklarning-ko-pchiligi-diplomi-bo-yicha-ishlamaydi

Lotin|Кирилл
2
Buyuk Britaniya va Bahrayn o‘rtasida 2 ta yirik shartnoma imzolandi

Bahrayn va Buyuk Britaniya 19-iyun kuni valiahd shahzoda Salmon bin Hamad Al-Xalifaning Londonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikkita yirik kelishuvga erishdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/buyuk-britaniya-va-bahrayn-o-rtasida-2-ta-yirik-shartnoma-imzolandi

Lotin|Кирилл
3
2026-yildan boshlab iqtidorli boshqaruvchilar va liderlarni, yangi avlod rahbarlarini aniqlash va tanlash bo‘yicha “TOP-100” dasturi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, endilikda “TOP-100” dasturi asosida har ikki yilda bir marta 100 nafar salohiyatli boshqaruv kadrlarini saralab olish bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/2026-yildan-boshlab-iqtidorli-boshqaruvchilar-va-liderlarni-yangi-avlod-rahbarlarini-aniql

Lotin|Кирилл
O'zbekistonda yosh bolalar orasida yangi virus tarqaldimi?

Holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma'lumot berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ozbekistonda-yosh-bolalar-orasida-yangi-virus-tarqaldimi-

Lotin|Кирилл
Vazirlik va idoralarda davlat xizmatchilarining oilasi uchun “oila kuni” (family day) tashkil etiladi

Farmonga ko'ra, eng namunali davlat xizmatchilari faoliyati, davlat xizmatchilarining bir kuni to‘g‘risida videorolik va filmlar namoyishi o‘tkaziladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/vazirlik-va-idoralarda-davlat-xizmatchilarining-oilasi-uchun-oila-kuni-family-day-tashkil-

Lotin|Кирилл
UNICEF: G‘azoda suv tizimlari ishdan chiqib, sun’iy qurg‘oqchilik yuzaga kelgan

"Bolalar tashnalikdan o‘la boshlaydi... Ichimlik suvi ishlab chiqarish inshootlarining atigi 40 foizi ishlab turibdi”, dedi UNICEF vakili Jeyms Elder Jenevada.


Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/unicef-g-azoda-suv-tizimlari-ishdan-chiqib-sun-iy-qurg-oqchilik-yuzaga-kelgan

Lotin|Кирилл
👎3😢3
O‘zbekistonda tashqi qarz olish limitlariga rioya qilish kerak – XVJ

XVJ ekspertlariga ko‘ra, O‘zbekistonda iqtisodiy barqarorlik saqlanib qolyapti. Xususan, 2024 yilda YaIM o‘sishi 6,5 foizni, 2025 yilning birinchi choragida 6,8 foizni tashkil etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekistonda-tashqi-qarz-olish-limitlariga-rioya-qilish-kerak-xvj

Lotin|Кирилл
1😁1
Sirdaryoda $2 mingga yaqin qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/sirdaryoda-2-mingga-yaqin-qalbaki-dollar-sotayotgan-shaxslar-ushlandi

Lotin|Кирилл
👍2😢2
"Hyundai" va "Kia" tovar belgilaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo'yildi

Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Hyundai” va “Kia” kompaniyalariga (Janubiy Koreya Respublikasi) tegishli tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanilganligi holatlari bo‘yicha huquq egalarining murojaatlari asosida tekshiruvlar o‘tkazildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/hyundai-va-kia-tovar-belgilaridan-noqonuniy-foydalanish-holatlariga-chek-qoyildi

Lotin|Кирилл
2
Filippindagi Supermenni suratga olish guruhi, Moskvadagi Patriarx hovuzidagi oq oqqush va jo'jalari, Buyuk Britaniyadagi "Xonimlar kuni". Kun suratlari

UzReport tahririyati dunyo bo'ylab e'tiborga molik voqea-hodisalar vaqtida olingan suratlarni to'plab boradi. Bu safar ham bir qator qiziqarli suratlar tarixga muhrlangan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/photos/filippindagi-supermenni-suratga-olish-guruhi-moskvadagi-patriarx-hovuzidagi-oq-oqqush-va-j

Lotin|Кирилл
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” dam olish maskanida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan “E voh” ijodiy festivali ikkinchi marta bo‘lib o‘tdi.

Ushbu adabiyot va maʼnaviyat bayrami UZREPORT TV va FTV telekanallari tomonidan Toshkent viloyati hokimligi, Turonbank, "Green Hills Resort" dam olish maskani hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda adabiyot ixlosmandlari, yosh ijodkorlar, san’at vakillari, jamoat arboblari, yozuvchi va shoirlar hamda Erkin Vohidovning oila a’zolari ishtirok etib, shoir xotirasini yodga oldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/green-hills-resort-dam-olish-maskanida-e-voh-ananaviy-festivali-ikkinchi-bor-otkazildi

Lotin|Кирилл
20-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

📇 Tadqiqot: O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi diplomi bo‘yicha ishlamaydi

🪳 O‘zbekistonda salkam 516 ming gektarda hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

⚖️ Endilikda davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

💰 Joriy yilda Qashqadaryoga 3,5 milliard dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/20-iyun-kuni-o-zbekistonda-sodir-bo-lgan-muhim-voqealar-dayjesti

Lotin|Кирилл
2
“Green Hills Resort” dam olish maskanida Erkin Vohidov bog‘i va haykali ochildi

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanining “Green Hills Resort” dam olish maskanida tarixiy voqea – Erkin Vohidov bog‘i hamda shoirning bronzadan yasalgan 2 metrlik haykali ochildi.

Haykal bog‘ning markazida joylashgan bo‘lib, unda shoir she’riyat dunyosiga sho‘ng‘ib, ijodiy hayolotga sho‘ng‘igan onlari tasvirlangan. Ikki gektar maydonda joylashgan ushbu bog‘da 150ta daraxt, manzarali gullar ekildi, tog‘ toshlari bilan bezatilgan. Ushbu bog‘da shoirning o‘zi o‘qigan “Inson qasidasi”, “O‘zbegim”, “Bir nihol”, “Shoiru she'ru shuur”, “Men jilg‘aman” she’rlari doimiy jaranglab turib, barcha insonlar uchun  chiroyli manzaralardan bahra olish va dam olishga mo‘ljalangan go‘zal maskanga aylangan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/green-hills-resort-dam-olish-maskanida-erkin-vohidov-bog-i-va-haykali-ochildi

Lotin|Кирилл
1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Biz “E voh” adabiy festivalini har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatlaymiz" — Shavkat Mirziyoyev

"GREEN HILLS RESORT" dam olish maskanida Erkin Vohidov nomidagi “E VOH” anʼanaviy ijodiy festivali ikkinchi bor o‘tkazildi. O‘tgan yili birinchi marta o‘tkazilgan festival ijodiy jamoatchilik, adabiyot va sheʼriyat ixlosmandlar, hamda maktab o‘quvchilar uchun yilning muhim ijodiy voqealardan biriga aylandi.

Ayniqsa davlat rahbarining bu tadbirga eʼtibor qaratgani ijod olami vakillarini yana-da ruhlantirdi.

"Kelajakka yuksak ishonch bilan intilayotgan bugungi o‘g‘il-qizlarimiz maʼnaviy buloqlarimizdan bahramand bo‘lsin. Yangi O‘zbekistonning chinakam bunyodkorlari bo‘lib voyaga yetishida mana shunday anjumanlarning o‘rni va taʼsiri beqiyos, albatta” – degan edi Shavkat Mirziyoyev.


Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/biz-e-voh-adabiy-festivalini-har-yili-an-anaviy-tarzda-o-tkazish-taklifini-qo-llab-quvvatl

Lotin|Кирилл
👎21