UzReport.news
30.1K subscribers
83.4K photos
8.13K videos
5 files
79.7K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi

Bugun, 15-iyuldan “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, jarayonlar quyidagi sanalarda:

1. Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2. Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3. Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
4. Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

Andijon tumani hokimining sobiq o‘rinbosari va statistika bo‘limi boshlig‘i 6 gektar yer olib berish uchun tadbirkordan 600 ming dollar so‘radi. Boshqa holatda hokim o‘rinbosari 4 gektar yer uchun 20 ming talab qildi. Ularning barchasi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/andijonda-hokim-o-rinbosari-statistika-bo-limi-boshlig-i-va-sobiq-mansabdorlar-pora-bilan-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍21
Zelenskiy Shmigalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi

Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mamlakat Mudofaa vazirligini boshqarishi mumkin.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-shmigalni-ukraina-mudofaa-vaziri-lavozimiga-taklif-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
O‘zgidromet joylarda harorat +45 darajagacha ko‘tarilishidan ogohlantirdi

17-19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zgidromet-joylarda-harorat-45-darajagacha-ko-tarilishidan-ogohlantirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Yevropa Ittifoqi yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga ishontirdi

Yevropa Ittifoqi Armanistonda tashqi aralashuv va gibrid hujumlar xavotiri fonida mustaqil ommaviy axborot vositalarini mustahkamlash uchun 1,5 million yevro ajratilishini e’lon qildi. Yevropa Ittifoqi rahbarlari, shuningdek, vizani liberallashtirish borasidagi taraqqiyotni qayd etdilar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-yetakchilari-pashinyanni-qo-llab-quvvatlashga-ishontirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2
"Hech kimning sizni pora evaziga oliygohga kiritishga haqqi yo‘q!" - Oliy taʼlim vaziri pul bilan o'qishga kiritib qo'yish haqida

"Biz sizlardan bilim va tarbiya berish orqali jamiyatga xizmat qilishni kutamiz, jinoyat sodir etishni emas. Har bir pedagog bu muqaddas kasb ortida yurt kelajagi, inson taqdiri turganini chuqur his qilishi kerak.

Oliy ta’lim tizimidagi har bir rahbar va xodim korrupsiyaga qarshi shaxsiy mas’uliyat bilan yondashishi, bu borada faqat qonun doirasida faoliyat yuritishi shart", deya ta'kidladi Kongratbay Sharipov.


Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/hech-kimning-sizni-pora-evaziga-oliygohga-kiritishga-haqqi-yo-q-oliy-ta-lim-vaziri-pul-bil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😁42👎2
Yevropa Ittifoqi AQShga qarshi 72 milliard yevrolik javob bojlarini tayyorlamoqda

Yevropa Ittifoqi rasmiylari Donald Trampning tahdidlariga javoban AQShning 72 milliard yevrolik tovarlariga bojlar tayyorladi. Bryussel Vashington bilan muzokaralarga ochiq, biroq “barcha vositalar stolda qolayotganini” qayd etadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-aqshga-qarshi-72-milliard-yevrolik-javob-bojlarini-tayyorlamoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍31
O‘zbekiston va Vengriya AESlarni sovutish uchun quruq gradirnya ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etadi

Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri stansiyaning ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash uchun muhim uskuna – "quruq" gradirnyalarni yetkazib berish va ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik modellarini muhokama qilish bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekiston-va-vengriya-aeslarni-sovutish-uchun-quruq-gradirnya-ishlab-chiqaruvchi-qo-shma

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
3👎1
“Tashabbusli byudjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumida 823 ta mahallaga tanaffus beriladi

2024-yilgi 2-mavsumi hamda 2025 yilning 1-mavsumida (ikkata mavsumda ketma ket) g‘olib bo‘lgan 823 ta mahallaga joriy yilgi 2-mavsumi hamda 2026-yilgi 1-mavsumida tanaffus beriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tashabbusli-byudjetning-2025-yilgi-2-mavsumida-823-ta-mahallaga-tanaffus-beriladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍3👎1
Kallas: Tramp Rossiyaga Ukrainada tinchlikka erishguncha juda uzoq vaqt berdi

Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaja Kallasning fikricha, Ukrainada tinchlikka erishish uchun Donald Tramp tomonidan belgilangan 50 kunlik muddat juda uzun.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kallas-tramp-rossiyaga-ukrainada-tinchlikka-erishguncha-juda-uzoq-vaqt-berdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/surxondaryoda-advokat-50-ming-dollar-bilan-ushlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
AQSh Rossiyaga qarshi bojlar to'g'risidagi qonun loyihasini to'xtatib qo'ydi

Trampning Rossiya haqidagi bayonotlari fonida AQSh 500 foizlik tariflar bo‘yicha qonun loyihasini ilgari surishni to‘xtatdi. Agar prezident uni muzokaralarda mos vosita deb hisoblasa, Senat loyihaga qaytadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-rossiyaga-qarshi-bojlar-togrisidagi-qonun-loyihasini-toxtatib-qoydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in sodir bo'ldi

Chilonzor ko'chasida ochiq maydonda quruq o’t, eski avtomobil shinalari yonayotganligi to’g’risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekfilm-binosi-yaqinida-kuchli-yong-in-sodir-boldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2😱2
Tramp Ukrainani “Tomahawk” raketalari bilan ta’minlashni ko‘rib chiqdi

Kiyevni uzoq masofaga uchuvchi Tomahawk qanotli raketalari bilan ta'minlash imkoniyati o'tgan haftada ko'rib chiqildi, deb ma'lum qildi WP. Hozircha bunday raketalar Ukrainaga berilmaydi, biroq Tramp Rossiyaga bosimni kuchaytirishga qaror qilsa, fikrini oʻzgartirishi mumkin.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-ukrainani-tomahawk-raketalari-bilan-ta-minlashni-ko-rib-chiqdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi

Oqqo‘rg‘on tumanida harakatlanib ketayotgan avtomashinaning yukxonasida turli xil harakatlarni amalga oshirib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan va jamoat tartibini buzgan, shuningdek, bu holatlarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan fuqarolarga 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-viloyatida-labo-ga-suv-to-ldirib-cho-milganlar-12-sutkaga-qamaldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍43👎2
Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish uchun "Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimi joriy etilmoqda

Nizom ipoteka obligatsiyalarini chiqarish bo‘yicha tajriba loyihalarini sinovdan o‘tkazishni boshlash uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan ilk qabul qilingan hujjatdir.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ipoteka-obligatsiyalarini-chiqarish-uchun-tartibga-solish-qumdoni-maxsus-huquqiy-rejimi-jo

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2😁1
NATO: 2025-yil boshidan beri 100 000 rus askari halok bo'ldi

NATO bosh kotibi Mark Ryutte 2025-yil boshidan beri Ukrainadagi Rossiya armiyasining yo‘qotishlarini 100 ming askarga baholadi. Uning eslatishicha, Rossiya Federatsiyasi Istanbuldagi muzokaralarga “jiddiy odamlarni yubormagan” va Vladimir Medinskiyni masxara qilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/nato-2025-yil-boshidan-beri-100-000-rus-askari-halok-boldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😱2👍1
Talon-torojda gumonlanayotgan qidiruvdagi o‘zbekistonlik AQSHdan ekstraditsiya qilindi

Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi va AQSHdagi vakolatli organlar oʻrtasidagi samarali hamkorlik natijasida jinoyat sodir etganlikda gumonlangan Oʻzbekiston fuqarosi AQSHda qoʻlga olinib, yurtimizga qaytarildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/talon-torojda-gumonlanayotgan-qidiruvdagi-o-zbekistonlik-aqshdan-ekstraditsiya-qilindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olinadi

"Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olish yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/mashinani-jarima-maydonchasidan-olib-chiqish-uchun-elektron-ruxsatnoma-olinadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
4👎2
Kremlga Trampning ultimatumini tahlil qilish uchun “vaqt kerak”

AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha yangi bayonotlari “juda jiddiy” va Rossiya rahbariyatiga ularni tahlil qilish uchun “vaqt kerak”, dedi Peskov. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi urushni davom ettirish bilan tahdid qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kremlga-trampning-ultimatumini-tahlil-qilish-uchun-vaqt-kerak

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
4