UzReport.news
30.1K subscribers
83.4K photos
8.13K videos
5 files
79.7K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Yevropaning 12 shahrida so‘nggi jazirama tufayli 2,3 ming kishi halok bo‘ldi

Britaniya olimlari hisob-kitoblariga ko'ra, iqlim o'zgarishi Yevropaning yirik shaharlarida ortiqcha issiqlik bilan bog'liq o'limni uchdan ikkiga oshirdi. So‘nggi jazirama to‘lqini qurbonlarining eng ko‘p soni Milan, Parij va Barselonada qayd etilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropaning-12-shahrida-so-nggi-jazirama-tufayli-2-3-ming-kishi-halok-bo-ldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1👍1😁1😱1
O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi FIFA reytingida yuqoriladi

FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi eʼlon qilindi. Unga koʻra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oʻrnidan ikki pogʻona yuqorilab, 55-oʻrindan joy oldi. Shuningdek, milliy jamoamiz Osiyo jamoalari orasida 6-o‘rinni band etgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/o-zbekiston-milliy-futbol-terma-jamoasi-fifa-reytingida-yuqoriladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
3😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DXX Chegara qo‘shinlarining uchuvchisiz aviatsiya majmuasi foydalanishga topshirildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Orol dengizini qutqaruvchi dron ixtiro qilindi

O‘zbekistonda 7 mingdan ortiq yosh olimlarni birlashtirgan Yoshlar akademiyasi 2019-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. 2025-yilning 30-iyun kuni Xalqaro kongress markazida bo’lib o’tgan tadbirda davlat rahbari bir guruh iqtidorli yoshlar bilan uchrashib ularni mukofotlab, turli sohalardagi loyiha va kashfiyotlar bilan tanishgan edi. Shu kuni Prezidentga o’z loyihalarining taqdimotini o’tkazgan yoshlardan biri Sayfullo Qodirov bo’ldi.

Sayfullo Qodirov hozirda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining1-bosqich tayanch doktoranti.
U 3 ta real loyiha muallif hisoblanadi.

UzReport TV lavhasida yosh olim bilan bo'lib o'tgan eksklyuziv suhbatni tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍3
AQSh Ukrainaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni qayta tikladi

Amerika Ukrainaga artilleriya snaryadlari va mobil raketalarni yetkazib berishni tikladi, deb xabar berdi Reuters.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-ukrainaga-ayrim-turdagi-qurollarni-yetkazib-berishni-qayta-tikladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎3👍2
Toshkentda 26 ta ko‘cha tunu-kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, aholining turmush sharoitlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishmoqda.

Bu safargi yo‘nalish Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini qamrab oldi. Ularni Bunyodkor ko‘chasi bog‘lab turadi. Ushbu markaziy ko‘chada san’at va madaniyat maskanlari, turli idoralar, ko‘p qavatli uylar, supermarket va restoranlar joylashgan. Bu salohiyatdan foydalanib, uning 1,5 kilometr qismi xizmat ko‘rsatish va gastroturizm ko‘chasiga aylantirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/gastroturizm-bunyodkor-ko-chasining-fayzini-oshirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍531👎1
O‘zbekistonda 29 ta korxonalar ustun mavqega ega deb eʼtirof etildi

Ularga qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-29-ta-korxonalar-ustun-mavqega-ega-deb-e-tirof-etildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
2024-yilda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Shengen vizasi uchun 58,6 mingta ariza topshirildi

Bu o‘tgan yilga nisbatan 26,2 foizga ko‘p. Eng ko‘p ariza Germaniyaga yuborilgan (19 329 ta), ularning 78,7 foizi maʼqullangan. Eng yuqori rad etish darajasi Polshada kuzatilgan — har uchinchi ariza qabul qilinmagan. Shuningdek, Bolgariya eng oson viza olish mumkin bo‘lgan davlat sifatida qayd etilgan — u yerda viza berilish darajasi 133,4 foizni tashkil etgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/2024-yilda-o-zbekiston-fuqarolari-tomonidan-shengen-vizasi-uchun-58-6-mingta-ariza-topshir

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
UNAIDS: Sharqiy Yevropada OITS bilan bog'liq o'limlar ko'paymoqda

Jahon hamjamiyati OIVga qarshi kurashni kuchaytirishi kerak, deydi ekspertlar. 2024-yilda dunyo bo'ylab 630 ming kishi OITSdan vafot etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/unaids-sharqiy-yevropada-oits-bilan-bogliq-olimlar-kopaymoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Prezident Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Yangi Kamolon mahallasida bo‘ldi

Yangi Kamolon mahallasida 4 ming 600 nafardan ziyod aholi yashaydi. 60 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida mahalla yoshlari ish bilan band. Bu yil hunarmandlar maskani, dala mahsulotlari va qandolatchilik do‘konlari, novvoyxona tashkil etildi, xususiy tibbiyot punkti ochildi. Natijada mahalla ishsizlikdan xoli hududga aylandi.

Shu yerda Shayxontohur tumani “Islohotlar shtabi” faoliyati to‘g‘risida axborot berildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shayxontohurda-xizmat-sohalari-drayver-bo-ladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍69👎1
YeK josuslikda gumon qilingan tarjimonning akkreditatsiyasini bekor qiladi

Yevropa kengashining Bryusseldagi yig‘ilishida bir ayol Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokidagi muzokaralarni yozib oldi, deb yozadi Le Monde gazetasi. Tarjimon Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilinmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yek-josuslikda-gumon-qilingan-tarjimonning-akkreditatsiyasini-bekor-qiladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

"24 million qoidabuzarlik, shundan 19 milliontasi tezlik bilan bog‘liq. Bu yerda nimadir noto‘g‘ri ishlayapti. Tezlik uchun cheklov joy, vaqt va zaruratiga qarab belgilanishi kerak. Masalan, magistral yo‘l, masofa uzoq, aholi yashash punkti emas, nega 130 yurish mumkinmas?

Qizilda o‘tish, cheklangan joyda ikki karra tez yurish, avariya xavfi yaratib qasddan tartibsiz harakat… marhamat, ayovsiz jarimani bosish kerak, lekin ayrim jazolar bo‘yicha haydovchilarning ham fikri bilan qiziqish zarur”, – deya yozdi Qodirov.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/alisher-qodirov-ishlab-chiqarilganiga-25-30-yildan-oshgan-mashinalarni-iste-moldan-chiqari

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍16👎42
AQShning Los-Anjeles shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha "Summer Slam" musobaqasi bo'lib o'tmoqda

Unda milliy terma jamoa a'zosi Nafosat Koziyeva ham ishtirok etmoqda.

UCI tasnifiga kiruvchi C2 klassidagi poygalarda hamyurtimiz uchta yo'nalish bo'yicha jahonning ko'zga ko'ringan sportchilari bilan bellashdi va jahon chempionati yo'lllanmasi uchun jamg'arib boriladigan qimmatli reyting ochkolarini qo'lga kiritdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar joriy etish sanasini aytdi

Mis Pentagonning eng koʻp ishlatiladigan metallaridan biri va bu ishlab chiqarish AQShga koʻchirilishi kerak, dedi Tramp.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-mis-importiga-50-foizlik-bojlar-joriy-etish-sanasini-aytdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1👎1😁1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldi.

Mamlakatimizda ijtimoiy davlat, ijtimoiy adolat tamoyillari ustuvor. Ushbu qadriyatlar asosida barcha hududlarda "Inson" markazlari ochilib, mehr va ko‘mak tizimi aholiga yaqinlashtirilmoqda. 
Markazda 12 toifadagi muhtoj insonlarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

Buning uchun muassasada zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Murojaatlarni qabul qilish, ehtiyojni baholash, xizmatni belgilash va xizmat ko‘rsatish jarayonlari insonlarga qulay tarzda yo‘lga qo‘yilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍582👎1
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi sanoat hududida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi

Mazkur hudud Beshqo‘rg‘on va Tirsakobod mahallalari hududida joylashgan bo‘lib, 320 gektar maydonni egallagan. Kichik sanoat zonasi maqomidagi ushbu majmua Prezidentning 2023-yil 3-iyuldagi qarori asosida tashkil etilgan. Unga muvofiq, transport, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasining yaxshilangani sanoat va tadbirkorlik rivojiga zamin yaratdi. 

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍63👎1