UzReport.news
29.9K subscribers
83.5K photos
8.15K videos
8 files
79.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
O'zbekistonda jamoat transporti tizimi aholini rozi qiladigan darajada yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tildi

Shaharlararo avtobuslar grafik bo‘yicha emas, balki yo‘lovchilari 40-50 kishi bo‘lib to‘lganda yurishga o‘rgangan. Chunki tadbirkorlarga shaharlararo jamoat transportida zararni kompensatsiya qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagan. Subsidiya faqat shahar atrofidagi avtobuslar uchun bor.

Prezident endilikda o‘rta va uzoq masofaga qatnaydigan jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishini aytdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/ozbekistonda-jamoat-transporti-tizimi-aholini-rozi-qiladigan-darajada-yo-lga-qo-yilmagani-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍561
Poytaxt jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tib, Toshkent viloyatining barcha tutash hududlarini qamrab oladi

“Marshrutlar uzaysa, kutish vaqti ko‘payadi”, deb aholi xavotirga tushmasin. Sentyabrgacha poytaxtga 200 ta, keyingi yili yana 1 mingta avtobus olib kelamiz”, - dedi davlatimiz rahbari.

Yangi tizimni poytaxt va Toshkent viloyati uchun 1 sentyabrdan, yirik shaharlarda esa kelasi yili 1 yanvardan joriy qilish topshirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/poytaxt-jamoat-transporti-yagona-aglomeratsiya-tizimiga-o-tib-toshkent-viloyatining-barcha

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍49
Poytaxtdagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida “Intellektual transport” axborot tizimi ishga tushadi

Ushbu tizimga Toshkent shahridagi 700 dan ziyod chorraha va ulardagi barcha svetofor, foto va videokuzatuv moslamalari ulanadi.

Transport oqimiga qarab svetoforlarni masofadan boshqarish hisobiga tirbandliklar 25-30 foizga kamayishi mumkin.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/poytaxtdagi-tirbandliklarni-kamaytirish-maqsadida-intellektual-transport-axborot-tizimi-is

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍58
“Surunkali qoidabuzarlar” dasturi ishga tushiriladi

Endilikda qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oyda qarori chiqmasa, haydovchi hech qanday jarima to‘lamasligi belgilandi.

Ichki ishlar vazirligiga viloyat hokimlari bilan tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/surunkali-qoidabuzarlar-dasturi-ishga-tushiriladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍842
Maktab o‘quvchilari va mahalladagi yoshlar o‘rtasida “Yashil chiroq” musobaqalari qayta tiklanib, respublika g‘oliblariga Prezident sovg‘asi beriladi

Masʼul vazirliklarga yangi o‘quv yiligacha maktab va bog‘chalarda harakat xavfsizligi bo‘yicha dasturlarni tubdan yangilash topshirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/maktab-o-quvchilari-va-mahalladagi-yoshlar-o-rtasida-yashil-chiroq-musobaqalari-qayta-tikl

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍64🔥5815
CNN: Tramp Putinga Ukraina ustidan “Moskvani bombardimon qilish” bilan tahdid qildi

CNN telekanali Donald Trampning 2024-yilgi saylov kampaniyasi uchun donorlar bilan gaplashayotgani aks etgan audioyozuvni eʼlon qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/cnn-tramp-putinga-ukraina-ustidan-moskvani-bombardimon-qilish-bilan-tahdid-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁61
Veloshosse bo'yicha "Qahramonmarash Grand-pri" bahslarida kumush medal qo'lga kiritildi

Turkiyada o'tgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ishtirok etishdi. Quvonarlisi, erkakalar o'rtasidagi guruh bahslarida Nikita Svetkov ikkinchi bo'ldi. 132.5 km masofaga bo'lib o'tgan poygada hamyurtimiz 3:32:41 natija ko'rsatdi.

Shuningdek, Tsvetkov "Grand Prix Edebiyat Yolu" musobaqasida ham ishtirok etib qimmatli reyting ochkolarini qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz mazkur poygada 4-natijani qayd etdi. Bu bilan terma jamoamiz ikki kunlik poygalarda 56 ochko jamg'ardi.

Hozirgi kunda milliy terma jamoaning oldida turgan asosiy vazifalardan biri — dunyoning kuchli 50 taligiga kirish va jahon chempionatiga sarlashdan o'tishdir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Zelenskiy Rimga Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha forum uchun keldi

Ukraina prezidenti Rim papasi, Italiya prezidenti va AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kellog bilan uchrashadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-rimga-ukrainani-qayta-tiklash-bo-yicha-forum-uchun-keldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎31👍1
Yevroparlament tinch ukrainaliklarni qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi

Yevroparlament Rossiya tomonidan noqonuniy hibsga olingan Ukraina fuqarolarining ahvoli bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi. Ular qiynoqlarga aloqador rossiyalik amaldorlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni so‘ramoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevroparlament-tinch-ukrainaliklarni-qiynoqqa-solganlarni-jazolashga-chaqirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekiston tarixda ilk bor BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti Kengashiga saylandi

Rimda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti Kengashi a’zoligi uchun saylov bo’lib o’tdi. 2028-2029-yillarga mo‘ljallangan a’zolik saylovida O‘zbekiston birinchi marta ushbu nufuzli organ tarkibiga bir ovozdan ma’qullandi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4
Sharof Rashidov tumani hokimi pora bilan ushlandi

Tuman hokimligi vakili uy qurishga yer ajratib berilishi uchun tadbirkordan 30 ming dollar so‘ragan. U hokimga 10 ming dollar pora bergan vaqtda DXX xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁5👍2
Kreml Trampning Putin haqidagi keskin bayonotini tanqid qila olmadi

Kreml Trampning keskin ritorikasiga nisbatan “juda xotirjam” va muloqotni davom ettirish tarafdori, dedi Peskov. Bir kun avval Tramp Putinni “bema’nilikda” ayblagan edi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kreml-trampning-putin-haqidagi-keskin-bayonotini-tanqid-qila-olmadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁42👍2👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AGALAROV: MENING TAKLIFIM — CHORVOQ ATROFIDA UMUMIY KOLLEKTOR O‘RNATISH VA OQAVA SUVLARNI U YERDA JAMLASH

Chorvoq bo‘yida katta masshtabdagi loyiha jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi. Hali yo‘lga qo‘yilmagan Sea Breeze Uzbekistan dam olish majmuasi katta muhokamalarni keltirib chiqardi.

Jamiyat havotiriga ko‘ra, loyiha qurilishi poytaxtni ichimlik suvi bilan ta’minlovchi muhim suv omboriga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ishonchsizlik to‘lqiniga javob tarzda ushbu loyiha ta’sischilari o‘zbekistonlik jurnalistlar, bloger va turli idoralar vakillarini ushbu majmuaning analogi Kaspiy dengizi sohilida qanday ishlayotganini ko‘rsatish maqsadida Ozarbayjonga taklif etdi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5👎3
Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalarining bosh inspektorlariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi

Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori mansab mavqeidan foydalanib, Oltinko‘l tumanida radio va teleapparaturalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ tomonidan soliq va yig‘imlar bo‘yicha topshirilgan soliq hisobotlarida tovarlar realizatsiyasi to‘g‘ri aks ettirilmaganligi natijasida MCHJga juda ko‘p miqdorda soliq hisoblanishi hamda soliq tekshiruvi o‘tkazilishini aytadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/andijon-va-surxondaryoda-soliq-boshqarmalarining-bosh-inspektorlariga-nisbatan-jinoyat-ish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1
London va Parij yadroviy to'xtatuvchi kuchlarni muvofiqlashtiradi

Makron va Starmer “Yevropa uchun har qanday haddan tashqari tahdid”ga qarshi yadroviy to'xtatuvchi choralarni muvofiqlashtirish imkonini beruvchi deklaratsiyani imzolashni rejalashtirmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/london-va-parij-yadroviy-toxtatuvchi-kuchlarni-muvofiqlashtiradi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xususiy oliygoh ochish uchun yangi talablar belgilandi. Bu yaxshimi yoki yomon?

Vazirlar Mahkamasining 30-iyundagi qarori bilan, O‘zbekistonda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilanidan xabaringiz bor. Unda xususiy oliygoh ochish uchun bino yer maydonlariga talablar, dastlabki ustav fondi mablag‘i va tijorat banklarida qo‘yilishi lozim bo‘lgan depozit zaxiralari miqdori belgilandi. Qabul qilingan qaror bir qator savollarni yuzaga chiqardi.

Ularga javob olish uchun UzRepoprt TV tegishli tashkilotlarga murojaat qildi. Xususan, qarorning ijrosiga masʼul bo‘lgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga murojaatlarimiz samara bermadi. O‘ylaymizki, yuqoridagi savollar ochiq qolmaydi va tegishli tashkilot va idora vakillari bu bo‘yicha izoh berishadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezidentga Toshkent qiyofasini yaxshilashga qaratilgan "yechimlar atlasi" taqdim etildi

“Yechimlar atlasi” Bosh rejaning mantiqiy davomi bo‘lib, unda shaharning tashqi qiyofasi, ko‘chalar muhiti bo‘yicha umumiy talablar qayd etilgan. Bu katalog-ma’lumotnoma qurilmalarni loyihalashtirish, o‘rnatish va ulardan foydalanish qoidalarini qamrab olgan beshta kitobdan iborat. Har bir qismda jamoat joylarini tashkillashtirish va obodonlashtirish, binolarning tashqi qismini yagona me’moriy qiyofaga keltirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Masalan, hozirgi standart bo‘yicha yo‘llarni qurish va ta’mirlash qatnov qismining “qizil chizig‘i”gacha bajariladi. Rivojlangan shaharlar tajribasida bu ko‘chaning ikki tarafidagi binodan binogacha tamoyilida amalga oshiriladi. Shunda oraliqda qarovsiz joy qolmay, yo‘l bo‘yi yaxlit va mutanosib obodonlashtiriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezidentga-toshkent-qiyofasini-yaxshilashga-qaratilgan-yechimlar-atlasi-taqdim-etildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍31😁1
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda

1-avgustdan yetti mamlakat, jumladan Moldova uchun import bojlari 20 dan 30 foizgacha joriy etiladi. Braziliya uchun esa bu 50 foizni tashkil etadi, chunki Tramp sobiq prezident Bolsonaroning jinoiy javobgarlikka tortilishidan norozi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-moldova-va-yana-yetti-davlatga-bojlar-joriy-qilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turizm forumi: Quvayt sayohatchilari O’zbekistonga jalb qilinmoqda

Quvayt davlatida Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizning Quvaytdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan "O‘zbekiston – Quvayt" xalqaro turizm forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir turizm sohasidagi ikki tomonlama muloqotni mustahkamlash, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini arab davlatlarida targ‘ib qilish va hamkorlik aloqalarini kengaytirish uchun muhim maydonga aylandi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston elchisi Erdo‘g‘anga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ilhom Haydarov Turkiya Prezidenti Rejep Toyyip Erdo‘g‘anga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-elchisi-erdo-g-anga-ishonch-yorliqlarini-topshirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3