UzReport.news
30.1K subscribers
83.4K photos
8.13K videos
5 files
79.7K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
O‘tgan yili 9 ming 364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan

Davlat rahbari sohada o‘z yechimini kutayotgan masalalar ko‘pligini qayd etdi. Mamlakatimizda yo‘l-transport hodisalari oqibatidagi zarar yalpi ichki mahsulotga nisbatan o‘rtacha 0,4 foizni tashkil qilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

O‘tgan yili 9 ming 364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu mudhish hodisalarda qariyb 9 ming fuqaro jarohat olgan.

Eng achinarlisi, avariyalar tufayli 2 ming 203 nafar odam halok bo‘lgan. Eng ko‘p o‘lim holatlari Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍521
Prezident: Afsuski, har to‘rtinchi avariyada 1 kishi yoki kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak

Joriy yilning olti oyida 20 ta hududda avariyalar soni yuqoriligicha qolmoqda.

Og‘ir oqibatli avariyalar keskin kamaygan tumanlar ko‘p. Mo‘ynoq, Nukus, Taxtako‘pir, Qonliko‘l, Yangiobod, To‘raqo‘rg‘on, Oqqo‘rg‘on, Sayxunobod, Buloqboshi, Ulug‘nor, Bandixon tumanlari va Ohangaron, Shirin, Nurafshon, Xonobod shaharlarida vaziyat yaxshilanib, birorta o‘lim bo‘lmadi.

Lekin Qiziltepa, Uychi, Paxtachi, Chust, Toyloq, Urgut, Shovot, Pastdarg‘om, Yakkabog‘, Qo‘shko‘pir, Xonqa, Denov, Peshku, Beruniy, Olmazor, Bektemir tumanlarida teskari vaziyat.

Soha uchun masʼullarga bizda har 100 ming aholiga o‘lim bilan bog‘liq avariyalar soni Hamdo‘stlik davlatlari ichida eng pastligi xotirjamlikka berilish uchun sabab emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍504
Prezident yo‘l infratuzilmasini yaxshilash orqali avariyalarni kamaytirish bo‘yicha “Xavfsiz yo‘l” milliy dasturi boshlanishini eʼlon qildi

Qayerda hokim va YHXX birgalikda yo‘l infratuzilmasi bilan jiddiy shug‘ullansa, o‘sha yerda o‘zgarish kuzatilayotgani qayd etildi.

Misol uchun, Chustdan o‘tgan D-105 Farg‘ona halqa yo‘lining 6 kilometriga muhofaza to‘siqlari o‘rnatilgani uchun bu yil o‘lim bilan bog‘liq avariya bo‘lmadi (ilgari bu yo‘lda yiliga 10 nafar odam vafot etardi).

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo‘llar holati o‘rganildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍521
“Xavfsiz yo‘l” milliy dasturi doirasida “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi faoliyati qayta tashkil qilinib, Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

Har bir viloyatda jamg‘armaning alohida filiallari bo‘ladi.

Bu yil jamg‘armaga barcha manbalar hisobidan 400 milliard so‘m tushishi prognoz qilingan.

Bunga qo‘shimcha, foto-video radardan byudjetga tushadigan jarimaning 25 foizi ham jamg‘arma va uning filiallariga yo‘naltiriladi.

YHXX tizimidagi yo‘l belgilari va svetofor o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini chizishga masʼul korxonalar ham viloyatga o‘tkaziladi.

Jamg‘armaning faoliyati shaffof bo‘ladi, unga viloyat YHXB va yo‘l boshqarmasi boshliqlari, jamoatchilik vakillari kiradi.

Bundan buyon ushbu jamg‘arma mablag‘lari birinchi galda avariya o‘choqlari bo‘lgan xavfli uchastkalarni tartibga solishga yo‘naltiriladi (yo‘lni ajratuvchi to‘siqlar, yo‘l belgilari, yoritgichlar o‘rnatish, piyoda yo‘laklari tashkil qilish, chorrahalarni raqamlashtirish).

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍951
DXX: Uchtepa tumanida joylashgan “Avtomobil ehtiyot qismlari” bozoridagi jinoiy guruh aʼzolari ushlandi

Toshkent shahridagi kriminogen vaziyatni sog‘lomlashtirish hamda jinoyatchilikka barham berish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida Uchtepa tumanining Farhod ko‘chasida joylashgan “Avtomobil ehtiyot qismlari” bozorida 12 nafar shaxsdan tashkil topgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dxx-uchtepa-tumanida-joylashgan-avtomobil-ehtiyot-qismlari-bozoridagi-jinoiy-guruh-a-zolar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍31
Eng muammoli uchastkalarni aholi va jamoatchilik fikrini o‘rganish asosida aniqlash maqsadida alohida elektron portalni ishga tushirish topshirildi.

Tuman hokimlari, ichki ishlar rahbarlari ushbu portalga qayerga belgi, chiziq, piyoda yo‘lagi va svetofor kerakligi haqidagi maʼlumotni smeta bilan ochiq joylashtiradi.

Aholi ham ushbu ro‘yxatni to‘ldirishi, loyihalarga ovoz berishi mumkin bo‘ladi. Portalga qilingan ishlarning video va fotosuratlari qo‘yiladi, buni aholi baholaydi.

Jamg‘arma mablag‘ini shakllantirishda barcha viloyat va tumanlarning imkoniyati bir xil emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, jamg‘armaga mablag‘larni loyihalarni moliyalashtirish uchun viloyat va tumanlarga taqsimlash vakolati beriladi.

Ichki yo‘llarni tartibga olish uchun viloyat va tuman hokimlari masʼul bo‘ladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍522
"Unga nisbatan barcha jinoiy ishlar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik normalariga qatʼiy rioya qilgan holda ko'rib chiqildi": O‘zbekiston hukumati — BMTning Gulnora Karimova nohaq hibsga olinganiga oid xulosasi haqida

BMTning ishchi guruhi Gulnora Karimova nohaq hibsga olingan, degan xulosaga kelgandi. O‘zbekiston hukumati unga nisbatan barcha jinoiy ishlar qonunchilik normalariga qat’iy rioya qilgan holda ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/gulnora-karimovaga-nisbatan-barcha-jinoiy-ishlar-jinoyat-va-jinoyat-protsessual-qonunchili

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍402
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev:

“O‘tgan shanba-bozor o‘zim rulda yurib keldim. Rulda kimligini hech kim bilmaydi, lekin menam 15-20 minut tirbandlikda turdim”.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍612
O'zbekistonda jamoat transporti tizimi aholini rozi qiladigan darajada yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tildi

Shaharlararo avtobuslar grafik bo‘yicha emas, balki yo‘lovchilari 40-50 kishi bo‘lib to‘lganda yurishga o‘rgangan. Chunki tadbirkorlarga shaharlararo jamoat transportida zararni kompensatsiya qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagan. Subsidiya faqat shahar atrofidagi avtobuslar uchun bor.

Prezident endilikda o‘rta va uzoq masofaga qatnaydigan jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishini aytdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/ozbekistonda-jamoat-transporti-tizimi-aholini-rozi-qiladigan-darajada-yo-lga-qo-yilmagani-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍561
Poytaxt jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tib, Toshkent viloyatining barcha tutash hududlarini qamrab oladi

“Marshrutlar uzaysa, kutish vaqti ko‘payadi”, deb aholi xavotirga tushmasin. Sentyabrgacha poytaxtga 200 ta, keyingi yili yana 1 mingta avtobus olib kelamiz”, - dedi davlatimiz rahbari.

Yangi tizimni poytaxt va Toshkent viloyati uchun 1 sentyabrdan, yirik shaharlarda esa kelasi yili 1 yanvardan joriy qilish topshirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/poytaxt-jamoat-transporti-yagona-aglomeratsiya-tizimiga-o-tib-toshkent-viloyatining-barcha

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍49
Poytaxtdagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida “Intellektual transport” axborot tizimi ishga tushadi

Ushbu tizimga Toshkent shahridagi 700 dan ziyod chorraha va ulardagi barcha svetofor, foto va videokuzatuv moslamalari ulanadi.

Transport oqimiga qarab svetoforlarni masofadan boshqarish hisobiga tirbandliklar 25-30 foizga kamayishi mumkin.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/poytaxtdagi-tirbandliklarni-kamaytirish-maqsadida-intellektual-transport-axborot-tizimi-is

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍58
“Surunkali qoidabuzarlar” dasturi ishga tushiriladi

Endilikda qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oyda qarori chiqmasa, haydovchi hech qanday jarima to‘lamasligi belgilandi.

Ichki ishlar vazirligiga viloyat hokimlari bilan tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/surunkali-qoidabuzarlar-dasturi-ishga-tushiriladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍842
Maktab o‘quvchilari va mahalladagi yoshlar o‘rtasida “Yashil chiroq” musobaqalari qayta tiklanib, respublika g‘oliblariga Prezident sovg‘asi beriladi

Masʼul vazirliklarga yangi o‘quv yiligacha maktab va bog‘chalarda harakat xavfsizligi bo‘yicha dasturlarni tubdan yangilash topshirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/maktab-o-quvchilari-va-mahalladagi-yoshlar-o-rtasida-yashil-chiroq-musobaqalari-qayta-tikl

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍64🔥5815
CNN: Tramp Putinga Ukraina ustidan “Moskvani bombardimon qilish” bilan tahdid qildi

CNN telekanali Donald Trampning 2024-yilgi saylov kampaniyasi uchun donorlar bilan gaplashayotgani aks etgan audioyozuvni eʼlon qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/cnn-tramp-putinga-ukraina-ustidan-moskvani-bombardimon-qilish-bilan-tahdid-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁61
Veloshosse bo'yicha "Qahramonmarash Grand-pri" bahslarida kumush medal qo'lga kiritildi

Turkiyada o'tgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ishtirok etishdi. Quvonarlisi, erkakalar o'rtasidagi guruh bahslarida Nikita Svetkov ikkinchi bo'ldi. 132.5 km masofaga bo'lib o'tgan poygada hamyurtimiz 3:32:41 natija ko'rsatdi.

Shuningdek, Tsvetkov "Grand Prix Edebiyat Yolu" musobaqasida ham ishtirok etib qimmatli reyting ochkolarini qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz mazkur poygada 4-natijani qayd etdi. Bu bilan terma jamoamiz ikki kunlik poygalarda 56 ochko jamg'ardi.

Hozirgi kunda milliy terma jamoaning oldida turgan asosiy vazifalardan biri — dunyoning kuchli 50 taligiga kirish va jahon chempionatiga sarlashdan o'tishdir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Zelenskiy Rimga Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha forum uchun keldi

Ukraina prezidenti Rim papasi, Italiya prezidenti va AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kellog bilan uchrashadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-rimga-ukrainani-qayta-tiklash-bo-yicha-forum-uchun-keldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎31👍1
Yevroparlament tinch ukrainaliklarni qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi

Yevroparlament Rossiya tomonidan noqonuniy hibsga olingan Ukraina fuqarolarining ahvoli bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi. Ular qiynoqlarga aloqador rossiyalik amaldorlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni so‘ramoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevroparlament-tinch-ukrainaliklarni-qiynoqqa-solganlarni-jazolashga-chaqirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekiston tarixda ilk bor BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti Kengashiga saylandi

Rimda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti Kengashi a’zoligi uchun saylov bo’lib o’tdi. 2028-2029-yillarga mo‘ljallangan a’zolik saylovida O‘zbekiston birinchi marta ushbu nufuzli organ tarkibiga bir ovozdan ma’qullandi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4
Sharof Rashidov tumani hokimi pora bilan ushlandi

Tuman hokimligi vakili uy qurishga yer ajratib berilishi uchun tadbirkordan 30 ming dollar so‘ragan. U hokimga 10 ming dollar pora bergan vaqtda DXX xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁5👍2
Kreml Trampning Putin haqidagi keskin bayonotini tanqid qila olmadi

Kreml Trampning keskin ritorikasiga nisbatan “juda xotirjam” va muloqotni davom ettirish tarafdori, dedi Peskov. Bir kun avval Tramp Putinni “bema’nilikda” ayblagan edi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kreml-trampning-putin-haqidagi-keskin-bayonotini-tanqid-qila-olmadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁42👍2👎1