UzReport.news
29.9K subscribers
83.5K photos
8.15K videos
8 files
79.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Xonkendi shahridagi tikuvchilik fabrikasini borib ko‘rdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Rossiya dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Kursk viloyatida vafot etdi

Rossiya harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari general Mixail Gudkov Kursk viloyatida vafot etdi, deb xabar berdi Primorsk o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako. Gudkov bu lavozimga uch oy oldin tayinlangan edi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/rossiya-dengiz-floti-bosh-qo-mondoni-o-rinbosari-kursk-viloyatida-vafot-etdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥1
“Jasorat maktablari”ga o'quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

Jasorat sinflariga o'quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, ya'ni bitta sinfga 26 nafar o'quvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/jasorat-maktablariga-oquvchilarni-qabul-qilish-tartibi-belgilandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xonkendi shahridagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Afg‘oniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodarni qabul qildi.

Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍563
Tramp Putin bilan telefon orqali suhbatlashadi

AQSH prezidenti Donald Tramp Truth Social’dagi sahifasida AQSH sharqiy sohili vaqti bilan soat 10:00 da Rossiya davlati rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashishini ma’lum qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👎1
JSST: Dunyo bo‘yicha har olti kishidan biri yolg‘izlikdan aziyat chekmoqda

Bu holat ularning salomatligiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, erta o‘lim ko‘rsatkichlari ortishiga olib kelyapti.

Oqibatda xuddi shu muammo tufayli sayyoramizda soatiga qariyb 100 nafar, yiliga 871 ming nafardan ortiq kishi hayotdan ko‘z yummoqda. Shu bois JSST bu muammoga global epidemiya, deb taʼrif berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/jsst-dunyo-bo-yicha-har-olti-kishidan-biri-yolg-izlikdan-aziyat-chekmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1😢1
Samarqandda osh festivali bo‘lib o‘tadi

Gastronomik turizmni rivojlantirish maqsadida 1-3 avgust kunlari Samarqandda ilk bor “Samarqand oshi” festivali o‘tkaziladi. Bu noyob oshpazlik tadbirida butun dunyodan kelgan oshpazlar, sayyohlar va sharq oshxonasi muxlislari mamlakatning boy gastronomik merosini birgalikda targ‘ib etadilar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/samarqandda-osh-festivali-bo-lib-o-tadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎31👍1
Samarqandda Butunjahon sayyohlik alyansining “Ipak yo‘lidagi turizm” xalqaro muloqoti bo‘lib o‘tmoqda

Forum Turizm qo‘mitasi va Butunjahon sayyohlik alyansining (WTA) hamkorligida hamda O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Xitoy Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
 
Tadbirda BMT-Turizm Bosh kotibi Z. Pololikashvili, Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, WTA raisi Chjan Syuy, shuningdek, 250 ga yaqin mehmon jumladan, Xitoy, O‘zbekiston va boshqa davlatlar hamda hududlarning rasmiy vakillari, xalqaro sayyohlik tashkilotlari a’zolari, WTA a’zolari, soha mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
 
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎1
Qoraqalpog‘istonda qiymati 73,4 mlrd so‘mlik turizm zonasi quriladi

Hududdagi Oqchako‘l bo‘yida Zarbdor tajribasi bo‘yicha umumiy 73,4 mlrd so‘m mablag‘ asosida turizm rekreatsion zonasini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qoraqalpog-istonda-qiymati-73-4-mlrd-so-mlik-turizm-zonasi-quriladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
O‘zbekiston Prezidenti IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida Ag‘dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrif buyurdi.

Bu yerga Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham keldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍9362😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xo‘jaobodda profilaktika inspektorini pichoqlab o‘ldirgan shaxs ushlandi

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi Xo‘jaobod tumanining Yuksalish mahallasi So‘qoloq qabristonidagi makkapoya ichida yashirinib yotganligi aniqlangan.

U qo‘lga olish jarayonida o‘zining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/xo-jaobodda-profilaktika-inspektorini-pichoqlab-o-ldirgan-shaxs-ushlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2😁1
Tramp Putin bilan suhbatda: Taraqqiyot yo‘q

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbat chog‘ida Ukrainadagi Rossiya urushini tugatish masalasida hech qanday muvaffaqiyatga erishmaganini aytdi. Bu yanvar oyidan beri siyosatchilarning oltinchi rasmiy telefon suhbatidir.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-putin-bilan-suhbatda-taraqqiyot-yo-q

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
DXX: Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi qo‘lga olindi

Hokimlikda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs fuqaroga hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U buning uchun 18 500 dollar talab qilib, shundan 9 500 dollar olganda ushlangan.

Hozirda hokimiyat vakiliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dxx-ohangaron-shahar-hokimligining-mansabdor-xodimi-qo-lga-olindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁21
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi — bu 2021-yilda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng “Tolibon” harakati tomonidan mamlakatga berilgan nom. Hozirga qadar dunyoning boshqa birorta davlati Afg‘onistondagi toliblar hokimiyatini rasman tan olmagan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/rossiya-afg-oniston-islom-amirligini-rasman-tan-oldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7👍6😱2
“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi

“Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kuni oxiriga qadar davom etadi. 2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tashabbusli-byudjetning-2-mavsumi-15-iyuldan-boshlanadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1🎉1
AQSh Kongressi Trampning “katta chiroyli” qonun loyihasini qabul qildi

AQSh Kongressining Vakillar palatasi Senatdan keyin prezident Donald Trampning soliqlarni qisqartirish va qarzning chegarasini 4 trillion dollardan ko‘proq oshirishga qaratilgan “katta, chiroyli” qonun loyihasini ma’qulladi.

Endi qonun loyihasini AQSh prezidenti Donald Tramp imzolashi kerak. U buni 4-iyul, AQSh Mustaqillik kuni oqshomida qilishi kutilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-kongressi-trampning-katta-chiroyli-qonun-loyihasini-qabul-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining koʻmagi bilan “Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/samarqand-no-xat-sho-ragi-geografik-ko-rsatkich-sifatida-davlat-ro-yxatidan-o-tkazildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4
Ozarbayjonda ruslarga konsullik ruxsati berilgan

Rossiyaning Bokudagi elchixonasi konsullik boʻlimi boshligʻi Ozarbayjonda hibsga olingan Rossiya fuqarolari bilan uch soat suhbatlashdi, deb xabar qildi diplomatik missiya.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ozarbayjonda-ruslarga-konsullik-ruxsati-berilgan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Buyuklar haqida 100 ta dalil” kitobi chop etildi

Kitob yanada qiziqarli bo‘lishi uchun suratlar hamda sun’iy intellekt tomonidan yaratigan tasvirlar bilan boyitilgan. Bu tasvirlarni maxsus QR kodlar orqali ko‘rish imkoni mavjud.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Ipotekani subsidiyalash uchun arizalar 10-iyuldan qabul qilinadi

2025-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar 10-iyul kuni soat 09:00 dan boshlab qabul qilinadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ipotekani-subsidiyalash-uchun-arizalar-10-iyuldan-qabul-qilinadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👎1