UzReport.news
29.9K subscribers
83.6K photos
8.16K videos
8 files
79.9K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Putin G'arb iqtisodiyoti haqida: "Ular tez orada o'lishadi"

"Ular bizni doimo dafn etishadi. Ularning o'zlari tez orada o'sha yerda o'lishadi", dedi Rossiya prezidenti Rossiya Federatsiyasi va G'arb mamlakatlari iqtisodiyoti haqida gapirar ekan.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiya yalpi ichki mahsuloti 4,3 foizga o‘sgan bo‘lsa, Yevro hududida u atigi 0,9 foizga o‘sgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/putin-garb-iqtisodiyoti-haqida-ular-tez-orada-olishadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning YEOII doirasidagi dastur va loyihalarda ishtirok etishi mamlakatlarimizning iqtisodiy sherikligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
AQSh Kanada bilan savdo muzokaralarini tugatdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada bilan savdo muzokaralarini “zudlik bilan” yakunlashini ma’lum qildi. Tramp bunga sabab sifatida Ottavaning Amerika texnologiya kompaniyalariga solinadigan soliqni keltirdi va buni Qo'shma Shtatlarga "ochiq hujum" deb atadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-kanada-bilan-savdo-muzokaralarini-tugatdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Xorazmda FVBning 2 xodimi firibgarlikda gumonlanib hibsga olindi

Ma'lum bo'lishicha, Tuproqqalʼa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi Xazorasp tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali uni Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1500 AQSH dollari talab qilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/xorazmda-fvbning-2-xodimi-firibgarlikda-gumonlanib-hibsga-olindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
Mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

Farmonda jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish, fuqarolarning mahalliy boshqaruvda keng ishtirok etishiga oid demokratlashtirish jarayonlarini mustahkamlash, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida nomarkazlashtirish, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari xalqaro hamkorligining huquqiy asoslarini mustahkamlash kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/mahalliy-hokimiyat-organlari-faoliyatini-rivojlantirish-konsepsiyasi-tasdiqlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁1
Oliy sud binosida "svet" o'chdi

"Oliy sud binosida elektr taʼminoti bilan bog‘liq uzulishlar kuzatilayotganligi munosabati bilan Oliy sudning barcha interaktiv xizmatlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda elektr taʼminoti to‘liq tiklangach, axborot tizimlari to‘liq ishga tushirilishi maʼlum qilinadi", deyiladi xabarda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁113
Hindiston Shanxay hamkorlik tashkilotining qo‘shma deklaratsiyasini imzolashdan bosh tortdi

Hindiston Shanxay hamkorlik tashkiloti yig‘ilishining qo‘shma deklaratsiyasini imzolamadi, unda joriy yilning aprel oyida Pahalgam hujumi haqida so‘z yuritilmagan. Singx qo‘shma bayonotni “Pokiston tarafdori” deb atadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/hindiston-shanxay-hamkorlik-tashkilotining-qo-shma-deklaratsiyasini-imzolashdan-bosh-tortd

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🎉21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Oltin qalam" XIX milliy mukofoti g’oliblari taqdirlandi

Xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” XIX milliy mukofoti g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Bu galgi tanlovda ham 12 ta nominatsiya bo’yicha g’oliblar aniqlandi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Toshkent metrosida 3 yoshli bolani poyezd tagiga itarvorishgani haqidagi xabarlar rad etildi

Toshkent metropolitenining xabar berishicha, 3 yoshli qizning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qolgan. Holat yuzasidan yo‘lovchiga hech qanday og‘ir jarohat yetmagan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-metrosida-3-yoshli-bolani-poyezd-tagiga-itarvorishgani-haqidagi-xabarlar-rad-etil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Polsha prezidenti Duda Kiyevga keldi

Polsha prezidenti Anjey Duda Kiyevga yetib keldi va u yerda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.

Rossiya bilan keng ko'lamli urush boshlanganidan so'ng, Duda Kiyevga kelgan va Ukrainani qo'llab-quvvatlagan birinchi Yevropa liderlaridan biri. U yaqin kunlarda o‘z lavozimini tark etadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/polsha-prezidenti-duda-kiyevga-keldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Markaziy bank 2024-yilda 52 ta moliya tashkilotidan 16,6 mlrd so‘m jarima undirdi

Timur Ishmetovning qayd etishicha, o‘tgan yilda olib borilgan nazorat tadbirlarida sinov tariqasida to‘rtta bank namunasi asosida 14 ta bankning risk profili baholangan. Uning natijasida banklarga tegishli choralar ko‘rilib, zaifliklarni bartaraf etish topshirildi.

Qonunchilik talablariga rioya qilmagan banklar va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan ayrim operatsiyalarni to‘xtatish va jarima undirish kabi choralar ko‘rilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/markaziy-bank-2024-yilda-52-ta-moliya-tashkilotidan-16-6-mlrd-so-m-jarima-undirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Germaniya Mudofaa vaziri Putin haqida: Bu imperialist tinchlikni xohlamaydi

Boris Pistorius "tinchlik uchun tushunarli, ammo hozir noo'rin istak" haqida ogohlantirdi. Vladimir Putin faqat kuch tilini tushunadi, dedi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari.

Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Putinning Gruziyaga qarshi agressiv harakatlarini, keyinchalik Qrimning anneksiya qilinishini va nihoyat, Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishini esladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/germaniya-mudofaa-vaziri-putin-haqida-bu-imperialist-tinchlikni-xohlamaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁9👍21👎1
MB: O‘zbekiston aholisining qariyb 40%i o‘tgan yilda pul jamg‘armagan

2011-yilda so‘rovda qatnashganlarning 1%idan kamrog‘i rasmiy moliyaviy muassasalarda jamg‘armaga ega bo‘lgan. Biroq iqtisodiy islohotlar boshlanganidan so‘ng, Markaziy bank ijobiy tendensiya kuzatilganini qayd etmoqda: 2017-yilda bu ko‘rsatkich 1,2%, 2021-yilda — 2,6%, 2025-yilda esa — 7,4%.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/mb-o-zbekiston-aholisining-qariyb-40-i-o-tgan-yilda-pul-jamg-armagan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4
Tashqi ishlar vaziri: Eron AQSh bilan muzokaralarga tubdan tayyor

Tehron AQSh bilan yadro dasturi boʻyicha muzokaralarga tubdan tayyor, biroq Tramp oʻz ohangini yumshatishi kerak, dedi Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi.

“Agar prezident Tramp kelishuvga erishishga jiddiy yondashsa, u Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga nisbatan hurmatsiz va qabul qilib bo‘lmaydigan ohangidan voz kechishi va uning millionlab sodiq izdoshlariga zarar yetkazishni bas qilishi kerak”, — dedi Eron tashqi ishlar vaziri.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tashqi-ishlar-vaziri-eron-aqsh-bilan-muzokaralarga-tubdan-tayyor

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍52
Toshkentda profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro ichki ishlar organlari xodimiga qarshilik ko‘rsatayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Uchtepa tumanida ikki shaxs o‘zaro tortishib janjallashib ketgan va fuqarolardan biri raqibini pichoqlab qo‘ygan. Hodisa joyiga yetib kelgan profilaktika inspektori jinoyatchini ushlashga uringanda, unga qarshilik ko'rsatgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-profilaktika-inspektoriga-pichoq-bilan-hujum-qilgan-shaxs-ushlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Kongo va Ruanda Vashingtonda tinchlik bitimini imzoladi

30 yillik mojaroni hal qilishda vositachilik qilish orqali Qo'shma Shtatlar Kongodagi boy foydali qazilma konlarini o'zlashtirish huquqini qo'lga kiritdi, dedi Donald Tramp.

Kongo va Ruanda o‘rtasida kelishuv imzolanganini BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish olqishladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kongo-va-ruanda-vashingtonda-tinchlik-bitimini-imzoladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎111
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda jihodchilarning yashirin jamoati faoliyatiga chek qo‘yildi

Jamoat yetakchisi Andijon shahrida yashovchi fuqaro o‘z atrofiga 12 nafar shaxslarni yig‘ib, jamoat tashkil etgan xolda shahridagi turli choyxonalarda to'planib, kelgusida Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilishni niyat qilishgan.

Shuningdek, o‘zaro “Baytulmol” ko‘rinishida pul mablag‘lari yig‘ib, uz tarafdorlariga berib kelishganligi ma’lum bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/andijonda-jihodchilarning-yashirin-jamoati-faoliyatiga-chek-qo-yildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4👍2😁1
2025-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar odatdagi tartibda amalga oshiriladi.

Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati ma'lum qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎141
Estoniya va Litva BMTga Ottava konvensiyasidan chiqqanliklari haqida xabar berdi

Estoniya va Litva Rossiyaning Ukrainadagi urushi fonida BMTni piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi konvensiyadan chiqishlari haqida xabardor qildi. “Putin Rossiyasi Yevropa uchun eng katta uzoq muddatli ekzistensial tahdiddir”, dedi Litva TIV rahbari.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/estoniya-va-litva-bmtga-ottava-konvensiyasidan-chiqqanliklari-haqida-xabar-berdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍21
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2 ming tonna go‘sht sotib oladi

O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2000 tonna halol ot va qo‘zi go‘shtining birinchi partiyasini sotib olishga rozi bo‘ldi. Uchrashuvda Enxbayar Jadamba Mo‘g‘uliston halol go‘sht ishlab chiqarish sohasida hamkorlikka ochiq ekanini ta’kidladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-mo-g-ulistondan-2-ming-tonna-go-sht-sotib-oladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍74👎3