UzReport.news
29.8K subscribers
83.6K photos
8.18K videos
8 files
79.9K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Tramp Eronning Qatardagi AQSh bazasiga hujumini «juda zaif» deb atadi

AQSh prezidenti Tehronga AQShning Qatardagi Al-Udeyd bazasiga hujum haqida erta ogohlantirgani uchun minnatdorchilik bildirdi va Eron va Isroilni tinchlikka chaqirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-eronning-qatardagi-aqsh-bazasiga-hujumini-juda-zaif-deb-atadi

Lotin|Кирилл
👎71
Toshkent metrosining "Yerusti halqa yo‘li"dagi yana 7 ta bekat vaqtincha yopiladi

“Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-metrosining-yerusti-halqa-yo-lidagi-yana-7-ta-bekat-vaqtincha-yopiladi

Lotin|Кирилл
👍2😁21👎1
O‘zbekistonda energiya sarfi yuqori bo‘lgan 18 ta tarmoq avtonom energiya ta’minotiga o‘tkaziladi

Shuningdek, yirik nasoslarni modernizatsiya qilish va quyosh elektr stansiyalari bilan jihozlash orqali energiya sarfini kamaytirish rejalashtirilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekistonda-energiya-sarfi-yuqori-bo-lgan-18-ta-tarmoq-avtonom-energiya-ta-minotiga-o-tk

Lotin|Кирилл
👎1🔥1
Tramp neft narxining ko‘tarilishi «dushmanga qo‘l kelishini» aytdi

Oq uy rahbari neft narxi ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-neft-narxining-ko-tarilishi-dushmanga-qo-l-kelishini-aytdi

Lotin|Кирилл
😁10
Prezident Yaqin Sharqdagi notinch vaziyat sharoitida savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilishni buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqda yana-da keskinlashgan notinch vaziyatda yuk oqimini xavfsiz portlarga yo‘naltirish zarurligini taʼkidlab, tashqi savdo va transport yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-yaqin-sharqdagi-notinch-vaziyat-sharoitida-savdo-yo-llarini-diversifikatsiya-qil

Lotin|Кирилл
👍744🔥2😁1
Isroilning G‘azoga hujumida 43 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Oziq-ovqat tarqatish punktlariga yordam olish uchun kelayotgan falastinliklar deyarli har kuni hujumga uchramoqda. Tanqidchilar ochlik kuchayib borayotgan va yaqinlashib kelayotgan ocharchilik inqirozi sharoitida bu markazlarni “odam kushxonalari” deb atagan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/isroilning-g-azoga-hujumida-43-nafar-falastinlik-halok-bo-ldi

Lotin|Кирилл
😢241
“Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekiston fuqarolarining maxsus harbiy operatsiyada ishtiroki qonuniyligini aytgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Senat matbuot xizmati izoh berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/haqiqatga-to-g-ri-kelmaydi-senat-tanzila-norboyeva-nomidan-tarqalgani-aytilgan-xabarlarni-

Lotin|Кирилл
1🔥1😁1
Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishi xavfi haqida ogohlantirdi

Pekin xalqaro hamjamiyatni mintaqada barqarorlikni saqlashga chaqirdi, bu esa global neft savdosi uchun muhim ahamiyatga ega.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/xitoy-hormuz-bogozi-yopilishi-haqida-ogohlantirdi

Lotin|Кирилл
👍2🔥21
Ziplayn va kanatli parklar yaratish xarajatlari qisman qoplanadi

Nizomga ko‘ra, tog‘li va cho‘l hududlarida 38 ta tuman va shaharlarda tadbirkorlar ushbu ekstremal turizm majmualari va po‘lat kanat orqali yuqori tezlikda pastga tushadigan attraksionlarni qurish uchun subsidiyalar olishi mumkin.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ziplayn-va-kanatli-parklar-yaratish-xarajatlari-qisman-qoplanadi

Lotin|Кирилл
3
Fors ko‘rfazi davlatlari «arab shengeni» joriy qiladi

Yevropaning Shengen vizasiga monand umumiy hujjat BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Ummon va Kuvaytga kirish imkonini beradi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/fors-ko-rfazi-davlatlari-arab-shengeni-joriy-qiladi

Lotin|Кирилл
5😁2
Transport vaziri: O‘zbekistonda logistika masalalarini hal qilish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi

Transport vaziri Ilhom Mahkamov dunyoda bo‘layotgan ziddiyatlar, turli mamalakatlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar xalqaro transport logistika zanjiri bilan birga, O‘zbekistonga ham ta’siri yuqori bo‘lishini, murakkabchiliklarni keltirib chiqarishini qayd etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/transport-vaziri-o-zbekistonda-logistika-masalalarini-hal-qilish-bo-yicha-ishchi-guruh-tas

Lotin|Кирилл
1👎1
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi

Xitoyda faoliyat yuritadigan kompaniyalar Pekin so‘roviga javoban barcha ma’lumotlarni taqdim etishga majbur. DeepSeek XXR Qurolli kuchlarining xaridlarga bog‘liq hujjatlarida 150 martadan ortiq tilga olingan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-deepseek-sun-iy-intellekt-chatbotini-xitoy-armiyasiga-yordam-berishda-aybladi

Lotin|Кирилл
7😁2
Toshkent xalqaro aeroportida kapsulali mehmonxona ochildi

Mini-mehmonxonada oltita zamonaviy kapsula mavjud — to‘rtta standart bir kishilik kapsula va ikkita oilaviy (ikki kishilik) kapsula.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-xalqaro-aeroportida-kapsulali-mehmonxona-ochildi

Lotin|Кирилл
6👍2
Isroil sobiq bosh vaziri: Netanyahu Eronga hujum bilan G‘azodan e’tiborni chalg‘itdi

Ehud Olmert Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealarga izoh berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/isroil-sobiq-bosh-vaziri-netanyahu-eronga-hujum-bilan-g-azodan-e-tiborni-chalg-itdi

Lotin|Кирилл
👍6👎3
Davlat ekologik ekspertizasi markazi “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasida 1-o‘rinni egalladi

Davlat ekologik ekspertizasi markazi tomonidan tashkil etilgan stendda ekologik ekspertiza sohasidagi yutuqlar, interaktiv taqdimotlar, mahorat darslari, zamonaviy texnologiyalar hamda milliy-madaniy unsurlar uyg‘un tarzda namoyish etildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/davlat-ekologik-ekspertizasi-markazi-eco-expo-central-asia-2025-ko-rgazmasida-1-o-rinni-eg

Lotin|Кирилл
👍2😁21👎1🔥1
Elektr energiyasi, gaz va suv tarmoqlariga noqonuniy ulanib, o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Qonunchilik palatasining 24-iyundagi majlisida yoqilg‘i-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/elektr-energiyasi-gaz-va-suv-tarmoqlariga-noqonuniy-ulanib-o-g-irlaganlik-uchun-javobgarli

Lotin|Кирилл
👎1
O‘zbekiston Prezidentining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi boshlandi

Davlat rahbarini Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidentining-mo-g-ulistonga-davlat-tashrifi-boshlandi

Lotin|Кирилл
👍655👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Prezidenti Ulan-Batorga yetib keldi

Tashrifga oid batafsil ma'lumotlarni UzReport TV dasturlari va rasmiy sahifalarida kuzatib boring!

Lotin|Кирилл
👍3👎2
AQSh Kongressida WhatsApp ilovasidan foydalanish taqiqlandi

Kiberxavfsizlik boshqarmasi messenjerni foydalanuvchilar uchun «yuqori xavfli ilova» deb belgiladi, chunki, unda «foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilishda shaffoflik yo‘q va ma’lumotlarni saqlashda shifrlash mavjud emas».

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-kongressida-whatsapp-ilovasidan-foydalanish-taqiqlandi

Lotin|Кирилл
1
Maxmud Istamov Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Maxmud Istamov Adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/maxmud-istamov-adliya-vaziri-o-rinbosari-lavozimiga-tayinlandi

Lotin|Кирилл
👎1