🇸🇦Saudiya Arabistoni delegasiyasi argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan shartnoma imzolashni yakunlash uchun Parijga etib keldi, deb xabar berdi jurnalist 📰Matteo Moretto.
📰Manbaga ko'ra, 🇸🇦Saudiya Arabistoni delegaciyasi allaqachon Parijda va ular barchasiga ishonmoqda. Delegasiya yaqin 48 soat ichida Messi bilan shartnomani yakunlashga umid qilmoqda.
🇪🇸"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelajagi borasidagi savolga javob berdi.
"Men qolaman, bu aniq bo'lib bo'lgan. Gapimga 100% ishonishingiz mumkin", - dedi Karlo Anchelotti. Avvalroq, mutaxassisning 🇧🇷Braziliya termasi boshqaruvini qo'lga olishi mumkinligi aytilgandi.
🇮🇹“Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen Italiya oliy divizionining 125 yillik tarixida 👟“Oltin butsa”ni qo'lga kiritgan ilk afrikalik futbolchi bo'ldi.
📆2022/2023 yilgi mavsumda nigeriyalik futbolchi Italiya chempionatining 32 uchrashuvida 26 ta gol urdi. Bu jamoaning barcha gollarning 33% (77)ni tashkil qiladi. Umuman olganda, Osimxen barcha musobaqalarda 39 o'yinda 31 ta gol urgan. 👟“Oltin butsa” uchun kurashda nigeriyalik hujumchi 🇮🇹“Inter” hujumchisi Lautaro Martinesdan beshta golga o'zib ketdi.