🇸🇦"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni klubida o'ynashni davom ettirmoqchi. Uning jamoasi joriy mavsum chempionlikni qo‘lga kirita olmadi.
“Men bu yerda baxtliman va shu yerda o‘ynashda davom etaman. O'ylaymanki, agar hammasi shu asnoda davom etsa, Saudiya ligasi besh yil ichida dunyoning kuchli beshligiga kirishi mumkin”, - deydi Ronaldu.
🇫🇷PSJ bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Lionel Messi 🇪🇸“Barselona”ga qaytishga tayyorligini bildirdi. 📰Jurnalist Matteo Morettoning ta’kidlashicha, argentinalik yulduz buning uchun kataloniyaliklar oldiga ikkita shart qo‘ygan.
Birinchidan, 🇪🇸“Barselona” moliyaviy muammolarga qaramay, o‘n kun ichida Messining transferi amalga oshirilishini kafolatlashi kerak.
Ikkinchidan, 35 yoshli futbolchi o‘ziga 10-raqamli futbolkani qaytarilishini so‘ragan. Ma’lumki, Leo ketganidan keyin bu raqam uning vorisi sifatida e’tirof etilgan Ansu Fatiga berilgan.
Karim Benzema 🇪🇸"Real"da qoladi. Avvalroq 35 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining 🇸🇦"Al Ittihod" jamoasiga o'tishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.
📰Marca malumotiga ko'ra, Benzema yana 1 mavsum 🇪🇸"Real"da qoladi. U shartnomasining oxirigacha klubda qolmoqchi.
Benzema o'zini hali Evropada o'ynashga etarli kuchga ega deb hisoblaydi. 🇪🇸"Real" vakillari bilan o'tkazilgan muzokaralarda shartnomani uzaytirish haqida ham gap borgan.
🇮🇹"Napoli" futbolchisi Xvicha Kvaracxeliya klubi bilan shartnomasini uzaytiradi.
📰"Calciomercato" xabariga ko'ra, klub va futbolchi 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib olishgan. Unga ko'ra, futbolchining maoshi ikki baravar oshiriladi va yiliga 2,5 mln evroni tashkil qiladi.
Gruziyalikning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
Joze Mourino 🇮🇹“Roma”ni grand klublar qatoriga qo‘sha olmadi. Bu galgi mavsum ham rimliklar kutganchalik bo‘lgani yo‘q.
🇮🇹“Roma” Evropa ligasi finalini 🇪🇸“Sevilya”ga boy berib sovrinsiz qoldi va Chempionlar ligasi ham ularga armon bo‘ldi.
Endi tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Klub rahbariyati ikki yil muqaddam Joze Mourino taklifi bilan 40 million evro evaziga olib kelingan Temmi Abraxamdan voz kechishga qaror qildi.
25 yoshli angliyalik futbolchi yozda sotib yuboriladi. Klub mutasaddilari Abraxam bo‘yicha har qaynday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.