Nematillo Ochilov
957 subscribers
341 photos
129 videos
383 files
697 links
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi dasturchi, @Nematillo_Ochilov

youtube.com/c/nematilloochilov
@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlari
@sjtbot - Test kalitlarini tekshirish
Download Telegram
Dasturlardan foydalanib, biror ish bajarish va shu orqali natija olish, unchalik qiyin jarayon
emas. Bir marotaba ko'rib olgan inson, keyingi safar o'zi bajara oladi. Ko'pchilik
adashtiradigan narsa, bu foydalanuvchi dasturchi deyilmaydi, faqatgina dastur foydalanuvchisi
bo'ladi xolos. Dasturchi, foydalanuvchilar foydalanishi uchun dastur yaratadi va bu jarayon juda
murakkab hisoblanadi.

Dasturchilik bilan shug'ullanishni endi boshlagan yoshlar ko'p qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu
qiyinchiliklar asosan terminlarning tushunmasligidan kelib chiqadi. Bu maqolamda
dasturlashning eng kerakli termini hisoblangan interpretator va kompilyator haqida yozib
o'taman.

Dasturlash jarayonida dasturchi o'z dasturini yaratish uchun xar hil turdagi kodlar yozadi.
Kodlarnining qanday bo'lishi qaysi dasturlash tilidan foydalanib, dastur tuzishga bog'liq
bo'ladi. Dasturlash tillaridan C, C++, Java,… . Yozilgan kodlarni komp`yuter tushunmaydi,
komp`yuter tushunishi uchun uchun bu kodlarni komp`yuter tushunadigan tilga o'zgartirish lozim.
Mana shu vaziyatda yuqoridagi 2 ta termin kerak bo'ladi(kompilyator yoki interpretator).

Komp`yuter faqatgina raqamli kodlarni tushunadi, ya'ni 0 yoki 1. Bu 2 son orqali dastur tuzish
juda qiyin hisoblanadi(manimcha bunday sonlar orqali dastur tuzuvchilar sanoqli bo'lsa
kerak). Shuning uchun, insonlar tushunadigan qilib dasturlash tillari yaratilgan. Ketma-
ketlikni tushungandursiz, dasturchi dasturlash tillari orqali kodlar yozadi va bu kodlar
komp`yuter tushunadigan 0 va 1 sonlariga almashtiriladi va dastur komp`yuterda ishlaydi, bu
jarayonni kompilyator yoki interpretator amalga oshirib beradi.

#Kompilyator — murakkab dasturdir, dasturlash tilida yozilgan barcha kodlarni birdaniga
ob'ektli kodga o'zgartirib beradi. Ob'ektli kodni yana ikkilik kod yoki mashina kodi deb ham
atashadi. Keyinchalik bu ob'ektli kod komp`yuterda to'g'ridan to'g'ri ishlatilishi mumkin bo'ladi.
Dasturlash tillarida yozilgan kodlar bu ob'ektli kodga ta'sir qilmaydi. Ob'ektli kodni
o'zgartirish uchun esa, qaytadan kompilyatsiya qilinib ob'ektli kod o'zgartiriladi. Natija
bajariladigan, .yexe ko'rinishidagi fayl bo'ladi. Bu faylni bloknotda ochib o'zgartirib
bo'lmaydi, ya'ni bu fayl tayyor dastur hisoblanadi. Kompilyatorning kamchiligi sifatida,
dasturlash tilidagi ma'lum bir qatorlani alohida tekshirish imkoniyati yo'qligidir, uning uchun
ob'ektli kod yaratib, uni ishga tushurish lozim bo'ladi, ortiqcha ish bo'lib qoladi. Undan tashqari
ba'zi kompilyatorlar bir dasturlash tilidan, ikkinchisiga ham o'zgartirib berishi mumkin.
Kompilyator ishlatadigan dasturlash tillariga C, C++, Delphi larni misol qilib keltirish
mumkin.

#Interpretator — ham dastur ham jihoz ko'rinishida bo'lishi mumkin. Bu ham komp`yuter tiliga
o'zgartirib berish vazifasini bajaradi, faqatgina ishlash texnologiyasi boshqacharoqdir.
Interpretator, dasturlash tilida yozilgan kodlarni ketma — ket o'qib, mashina tiliga
o'zgartirib boradi. Xatolik paydo bo'lsa, o'sha zahoti dasturchiga ma'lum qiladi. Bu ketma —
ketlikda o'zgartirish, kompilyatorga nisbatan sekinroq amalga oshiriladi(ba'zi holllarda
kompilyatorga qaraganda 50 barobar sekin). Dastur natijasini ko'rish uchun, har safar kodlarni
interpretatordan o'tkazish kerak bo'ladi(kompilyatorga o'xshab bir marotaba ob'ekt kod yaratib
qo'yib, keyin har doim ishlatishning iloji yo'q). Bundan ko'rinib turibdiki, interpretator
asosan saytlar, umumiy holda veb dasturlashda ishlatiladi. Biror saytning yuklanishi jarayoni
uzunligi, interpretatorda o'zgartirish amalga oshirilishi bilan tushuntirilishi mumkin.
Interpretator ishlatadigan dasturlash tillariga PHP, JavaScript, JScript, Basic,… misol bo'la
oladi.

Bu ikki termin umumiy holda translyator deyiladi, ya'ni o'zgartirgichlardir. Biror proektlar
qilganda bu 2 o'zgartirgichlar birgalikda ham ishlatilishi mumkin.

Biror dasturlash tili bilan jiddiy shug'ullanmoqchi bo'lsangiz, dastlab siz yozadigan kodlar qay
tarzda komp`yuter tiliga o'zgartirilishini o'rganib oling. Bu dasturlashning asosi hisoblanadi
2019 yilda dasturiy ta'minot rivojlanish tendensiyalari.

Hozirgi yangi texnologiyalar keyingi yil rivojlanishda davom etishini hech kim bilmaydi.Texnologiyalar chaqmoq tezligida o'zgarib bormoqda.
Dasturiy ta'minot sohasidagi qaysi tendentsiyalar 2018 yildan 2019 yilga o'sishda davom etadi?

"Qaynoq" dasturiy ta'minot rivojlantirish tendentsiyalari quyidagilardan iborat:
blokcheyn, sun'iy aql/mashina, ilg'or veb-ilovalar, "low-code" konstruktorlar (istalgan kishi veb sayt va mobil dastur yarata oladigan darajada) va axborot xavfsizligidir.
Blockcheyn
Blockcheyn "Blockcheyn-inqilobi" tufayli mashhurlik qozongan. Endi ko'plab tarmoqlar va kompaniyalar blockcheynni tez rivojlantirish arafasida turibdi. "Blockchain" texnologiyasi markaziy kompyuterlarga tayanish o'rniga "peer-to-peer" tarmog'idan foydalanadi.Bunda kompyuterning o'zi server vazifasini bajaradi.

Blokcheyn rivojlanishi keng ko'lamli operatsiyalarni tez va tekinga amalga oshirilishini taminlaydi.
Blokcheyn sog'liqni saqlash,ma'muriy boshqaruv,mahsulotlarni tarqatish tizimi,tibbiy ma'lumotlar va dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi firmalar jarayonlarni optimallashtirish uchun xizmat qiladi.

Izoh.Blockcheyn rivojlanishidagi yetakchilar orasida IBM, Oracle, Microsoft va Amazon ham bor.
Blokcheyn startaplari: BlockPass, BitTicket va ALTR.
Sun'iy aql/mashina (AI,ML)
Sun'iy aql/mashina (AI) ham rivojlanishda davom etadi. Ba'zi hisob-kitoblarga ko'ra kompaniyalarning 40 foizi AI dan jarayonlarini avtomatlashtirish uchun foydalanishi ko'zda tutilmoqda. IA yechimlarini muayyan vazifalarni bajarish uchun integratsiyalashgan holda, bu korxonalar raqobatbardoshlikka ega bo'lib, iste'molchilar uchun yuqori sifatli xizmat ko'rsatish tajribasiga ega.

Audio javob berishga yordam beruvchi uy yordamchilari, tushunchalar majmui, katta ma'lumotlar bazasi va smartfonlar AI dan foydalanadi. Facebook, Google va Slack AI rivojlanishidagi etakchi kompaniyalardir va Google o'zining yaqin kelajakda AI texnologiyasiga asoslangan algoritmlarini asoslashni rejalashtirmoqda.

AI startaplari: Element AI 102000000 $ moliyalashtirilgan UIPath esa 30000000 $ moliyalashtirilgan.
Ilg'or veb-ilovalar
Ilg'or veb-ilovalar (PWAs) mobil veb saytlar va veb ilovalar oxirgi 1 yilda takomillashadi. Bu brauzerning eng so'nggi texnologiyasi,eng yaxshi xususiyatlari, mobil tajriba afzalliklarini o'zida mujassam etadi.

Google brauzer xususiyatlarini mobil ilovalar kabi rivojlantirishboshlandi. Brovzerdan foydalanish foydalanuvchilar uchun soddalashtiriladi.

Izoh: Sog'liqni saqlash, tijorat va bank sohalari uchun bu muhim sananladi.
"low-code"
"low-code" rivojlanish arafasida turibdi."low code" foydalanish ko'p mehnat talab qilmaydi va dastur vazifalari avtomatlashtirilgan bo'ladi.Texnik tahlilchi va dasturchilarga ehtiyoj pasayadi.

Izoh: Appian, PowerApps, Medix, Google App Maker va Salesforce App Bulut "low-code" dasturlaridir.

Bundan tashqari WaveMaker orqali biznes-jarayonni boshqarish ilovalar, ma'lumotlar bazasini boshqaruvchi dasturlar, omni-kanal platformalar(turli xil aloqa kanallarini yagona tizimga birlashtirilishini anglatadigan marketing atamasi), mikroservicesga asoslangan ilovalar va zamonaviy ilovalarni qayta tiklash munkin.
Xavfsizlik
Ko'pincha yangiliklar yirik kompaniyalarga kiber hujumlar haqida xabar beradi, ammo kichik va o'rta korxonalar dastlabki dasturlar dasturiy ta'minot xavfsizligini ta'minlashini talab qiladi. Pemon Institute tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, kichik va o'rta biznes korxonalarining 55 foizi kiber-hujum qurbonlari bo'lishgan.

Maslahat. Sizning biznes internet, raqamli texnologiyalar,bulutli serverlar va veb-saytlar bilan bog'liq bo'lsa xavfsizlikka e'tibor qarating. Eng ko'p hujumlar avtomatlashtirilgan zararli dasturiy ta'minot orqali sodir bo'ladi.
Forwarded from Nematillo Ochilov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodars O'zini rasmlarini telegram bo'ylab tarqalishini xoxlaganlar uchun sticker paket yaratish 50 sec 5.5 mb @apiuz
Forwarded from Nematillo Ochilov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodars @Sotiladi_uzbot da piar bot funksiyasi paydo bo'ldi.Batafsil ma'lumot videoda
33 sec 4.7mb
@apiuz
Forwarded from Nematillo Ochilov
Bot savdogarlarga tovar tanlashda komakci hisoblanadi.
Menda sovun ishlab chiqaradigan sex bor va men botga kiraman va kategoriyadan sovunni tanliman va narxini 2000 som deb belgilayman.
ᴀғᴛᴏʀɪᴛᴇᴛ_ɴ1 ham sovun ishlab chiqaradigan korxonasi bor va u ham botga kirib 1 ta sovun un 1800 som narx belgilaydi bot avtomatik hamma tovarlarni narxiga qarab eng arzonidan qimmatiga qarab saralaydi va savdo kanaliga tashab qoyadi 12 ta viloyatdan poytaxtga boradigan savdogarla kanalga kiradi va mahsulotlarni kozdan keciradi narxi maqul bolsa osha firma nomi ustiga knopkani bossa firma adresi va kontakt malumotlarini koradi .Bundan maqsad yurtdoshlarimizni qimmatli vaqtlarini tejash va mahsulot narxini tushirish uchun korxonalar o'rtasida raqobatni kuchaytirishdan iborat.
Shunga oxshash minglab goyalar bor #idea