O'zbekistonning Polshadagi Elchixonasi rasmiy kanali/Oficjalny kanał ambasady Uzbekistanu w Polsce
3.7K subscribers
562 photos
142 videos
1 file
215 links
O'zbekistonning Polshadagi Elchixonasi faoliyatiga oid / Działalność Ambasady Uzbekistanu w Polsce
Теl.: + 48 22 894 62 30
Email: pl.consulate@mfa.uz (konsullik masalalari)

Bot: @Embuzpoland_bot
taplink.cc/uzbekistanembassypl
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Elchixonamiz ko'magida Varshava shahridagi Polsha tarixi muzeyida XI Anna German qo'shiqlari xalqaro festivali o'tkazildi. Festival "Polsha Ayollar ligasi" uyushmasi tomonidan har yili tashkil etiladi. Uyushma raisi Aldona Mixalyak o'z nutqida xonandaning Urganch shahridagi hayoti, shuningdek, uning ona yurti bo'lgan O'zbekiston haqida so'zladi.
Tadbirda O'zbekistondan xonandalar Jasmina Qayumova va Navro'za Mahamadjonova Anna German repertuaridan qo'shiqlar ijro etishdi. Tomoshabinlar o'zbekistonlik ijrochilarning chiqishlarini, shuningdek, O'zbekiston, uning boy tarixi va madaniy merosi haqidagi ma'lumotlarni, o'zbek xalqi qalbida saqlangan Anna German xotirasini samimiyat bilan qarshilashdi.
Tanlov yakuniga ko'ra, Jasmina Qayumova birinchi, Navro'za Mahamadjonova esa ikkinchi o'rinni egalladi.
Ishtirokchilar va tomoshabinlar o'rtasida O'zbekistonning tarixiy hamda madaniy diqqatga sazovor joylari haqidagi ma'lumotlar o'rin olgan materiallar tarqatildi.
Ta'kidlash kerakki, tadbir Polshaning yetakchi ommaviy axborot vositalarida, jumladan "Polsatnews" va "TVP" yangiliklar kanallari orqali keng yoritildi.
Eslatib o'tamiz, xuddi shunday festival 2024-yilning 21-sentabr kuni Toshkent va 24-sentabr kuni Urganch shaharlarida o'tkazilgan edi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

👍 "Vatandoshlar" jamoat fondi xorijdagi yosh vatandoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston – yosh rassomlar nigohida” xalqaro onlayn ijodiy ishlar tanlovini e'lon qiladi.

👩🏻‍🎨
Tanlov quyidagi uch yosh toifalari bo‘yicha alohida-alohida tartibda o‘tkaziladi:

6 yoshdan 12 yoshgacha;
13 yoshdan 20 yoshgacha;
21 yoshdan 30 yoshgacha.

🎨 Tanlovga quyidagi mavzularda yaratilgan ijodiy ishlar taqdim qilinadi:

🖌 “Yangi O‘zbekiston mening tasavvurimda”;
🖌“O‘zbekiston tarixi, boy madaniy va ma’naviy merosi”;
🖌“Vatan ufqidan chizgilar”;
🖌 “Yurtdan olisda yurakda yaqin”;
🖌 “Bobomning sog‘inchi”;
🖌 “Mening o‘zbekona oilam”;
🖌“Vatanimda fasllar tafti”;
🖌“Bayrog‘imiz - g‘urur va faxrimiz timsoli”.


📨 Ijodiy ishlar 21-noyabrdan 5-dekabrga qadar Fondning quyidagi telegram bot manzilida qabul qilinadi: @vatandosh_tanlov_bot

📃
Tanlov Nizomi bilan tanishish hamda arizani to‘ldirish uchun havolani bosing

✈️Kanalga ulanish:
https://t.me/vatandoshlar_fond

Bizni kuzatib boring.

📱Facebook | 🌐Instagram |
📹YouTube | 🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Айни дамда Польшанинг Варшава шаҳрида Ўзбекистоннинг туризм салоҳияти намоён этилмоқда.

2024 йилнинг 29 ноябридан 1 декабригача Варшава шаҳрида TT-Warsaw халқаро туризм ярмаркаси бўлиб ўтмоқда. Ушбу тадбирда 50 дан ортиқ давлатдан 300 дан зиёд туристик компания ва хорижий давлат вакиллари иштирок этмоқда. Ҳар йили мазкур кўргазмани 25 мингдан ортиқ меҳмонлар ташриф буюради.

Ярмарка давомида Ўзбекистоннинг бой тарихий ва маданий мероси, бетакрор сайёҳлик йўналишлари ва замонавий инфратузилмаси намойиш этилди. Ўзбекистон миллий стендида республиканинг тарихий шаҳарлари, жумладан, Самарқанд, Бухоро, Хива ва Тошкентнинг сайёҳлик салоҳиятига алоҳида эътибор қаратилди. Шунингдек, Ўзбекистоннинг гастрономик сайёҳлик, экологик туризм ва зиёрат туризми бўйича таклифлари ҳам меҳмонларнинг қизиқишини уйғотди.

Тадбир давомида мамлакатимизнинг нуфузини оширишга қаратилган қатор келишувларга эришилди.
Элчихона кўмагида 2024 йил 22-30 ноябрь кунлари Польшанинг “DAMEL”, “Kunzman”, “Alumatec”, “NIMIA” ва “Modar” компаниялари раҳбариятининг Ўзбекистонга бизнес-миссияси ташкил этилди.
Делегация Қарши шаҳрида ўтказилган “Kashkadarya invest-2024” халқаро бизнес-форумида иштирок этди ва Ўзбекистонда тоғ-кон, геология, автомобилсозлик ва машинасозлик соҳаларида инвестиция лойиҳаларини амалга ошириш имкониятини муҳокама қилди.
Ташриф давомида бизнес делегация Ўзбекистон Тоғ-кон саноати ва геология вазирлиги, Қашқадарё ва Самарқанд вилоятлари ҳокимлиги, Савдо-саноат палатаси, “Узэлтехсаноат” уюшмаси, “Олмалиқ кон-металлургия комбинати” АЖ, “Навоий кон-металлургия комбинати” АЖ, “Ўзбеккўмир” АЖ, “Navoiyuran” ДК, Европа-Ўзбекистон иқтисодий ҳамкорлик уюшмаси (EUROUZ), “Ўзавтосаноат” АЖ ва унинг тизимидаги “UzAuto Motors”, “UzAuto Motors Powertrain”, “Tashkent Tractor Plant”, “Nurafshon-Maxsus-Texnika”, “SamAuto”, “MAN Auto-Uzbekistan” ва вакиллари билан учрашувлар ўтказди.
"Farmer pl": O'zbekistonda sertifikatlangan organik ekinlar maydonlarini 3900 gektardan 100 ming gektarga kengaytirish rejalashtirilmoqda

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
O'zbekiston elchisi Ruminiya Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

Ayni paytda Amirsaid A'zamxo'jayev Polshadagi elchi (qarorgohi Varshava shahrida) lavozimida ishlab kelmoqda

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Ҳурматли ҳамюртлар, сизларни улуғ айём – Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 32 йиллик байрами билан муборакбод этамиз!

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси, энг аввало Ўзбекистон озодлигининг шаҳодати сифатида биз учун жуда қадрлидир.

Юртимиздаги тинчлик-осойишталик, хайрли ишлар бардавом бўлсин!

Байрамингиз муборак бўлсин!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Polshadan tabrik: O'zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoriga kirishida mamlakat Konstitutsiyasi mustahkam asos bo'lib xizmat qiladi

Malgojata Bonikovska, Xalqaro aloqalar markazi direktori

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Varshava shahrida "Polsha – O'zbekiston" parlamentlararo do'stlik guruhi a'zolari bilan uchrashuv o'tkazildi

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Polshadan munosabat: O'zbekiston adolat, tenglik, insonga g'amxo'rlik tamoyillariga tayangan holda yuksak marralar sari dadil qadam tashlashda davom etmoqda

Vladislav Sokolovskiy, Polshaning sobiq elchisi

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube