O'zbekistonning Polshadagi Elchixonasi rasmiy kanali/Oficjalny kanał ambasady Uzbekistanu w Polsce
3.57K subscribers
642 photos
152 videos
1 file
234 links
O'zbekistonning Polshadagi Elchixonasi faoliyatiga oid / Działalność Ambasady Uzbekistanu w Polsce
Теl.: + 48 22 894 62 30
Email: pl.consulate@mfa.uz (konsullik masalalari)

Bot: @Embuzpoland_bot
taplink.cc/uzbekistanembassypl
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo'lib o‘tadi

YUNESKO shafeligida 26-30-avgust kunlari “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi.
“Sharq taronalari” Markaziy Osiyodagi eng katta festivallardan biri sanaladi. Festival o‘tkazilishidan asosiy maqsad milliy musiqa san’atida erishilgan yutuqlarni keng ommaga tatbiq qilish, millatlarning madaniyat va an’analarini asrash va rivojlantirish, sozandalik va xonandalik yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.
1997-yilda tashkil etilib, ilk marotaba o'tkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida 31 ta davlatdan musiqiy guruhlar va ijrochilar tashrif buyurishgan bo‘lsa 2019-yilda o‘tkazilgan XII “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 75 taga yetgan.
2024-yilning 26-30-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalida dunyoning 70 ga yaqin (1-avgust holatida 62 ta davlat festivalda ishtirok etish xohishini bildirgan, ayni kunlarda festivalda qatnashish uchun arizalar kelishi davom etmoqda) mamlakatlaridan 300 nafardan ziyod vakil qatnashishi kutilmoqda.
Элчихонада Польша қишлоқ хўжалигида инновациялар уюшмаси президенти Кшиштоф Лучак билан учрашув бўлиб ўтди. Ўзаро манфаатли ҳамкорликни янада кенгайтириш доирасида Ўзбекистонга мазкур уюшма вакилларининг бизнес-миссиясини юбориш аҳдлашувига эришилди.
Элчихона кўмагида “Ўзбекистон темир йўллари” АЖ вакилларининг „FUD“ компанияси президенти Ян Кухно билан видеомулоқоти ташкил этилди. Учрашув давомида Ўзбекистонда темир йўл ва юк ташиш терминалларини қуриш, кўприкли кранларни ишлаб чиқариш учун республикамиздан механизациялашган конструктив қисмларни Польшага экспорт қилиш, замонавий кран ускуналари ва технологиясини трансфер қилиш, Ўзбекистонда конструктив элементларни якуний йиғиш имкониятлари кўриб чиқилди.
Польша ишбилармон доира вакиллари клуби президенти Лукаш Бернатович билан дипломатик ваколатхонада ташкил этилган учрашувда поляк бизнесменларини мамлакатимизга жалб қилиш, хусусан инвестиция лойиҳаларини амалга ошириш имкониятлари муҳокама этилди.
Bugunni 🥇2 ta oltin va 🥉1 ta bronza medali bilan yakunladik va 14-o‘ringa ko‘tarilib oldik. Xudo xohlasa, ertaga oltinlarimiz yanada ko‘proq bo‘ladi.
Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari yakuniga yetmagan bo’lsada, O’zbekiston delegatsiyasi ayni paytning o’zidayoq 5 ta oltin va 3 ta bronza medallari bilan o’z tarixidagi eng yaxshi natijani (hozircha 14-o'rin) yangilab ulgurdi.
Hali oldinda 3 nafar atletimiz ishtirokidagi final bahslari, qolaversa, ishtirokini kutib turgan bir qator sportchilarimiz bor.
🥇 Razambek Jamalov – Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni!

Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida oltinchi oltin medal. Mazkur medalga erkin kurashchimiz Razambek Jamalov mualliflik qildi. -74 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.
🥇 Abdumalik Xalokov Oʻzbekiston delegatsiyasiga yettinchi oltin medalni taqdim etdi!

Tarix yozishda davom etamiz. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov sovrinlari orasiga yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini ham qoʻshib qoʻymoqda. Buxorolik sportchimiz chempionlik jangida Qirgʻiziston vakili Munarbek Seitbek oʻgʻlini yaqqol ustunlik bilan magʻlub etib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 7 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥈 Svetlana Osipova Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medalga sazovor boʻldi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥇 Bahodir Jalolov – ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni!

Mahoratli bokschimiz Bahodir Jalolov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari doirasida bugungi final janglariga ajoyib nuqta qoʻydi. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz chempionlik jangida ispaniyalik Ayub Gʻadfani oʻzining kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi.

Ushbu olamshumul g’alabadan keyin O’zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadani 5 ta oltin medal bilan yakunlamoqda. Yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o’rinni qo’lga kiritib, o’zbek boksining qudratini yana bir karra butun dunyoga ko’rsatishdi.

Shuning bilan, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzaga yetmoqda. Barakalla, oʻzbegim Bahodiri!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Parij Olimpiadasida mamlakatimiz 13-o‘ringa ko‘tarildi.

🥇 O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida hozircha 8 ta oltin 2ta kumush va 3 ta bronza medali bor. Bu o’zbek sport tarixidagi eng yaxshi Olimpiada natijasi sifatida tarixga kirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yosh futbolchilarimiz Varshavada futbol bo‘yicha IX-Jahon yuniorlar chempionati musobaqasida ishtirok etmoqda.